3-Ma’ruza mashg‘uloti.
Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish.
Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash
printsiplari.
Reja:
1. Ta’lim jarayonida ilmiy tushunchalar. O‘quvchilarda ilmiy tushunchalarni
shakllantirishning ahamiyati.
2. Ta’limda tushunchalar rivojlanishining o‘ziga xos hususiyatlari.
3. Mashqlar yordamida geometrik tushunchalarni shakllantirish.
4. Chizmachilik va chizma geometriyada mashqlar yordamida munosabatlar
tushunchasini shakllantirish.
5. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash
printsiplari.
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Talabalarga mashqlar yordamida chizmachilik
tushunchalarini
shakllantirishni, grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning
komponentlarini tanlash printsiplarini o‘rgatish
Tayanch so‘zlar: O‘zbek tili, davlat tili, muhandislik grafikasi, termin, atama,
terminologiya, standart talabi, chizma gomeriya, chizmachilik, tarixiy taraqqiyot.
Vizual ma’ruza materiallar
1. Ta’lim jarayonida ilmiy tushunchalar. O‘quvchilarda ilmiy tushunchalarni
shakllantirishning ahamiyati.
Tilimizdagi mavjud so‘zlar, atamalar, terminlar ma’nolarining kengayishi va
torayishi, ma’nolarning o‘sishi, ma’no ko‘chishi tarzda ro‘y beradi. Ular qanday tarzda
ro‘y berishidan qat’iy nazar, bilish jarayonining boshlangdch bosqichi hisoblangan,
idrok etishning tovush asosidagi madumot bodib, bilish
jarayonida bilim manbai
hisoblanadi. Idrok va tafakkur qilish jarayonlarida ilmiy va amaliy ahamiyatlarga ega
bodgan tegishli tushunchalar hosil bodishida ishtirok etadi.
O‘quvchilarda ilmiy tushunchalar tizimining shakllanishi-ular tomonidan ilmiy
bilimlar tizimini egallashning muhim ilmiy elementlaridan biridir. Har bir o‘quv fani
o‘zaro bogdangan asosiy ilmiy tushunchalar tizimidan tashkil topgandir,
o‘quvchilarning fan bo‘yicha toda bilimlarining sifati tushunchalarning qanday va
qanchalik o‘zlashtirilganligidan kelib chiqadi.
Demak, maktab chizmachilik kursini odganish uchun
uning mazmunini egallash
lozim. Chizmachilik kursining mazmunini esa asosan, chizmaning proeksion mohiyatini
qamrab oluvchi turli xil tushunchalar, qisqartma va qoidalar to‘plami hisoblangan
YeSKD (Konstruktorlik hujjatlarining Yagona Tizimi) standartlari tashkil etadi.
Tushunchalarni o‘zlashtirmasdan turib qonun va nazariyalarning o‘zlashtirilishi
haqida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas. Tushunchalarni egallash o‘quvchilarning tahlil
va sintez, solishtirish va taqqoslash, mavhumlashtirish va umumlashtirish kabi amallar
bajarish orqali faol aqliy faoliyatlari bilan bog‘liq. Biron bir fikrni tushunchalar bilan
amallar bajarmay turib ifodalashning iloji yo‘q. Shuning uchun o‘quvchilarda
shakllantirilayotgan tushunchalar ular tomonidan qanchalik yaxshi o‘zlashtirilsa, ularda
muhokama, xulosa tuzish shunchalik yengillashadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, maktab
kurslarining spesifikasi bu o‘rganilayotgan materialdagi turli xil ilmiy tushunchalar va
ularning ta‘riflarining majmuasidir
Bayon etilgan fikrlar bilan tushunchalarning
shakllanishidagi munosabat
chegaralanib qolmaydi. O‘quvchilarning terminologik bilimi o‘qituvchi uchun
o‘quvchilarga o‘quv materialini ilmiy tilda bayon etishga imkon beradi. Boshqacha
ta’riflaganda, didaktikaning ilmiylik prinsipini amalga oshishining omilidir.
Ta’lim jarayonida tushunchalarning rivojlanishi bilan fandagi rivojlanishida bir
qancha umumiy jihatlari, shuningdek, mohiyatan farqlari mavjud.
Fandagi singari ta’limda tushunchalarning shakllanishi
va rivojlanishi dialektik
ziddiyatli,
murakkab
jarayondan
iborat.
O‘quvchilar tushunchalarni darhol
o‘zlashtirmaydi, balki asta-sekinlik bilan uning mazmunini, hajmini, boshqa
tushunchalar bilan aloqasini bilib boradi.
Tushunchalarni o‘zlashtirish o‘rnatilgan ilmiy va yangi faktlarni tushuntirishga
yetarli bo‘lmagan, mayjud tushunchalar bazasi o‘rtasidagi hosil bo‘lgan
ziddiyatni
yengib o‘tish asnosida amalga oshiriladi.
Fanda (ilmiy bilishda) tushunchalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishi – olimlarning
ijodiy izlanishlarining mahsulidir. Ta‘limda esa o‘quvchilarda tushunchalarning
shakllanishi o‘qituvchi rahbarligi ostida sodir bo‘ladi. Bu o‘qituvchining o‘quv dasturi
bilan, o‘quv qo‘llanma va ta‘lim nazariyasi va amaliyotining holati bilan aniqlanadigan,
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati natijasining mahsulidir.
Ilmiy bilishda tushunchalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishi- ongning ob‘ektiv
dunyoni chuqurroq anglashdagi, uzoq jarayon davom etadigan rivojlanishining
natijasidir, bilishning bir qancha bosqichining yig‘indisidir. Ta‘lim jarayonida esa,
o‘quvchilarda fanning tarkibiga kirgan va qat‘iy
tasdiqlangan, insonlarning ilmiy va
amaliy faoliyatlarida keng qo‘llaniluvchi tushunchalarning shakllanishi yuz beradi. Bu
jarayonda ham tushunchaning rivojlanashi sodir bo‘ladi, ammo u faqat o‘quvchilarning
ongidagina sodir bo‘ladi, bu yerda yangilik elenmenti sub‘ektiv xarakterga egadir.
Ilmiy bilishda tushunchalar yordamida ongimizda aks etuvchi narsa va
hodisalarning ham hossalarini ajratish- o‘nlab olimlar, ba‘zida esa, turli xil mamlakat
olimlari avlodining ijodiy faoliyatidir. O‘quvchilar esa tushnchalarni ta‘lim
muassasalarida o‘qish davrida o‘zlashtirishadi.
Fanda tushunchalarning hosil bo‘lish va rivojlanish manbai - o‘rnatilgan yangi
tushunchalar bilan mavjud eski tushunchalar apparati o‘rtasidagi
ziddiyat, yangi
ochilgan, o‘rnatilgan faktlarni tushuntirishga bilimlarning yetishmasligidir.
O‘quvchilarda esa quyidagi omilarning ta’sirida sodir bo‘ladi:
- maktabda fanlar asosini o‘rganishda o‘qituvchi rahbarligida maqsadga
yo‘naltirilgan tushunchalarni shakllantirish jarayonida;
- tushunchalarning «tabiiy» shakllanishi, ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qish,
radio va televidinie orqali dasturlarni eshitish va filmlarni ko‘rish.