3-ma’ruza. Bola psixikasini o‘rganish prinsiplari



Yüklə 311,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix04.12.2023
ölçüsü311,35 Kb.
#172477
  1   2   3   4
3-mavzu Bola psixikasini organish prinsiplari (1)



3-ma’ruza. Bola psixikasini o‘rganish prinsiplari.
Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator prinsplar – qoidalarga tayanishi, ularga 
rioya etishi lozim bo‘ladi.
Bu qoidalar quyidagilardan iborat; 
1). Obyektivlik prinsipi – bu tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini 
aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida “ bola oynadan 
tashqariga qarayotgan edi” – deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘lib 
hisoblanadi. Lekin, “bola e’tiborsiz” – deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan 
uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab 
turgan bo‘lsada, tarbiyachining so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.
2). Sababiylik prinsipi – bu bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning hosil bo‘lishini 
ta’minlovchi barcha shart – sharoit va omillarni imkon qadar o‘rganishni talb qiladi. Masalan: 
mashg‘ulot davomida bola tez – tez oyna tarafga qaragan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha 
sababini aniqlash kerak: ko‘chadagi biror narsa bola e’tiborini o‘ziga tortdimi? Mashg‘ulotda 
bola charchab qoldimi? O‘tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi? va h.k;
3). Sinchkovlik va muntazamlik prinsipi – bu bola psixikasini shakllanishi jarayoni, bunda 
psixolog va pedogoglar ta’siri sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi. Ushbu prinsiplarga 
muvofiq oldindan;
а)
tadqiqot joyi va qilaladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak:
b)
tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi
lozim:
s)
tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oralig‘ida o‘tkazilishini belgilash zarur. Ushbu 
bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir subyektiv sabablar bilan 
shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Aks holda obyektivlik prinsipi buzilgan bo‘ladi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy 
metodlaridan biri kuzatish metodidir. 

Yüklə 311,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin