Dalolatnoma №21/77



Yüklə 48,5 Kb.
səhifə1/3
tarix09.04.2023
ölçüsü48,5 Kb.
#95228
  1   2   3
2. “Piskent Sanoatchi” - dalolatnoma




DALOLATNOMA № 21/77
11 oktyabr 2021 y. Toshkent sh.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PF-5490-sonli farmonining 2-ilovasi 27-bandi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 dekabrdagi “Yer qa’rini geologik o`rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida” gi 983-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021 yil 24 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan videoselektor yig`lishining 43-son Bayonining 15-bandida ko`rsatilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 602-T-sonli buyrug`iga asosan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakilini xabardor qilgan holda (maxsus tekshiruv raqami: 194 332), Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining mutaxassisi tomonidan 2021 yilning 27 sentyabr – 11 oktyabr kunlari Toshkent viloyati Piskent tumani hududida joylashgan “PISKENT SANOATCHI” MChJ ning faoliyati tekshirildi va o`rganildi.
Tekshirish jarayonini o`tkazgan inspeksiya xodimi:
Abdullayev X.L. – Markaziy mintaqaviy inspeksiya boshlig`i o`rinbosari (guvohnoma raqami 133);
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 iyundagi 436-son qarori 3-bob 11-bandiga asosan tekshiruvga Davlat soliq qo’mitasi xodimlari jalb qilindi.
Jamiyatga tegishli ma’lumotlar:
Jamiyat nomi: - “PISKENT SANOATCHI” MChJ
Jamiyat manzili: - Toshkent viloyati, Piskent tumani
Tel: +99899-721-04-01
Jamiyat rekviziti: - STIR: 303 247 583
Jamiyat rahbari: - O.M. Pulatov
Faoliyat turi: - Ochiq shag`al va qum konlarini ishlash, tuproq va
kaolin qazib olish.
Jamiyatda tekshirish boshlashdan oldin "PISKENT SANOATCHI" MChJ ish yurituvchisi A.K. Rajabaliyevga tekshiruv o`tkazish jarayonida uning haq-huquqlari tushuntirilib, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 602-T sonli buyrug`i va tekshirishni amalga oshirish dasturi tanishtirildi. Ushbu hujjatlar nusxasi tilxat asosida taqdim etildi. Jamiyat tomonidan tekshirishlarni ro`yxatga olish kitobi taqdim etilmaganligi sababli u to`ldirilmadi.

Yüklə 48,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin