Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda sotsiometriya metoddan foydalanila boshlandi.
Sotsiometriya metod yordamida shaxslarning kollektivdagi munosabatlari masalasi o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida esa sotsiometriya metod yordami bilan xar bir guruhda bolalarning o‘z
tengqurlari urtasida yuzaga kelayotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tutgan
mavqeilari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari bilan tanishish tarbiyachilar va pedagoglar
uchun amaliy ahamiyatga egadir. Bu metodlardan ta’lim – tarbiya ishlarida bolalarning psixik
protsesslarini taraqqiyotini bilib olish uchun, shuningdek bolalar bilan individual munosabatda
bo‘lishda, ularning individual – psixologik xususiyatlarini bilib olishda keng foydalaniladi.
«Agar pedagogika odamni xar jixatdan tarbiyalamokchi bo‘lsa, u oldin usha odamni xar jixatdan
bilib olishi kerak» - deb yozgan edi. K.D.Ushinskiy. Shuning uchun ta’lim – tarbiyaviy ishlarni
tug‘ri tashkil qilish uchun bu metodlar bilan tanish bo‘lish lozim.
Dostları ilə paylaş: