25-rasm. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog’ining rivojlanish dinamikasi
1939 yilda O‘zbekistonda yirik inshootlarni Xalq hashari yo‘li bilan qurish rasm bo‘ldi va bu usul yo‘l qurilishida ham keng qo‘llanildi. 1940 yilda uzunligi 708 km bo‘lgan Katta O‘zbek Traktini qurish haqida maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu yo‘lning 326 km Toshkent, 222 km Samarqand, 162 km Buxoro viloyatlari tomonidan qurilgan va qurilish 1941 yilning aprelida qurib tugallangan. 1940 yilning oxiriga kelib qattiq qoplamali yo‘l tarmoqlari 4700 km ni tashkil etdi. O‘zbekistondagi barcha yo‘llarning uzunligi 32500 kilometrni tashkil qilardi. Avtomobil yo‘llari tarmog’ining rivojlanish dinamikasi 25-rasmda keltirilgan.
1970-75 yillarda yo‘l qurish va foydalanish tashkilotlarining ishlab chiqarish bazasi ancha yaxshilandi ularning saroylari yangi mashina va mexanizmlar bilan to‘ldirildi. Yo‘l qurish industriyasining asfaltbeton, ko‘priklar qurish uchun yig’ma temirbeton konstruktsiyalar ishlab chiqaruvchi, inert materiallarni qayta ishlovchi va sifatini yaxshilovchi ob’ektlar ishga tushdi va oqibatda qurilishda texnologik intizomga amal qilish uchun bir muncha shart-sharoit yuzaga keldi.Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligi 1976 yilda hammasi bo‘lib 19643 km shu jumladan umumdavlat ahamiyatidagi yo‘llar 1656 km ni, respublika ahamiyatidagi yo‘llar 7203 km ni va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar 10975 km ni tashkil etdi. 1975-80 yillarda yo‘l xo‘jaligida eng jadal yuksalish yillari bo‘ldi. Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 31208 km ga etdi yoki xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari 1656 km, respublika ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari 12164 km, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llar 17388 km ga etdi. 1976-81 yillarda jami 4400 km yangi yo‘llar qurildi va qayta rekonstruktsiya qilindi. Bu yillarda asosan shaharlarni chetlab o‘tuvchi aylanma yo‘llar qurishga katta e’tibor berildi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog’ining bugungi kun foydalanuv holati avtomobillar va yo‘ldan foydalanuvchilar talabini qoniqtirmaydi. Buning sabablari ‑ respublikada avtomobil yo‘llarini o‘z muddatida ta’mirlash va saqlash masalasi o‘z echimini topmasdan qolmoqda. Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlariga ajratilgan mablag’larning etishmasligi ishlarning to‘liq bajarilmasligiga, qolaversa, bajarilgan ishlarning sifati pasayishiga olib kelmoqda. Natijada, yo‘llarda muddatidan oldin ta’mirlashga muhtojlik kelib chiqmoqda. Bu esa, katta hajmdagi yo‘llarni ta’mirlash ishlarini talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |