3-ma’ruza: Аvtоmоbil yo‘llаri to‘g‘risidа umumiy mа’lumоtlаr. Reja


Respublikada olib borilayotgan yo‘l siyosati



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə8/9
tarix10.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#57386
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 mavzu

Respublikada olib borilayotgan yo‘l siyosati

1992 yilda birinchi bor respublikamizda “Avtomobil yo‘llari to‘g’risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bu qonun O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari tarmog’ini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning huqukiy asoslarini belgilab berdi.

1993 yil 26 yanvarda “O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanish davlat aktsionerlik kontserni (O‘zavtoyo‘l)ni tashkil etish to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, yo‘l sohasidagi islohatlarni boshlab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.08.2003 yildagi PF-3292 sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g’risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash masadida 2003 yil 23 avgustda chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zavtoyo‘l” kontserni kompaniyaga aylantirildi.

Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev Avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida ko‘plab qarorlar imzolandi. Jumladan, 2017-yil 14-fevralda “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4954-sonli farmoni, bu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida “O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” gi PQ-2776-son qarori, 2017-yil 2-mayda “Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2946-sonli qarorlari keltirish mumkin.

Bugungi kunda O‘zbekiston yo‘lsozlari oldida turgan asosiy vazifa, bu jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradigan transport kommunikatsiyalarini qurish va ularni rivojlantirishdan iboratdir.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin