3-ma’ruza: Аvtоmоbil yo‘llаri to‘g‘risidа umumiy mа’lumоtlаr. Reja



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/9
tarix10.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#57386
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 mavzu

Zamonaviy avtomagistrallar

Avtomobil magistrallari deb mahalliy transport va qarama-qarshidan kelayotgan avtomobillar tomonidan halaqitlarsiz, katta tezliklar bilan avtomobillarda yo‘lovchi va yuklarni jadal tashish uchun mo‘ljallangan yo‘llarga aytiladi. Bular juda takomillashgan, biroq qimmat turadigan yo‘llar bo‘lib, ular turli mamlakatlar yo‘l tarmog’larining asosiy skeletini hosil qiladi va bu yo‘l tarmog’lari uzunligining ko‘pi bilan 1,5...2% ini tashkil etadi.

Avtomobil magistrallariga qo‘yiladigan asosiy talab avtomobillarning qarama-qarshi oqimlari uchun mustaqil qatnov qismiga ajratish, bir sathda kesishib o‘tish joylarining yo‘qligi va yo‘lga kirib kelayotgan yoki undan chetga buriladigan alohida avtomobillarning asosiy oqim harakati rejimiga ta’sirini minimumga keltirishdir. Magistrallar bo‘yicha sekinyurar transport vositalari-traktorlar, mototsikllar, velosipedlar va ot aravalarning harakatlanishi (yurishi) man etiladi. Yo‘llar tasnifi bo‘yicha avtomobil magistrallariga Ia toifali yo‘llar kiradi.

Avtomobil yo‘llari, odatda, bir-biridan ajratish tasmasi bilan ajratilgan ikkita qatnov qismida quriladi. Har qaysi qatnov qismi bir yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quvib o‘tish imkoniyatini ham ko‘zda tutadi, shuning uchun uni kamida ikki qator avtomobillar harakatlanishiga hisoblanadi.

Avtomobil magistrallarida bir sathda kesishadigan harakat oqimlari, svetoforlar va harakat tezligini cheklovchi belgilar bo‘lmaydi. Boshqa yo‘llardan avtomobil magistrallariga faqat tezlanish yoki sekinlashish uchun qo‘shimcha tasmalar bilan jihozlangan maxsus tutashtirish yo‘li orqaligina kirib kelish mumkin, bular kirib kelayotgan avtomobillarga magistralda harakatlanish tezligiga mos tezliklarda yurishga va shundan keyingina avtomobillar oqimiga to‘sqinliksiz qo‘shilib ketishiga imkon beradi (26, 27-rasmlar).




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin