3-ma’ruza. Industrial axborot tizimlariga bo’lgan talablar va korxona axborot tizimlarini tarkibi. Reja


Korxonalarda axborot tizimini joriy etish



Yüklə 142,16 Kb.
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü142,16 Kb.
#212090
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu

3. Korxonalarda axborot tizimini joriy etish

Axborot tizimlarini joriy etishda paydo bo’ladigan muammolarni oldindan ko’ra bilish juda murakkab masala, chunki tashkilotning hamma bo’g’inlari bir-biri bilan bevosita bog’langan bo’lib bir yerda sodir bo’lgan o’zgarishlar avtomatik ravishda boshqa bo’g’inlarga ta’sir ko’rsatadi. Bunda tashkilot va undagi axborot tizimlariga ta’sir etuvchi ob’ektiv omillarni, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, madaniy, tabiiy va boshqalarning o’rni boshqa omillarga nisbatan ancha yuqori.


Yuqoridagi omillarning tashkilotning axborot tizimlariga ta’sirini aniqlash quyidagi masalalarning yechimini aniqlash bilan bog’liq.

  1. Axborot tizimining tashkilot uchun ahamiyati. Menejerlar bevosita axborot tizimining tashkilotdagi ahamiyati haqida qaror qabul qilishadi va uni kimlar tomonidan boshqarilishini tashkillashtirishadi. Axborot tizimining ahamiyati to’g’risidagi qarorlar asosan strategik rivojlanish nuqtai nazardan ishlab chiqiladi.

  1. Axborot tizimining tashkiliy tarkibdagi o’rni. Menejerlar axborot tizimini ishlab chiquvchilarni, uni tadbiq etuvchilarni va boshqaruvchilarini aniqlashi va mutaxassislarni tayyorlash hamda maxsus bo’linmalarni tashkil qilishlari lozim. Bundan tashqari foydalanuvchilar tarkibini aniqlash, ularni ma’lumotlarga qay darajada kirishga ruhsati bo’lganligi va ma’lumotlarni qayerda joylashtirish lozimligini aniqlashdir.

3) Ma’lumotlarga egalik qilish. Ma’lumotlarga mas’uliyat bilan qarash va mualliflikni himoya qilish muammosi bevosita axborot tizimi bo’limini qayerda joylashganiga bog’liqdir. Ma’lumotlar bazasi markazlashtirilgan uslubda taqsimlangan bo’lsa, ularni himoyalash nisbatan osonlashadigan bo’lsada, lekin ularga kirish imkoni qiyinlashgan bo’ladi. Markazlashtirilmagan uslubda taqsim-lashda esa ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlash va ehtiyot qilish muammolari mavjud bo’ladi, ammo ulardan foydalanish imkoni oshadi.


  1. Yüklə 142,16 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin