O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog’ining
zamonaviy holati
Asr boshida O‘zbekiston hududida 27 ming kilometr ot arava va izvosh yo‘llari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1927 yilga kelib O‘rta Osiyoda davlat yo‘llarining jami uzunligi 5313 km ni, jumladan O‘zbekiston hududida - 923 kmni tashkil etgan. 1931 yilda Samarqanddagi yo‘l tajriba uchastkasida shag’alli qoplamaning yangi usuli sinovdan o‘tkazildi. Joylarning o‘zida bitum suyultirib ishlov berilgan usul o‘zini to‘la oqladi. 1932 yilda Buxoroda ham yo‘llar ana shu usul bilan qurila boshlandi. 1932 yilda O‘zbekistonning janubida (Jarqurg’on) og’ir smolaga boy neft’ konining ochilishi bilan uni suyuq bitum o‘rnida qo‘llana boshlanishi Respublikaning bu usulda ishlash uchun mavsumiy davrning imkoniyati kengligi mamlakatda yo‘llarning rivojlanishi uchun keng sharoitni vujudga keltirdi. 1928-1932 yillarda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib uzunligi 62 km bo‘lgan qora qoplamali Buxoro-G’ijduvon-Qiziltepa yo‘li qurildi, ana shu yillarda uzunligi 48 km bo‘lgan Samarqand-Panjakent, Piskent-Olmaliq, Toshkent-Piskent-Murotali, Qo‘qon-Sho‘rsuv-Andijon-Kuyganyor va boshqa yo‘llar qurildi. 1937 yilda Respublikada yo‘l shoxobchalari 22 ming, jumladan qattiq qoplamali avtomobil yo‘llar 2200 km ni tashkil etdi. 1933-37 yillarda qattiq qoplamali yo‘llarning uzunligi umumiy yo‘l tarmoqlaridagi salmog’i 8% ni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: |