Maktablar ta‘limining yangi mazmuniga o‘tishi, boshqacha aytganda maktab
ta‘limiga yangi tushunchalarning kiritilishi munosabati bilan ana shu tushunchalarga
mos terminlar tanlash qiyinchiliklari maydonga keldi. Bu hol terminologiya sohasida
jiddiy ishlarini olib borish lozimligini kun tartibiga ko‘ngdalang qilib qo‘ydi.
Natijada fanlarning turli sohalari bo‘yicha ikki tilli lug‘atlar nashr qilindi va
kandidatlik dissertetsiyalari rasmiylashtirildi.
Shunga qaramasdan terminlar hosil qilishning ilmiy-pedagogik printsplariga qattiy
amal qilmaslik natijasida grafik terminologiya sohasida jiddiy kamchiliklar mavjud.
Jumladan, sinonim so‘zlar sonining ortib ketganligi, shuningdek antonim so‘zlar
tanlashdagi har xillik yaqqol ko‘zga tashlandi.
Terminlar orfografiyasi sohasidagi chalkashlik, hatto tilshunoslikka doir ishlarda
ham yaqqol ko‘zga tashlandi. Masalan: yuza, nol, nomerlash, yarimshar, tengburchakli,
yarimtekislik, yarimayirma, tengyonli, tengburchakli, egrichiziqli, va hakazo.
Dostları ilə paylaş: