3-ma’ruza: absolyut tanlovchan himoyalar


Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya



Yüklə 186,84 Kb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü186,84 Kb.
#181201
1   2   3   4
3-ma’ruza absolyut tanlovchan himoyalar reja (1)

Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya


SHinalarga alohida viklyuchatellar orqali ulangan parallel liniyalar uchun shikastlangan liniyani aniqlaydigan va faqat uni tarmoqdan uzadigan himoya zarur. Bunday xususiyatlarga yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya ega.
Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoyaning soddalashtirilgan sxemasi 2.15-rasmda ko‘rsatilgan. Himoya odatda tok relelari yordamida bajariluvchi ishga tushirish organi KA va quvvat yo‘nalishini aniqlaydigan organ KW dan iborat bo‘ladi. Liniyalardan biri uzilganda himoya ikkinchi liniyani ham noselektiv ravishda uzib qo‘ymasligi uchun operativ tok himoyaning relelariga himoyalanayotgan liniyalar viklyuchatellarining ketma-ket ulangan yordamchi kontaktlari SQ1.1 va SQ2.1 orqali beriladi.
Quvvat yo‘nalishini aniqlaydigan organ sifatida yo‘naltirilgan quvvat relelaridagi singari yo‘naltirilgan quvvat relesidan foydalaniladi. Quvvat relesi shinadagi kuchlanishga va liniyalardagi toklarning farqiga proporsional bo‘lgan tokka ulanadi. Ushbu farq liniyalardan qaysi biria qisqa tutashuv bo‘lganligiga bog’liq holda o‘zgaradi. Masalan, I-
liniyada qisqa tutashuv bo‘lsa undagi tok II-liniyadagi tokka nisbatan katta bo‘ladi. Natijaviy tokning yo‘nalishi esa I-liniyadagi tokning yo‘nalishi bilan ustma-ust tushadi (2.15-rasm,g). Quvvat relesining KW.1 kontakti ulanadi va himoya I-liniyani uzadi. Ikkinchi liniyada qisqa tutashuv bo‘lganda quvvat relesining chulg’amidan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi qarama- qarshi tamonga o‘zgaradi. Aylantiruvchi momentning ham ishorasi o‘zgarib quvvat relesining KW.2 kontakti ulanadi. Ushbu holda himoya II-liniyani uzishga ishlaydi.
Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoyani ishga tushiruvchi tok relelarining ishga tushish toklari quyidagi shartlarga asosan tanlanadi:

    1. himoya normal rejimdagi va tashqi qisqa tutashuvlar vaqtida yuzaga keladigan nobalans toklari ta’sirida ishlamasligi kerak;

    2. himoya maksimal yuklama toklari ta’sirida ishlamasligi kerak.



2.15-rasm. Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoyaning soddalashtirilgan sxemasi va uning ishlashini tushuntiruvchi vektor diagrammalar: a tok zanjirlari, b kuchlanish zanjirlari; v — operativ tok zanjiri; g — I- liniyada qisqa tutashuv bo‘lgan hol uchun toklarning vektor diagrammalari; d II- liniyada qisqa tutashuv bo‘lgan hol uchun toklarning vektor diagrammalari
2.16-rasm. Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoyaning kaskad ishlashi: a —qabul qiluvchi podstansiya tomondagi himoya ishlaydi; b — qabul qiluvchi podstansiya tomondagi viklyuchatel uzilgandan keyin taominlovchi podstansiya tomondagi himoya ishlaydi

Yo‘naltirilgan ko‘ndalang differensial himoya qabul qiluvchi podstansiya shinalariga yaqin joyda qisqa tutashuv bo‘lganda (2.16-rasmda K nuqta) kaskad ishlashi mumkin, yaoni


avval qabul qiluvchi podstansiya tomondagi himoya ishlaydi, chunki taominlovchi podstansiya tomondagi himoya liniyalardagi toklarning qiymatlari bir-biriga yaqin bo‘lganligi sababli ishlamaydi. SHikastlangan liniyaning qabul qiluvchi podstansiya tomondagi viklyuchateli uzilgandan keyin taominlovchi podstansiya tomondagi himoya ishlaydi. Natijada qisqa tutashuv nuqtasi elektr tarmog’idan darxol emas, balki maolum vaqtdan keyin ajratiladi.
Himoyaning kaskad ishlash zonasi Lki=(Ihi/Ik)L≤0,25L bo‘lishi kerak (bu erda L- parallel liniyaning uzunligi, Ik- qisqa tutashuv toki va Ihi- himoyaning ishga tushish toki).



Yüklə 186,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin