Kimyoviy reaksiya paytida faqatgina reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar massalarigina o’zgarmay kolmasdan, ular tarkibiga kiruvchi elementlar massalari ham o’zgarmasdan qoladi. 1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E) orasidagi bog’lanishni ko’rsatish, moddalar massasining saqlanish qonuniga faqat oddiy kimyoviy jarayonlar bo’ysunishini, yadroviy reaksiyalar esa bunday qonuniyatdan chetlanishini ko’rsatdi. Ya’ni:
E = m • c2 Bu yerda: E-energiya o’zgarishi
m-massa o’zgarishi
c - yorug’lik tezligi (vaakumda 300 000 kmsek ga teng).
Energiya o’zgarishi kichik qiymatli bo’lganda massa uzgarishi nolga yaqinlashadi, ya’ni o’zgarmaydi. Yadro reaksiyalarida esa energiya o’zgarishi juda yuqori qiymatli bo’lganligi uchun massa o’zgarishi sezilarli o’zgarishini ko’rish mumkin.
Eynshteynning bu tenglamasi makro jismlar uchun ham, mikrozarrachalar (masalan, elektronlar, protonlar) uchun ham taalluqlidir.
Tarkibning doimiylik qonuni. A.Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Bunga asoslanib A.Lavuaze har qanday kimyoviy toza moddani tashkil etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas nisbatda bo’ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to’g’riligini barcha olimlar e’tirof etdilar. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosaga dalil sifatida bir qancha analizlarning natijalarini keltirdi.
J.L.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. Kimyoviy toza moddalarni puxta analiz qildi va toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi: