Reja:
Differentsial, yuqori chastotali differentsial -faza himoyalar. Maqsadi va turlari. Tokli bo‘ylama diferentsial himoyaning ishlash asosi. Aylanuvchan tokli differentsial himoya sxemalarida nobalanslik toklari.
Ishlash kattaliklarini aniqlash va himoyaning sezgirligi va sozlanganligini oshirish. Aloqa simli tokli bo‘ylama differentsial himoya va uning bajarilishining xususiyatlari.
Tokli ko‘ndalang differentsial himoya, ishlash asosi, ishlash parametrlarini tanlash, «o‘lik zona». Ishga tushirish organlari, sezgirlikni tekshirish. Himoyalarning sxemalari va baxolari. Differentsial himoyalarning elektr energetika tizimida qo‘llanilishi.
Differensial himoya tez ishlaydigan va absolyut tanlashga ega bo‘lgan himoya hisoblanadi. Differensial himoyalar bo‘ylama va ko‘ndalang differensial himoyalarga bo‘linadi. Bo‘ylama differensial himoyalar asosan transformatorlar, quvvati katta elektrodvigatellar, generator va uzun bo‘lmagan liniyalarda qo‘laniladi. Ko‘ndalang differensial himoyalar esa ikki yoki undan ortiq parallel liniyalarni himoya qilish uchun ishlatiladi.
Bo‘ylama differensial himoya.
Bo‘ylama differensial himoya himoyalanayotgan elementning boshlanish va so‘ngidagi toklarni taqqoslashga asoslangan. Toklar qiymati va fazasi bo‘yicha taqqoslanadi.
Elektr uzatish liniyasining boshlanishi I
I va so‘ngidagi I
II toklarni ko‘raylik. Normal rejim va tashqi qisqa tutashuvlar vaqtida,
masalan K1 nuqtada, (2.17-rasm, a) bu toklar bir-biriga teng
I
I=I
II
Himoyalangan liniyada qisqa tutashuv (K
2 nuqtada) bo‘lganda (2.17-rasm, b) I
II=0 bo‘lib, tenglik buziladi, yaoni
II
III
Ikki tamondan manbaga ulangan liniyalarda (2.17-rasm, v) ham normal va tashqi qisqa tutashuvlarda toklar teng.
II
= IIIK1
Himoyalanayotgan liniyada qisqa tutashuv bo‘lganda toklar ham qiymat ham yo‘nalishi bo‘yicha
farq qiladi
II
IIIK2
Demak, toklar tengligining buzilishi liniyada qisqa tutashuv bo‘lganligini bildiradi. Bu belgidan bo‘ylama differensial himoyani bajarish uchun foydalaniladi.
Bo‘ylama differensial himoyani bajarish uchun liniyaning boshlanish va so‘ngiga bir xil transformatsiya koeffitsientiga ega bo‘lgan tok transformatorlari o‘rnatiladi (2.17-rasm, g). Ularning ikkilamchi cho‘lg’amlaridan o‘tadigan toklar normal rejim va tashqi qisqa tutashuvlar vaqtida KA tok relesi (differensial rele) cho‘lg’amidan qarama-qarshi yo‘nalishda o‘tadigan qilib ulanadi. Natijada reledan o‘tadigan tok nolga teng bo‘ladi.
Lekin amalda bu tok nolga teng bo‘lmaydi. Nobalans toklari hosil bo‘ladi. Buning sabablari qo‘ydagilar: tok transformatorlarining magnitlash xarakteristikalari ideal bir xil bo‘lmaydi; qisqa tutashuv tokida davriy bo‘lmagan (aperiodik) toklarning mavjudligi: yuklamasiz kuch transformatori manbaga ulanayotgan vaqtda hosil bo‘ladigan magnitlash tokining sakrashi va boshqalar .
Bo‘ylama differensial himoya ning noto‘g’ri ishlashini oldini olish uchun nobalans toklari (Inb) hisobga olinishi kerak.