1-sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar (4=4;6=1+5;2<3;6+1>5;8-3<8-2 va h.) qaraladi, ular konsentrdan konsentrga o’tgan sari murakkablashib boradi. Ularni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan bog’lanadi va uni chuqirroq ochib berishga yordam beradi. Shu yerning o’zidayoq sodaroq ko’rinishdagi x+3=6; 8-x=3 h.k.tenglamalar boshlanadi. Bu paytda asosan darchalarni to’ldirish orqali mashqlar bajartiriladi.
Keyinroq ikkinchi sinfdan boshlab, murakkabroq, masalan, (x+6)-3 =20 va h.k.ko’rinishdagi tenglamalar qaraladi.Tenglamalarni yechish oldidan tanlash metodi bilan, so’ngra esa amallarning natijalari bilan komponrtlari orasidagi bog’lanishlarni bilganlik asosida bajariladi. 2-sinfdan boshlab, tenglamalar yechish bilan bir qatorda, masalalarni tenglamalar tuzish yo’li bilan yechishga o’rgatila boriladi.

2-sinfda harf o’zgaruvchini belgilovchi sinvol(a+b;15-k va h.k)sifatida o’zgaruvchili tengsizliklar (8-c>5) kiritiladi,bunda tengsizliklar tanlash yo’li bilan yechiladi.O’zgaruvchi bilan amaliy tanishtirish o’quvchilarning funksional tasavurlarini egallashlariga imkon beradi .
Geometrik material bolalarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazovuy tasavurlarini rivojlantirish ,shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, bog’lanishlarni ko’rsatmali ,konkret illyutratsiyalash maqsadiga xizmat qiladi (masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasini illyutratsiyalashda foydalaniladi ba h.k.)
1-sinfdan boshlab Dasturga geometrik figuralar –to’g’ri va egri chiziqlar,kesmalar,ko’p burchaklar va ularning elementlari ,to’g’ri burchak va egri chiziqlar , kesmalar, ko’p burchaklar va ularning elementlari , to’g’ri burchak va h.k. kiritilgan .