Bir bo‘g‘indan iborat bo‘lgan sinf mexanizmiga bo‘g‘inlari 2, 3 bo‘lgan sinf Assur guruhi va unga bo‘g‘inlari ketma-ket 4, 5, 6 bo‘lgan sinf Assur guruhlari ulangan.
tuzilish formulasidagi Assur guruhlarining eng yuqori sinfi mexanizmning sinfini beradi.
Izoh: agar mexanizm tasvirida oliy kinematik juft mavjud bo‘lsa, u holda ularni quyi kinematik juft bilan almashtirish kerak.
Oliy kinematik juftlarni quyi kinematik juft orqali almashtirilishi 11-chizmada ko‘rsatilgan.
Assur-Artobolevskiy uslubida mexanizmlarni sinflarga ajratish quyidagi shartlar bajarilgan holdagina olib boriladi:
Mexanizm tarkibida faqat quyi kinematik juftlargina mavjud bo‘lishi kerak. Agar mexanizm tarkibida oliy kinematik juftlar mavjud bo‘lsa, ularni yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan quyi kinematik juftlarga almashtirish kerak.
Mexanizmning erkinlik darajasi uning yetaklovchi bo‘g‘inlar soniga teng bo‘lishi kerak. Agarda mexanizmning erkinlik darajasi uning yetaklovchi bo‘g‘ini soniga teng bo‘lmasa, u holda mexanizm tarkibida passiv bo‘g‘inlar mavjud bo‘ladi va bu bo‘g‘inlarni vaqtincha e’tiborga olmaslik kerak.
Mexanizmning yetaklovchi bo‘g‘ini qo‘zg‘almas bo‘g‘in bilan quyi kinematik juftni tashkil etishi kerak. Lekin baʼzan hayotda mexanizmning yetaklovchi bo‘g‘ini qo‘zg‘almas bo‘g‘in bilan kinematik juftga kirmaydigan mexanizmlar ham uchraydi. Bu holda bunday mexanizmlar uchun harakatni aylantirish usulidan foydalanib, almashtirilgan mexanizm hosil qilamiz. Buning uchun mexanizmga qo‘zg‘almas bo‘g‘in bilan kinematik juftga kiruvchi bo‘g‘in harakatiga teng va qarama-qarshi tomonga qarab yo‘nalgan harakat bilan taʼsir etamiz va hosil bo‘lgan almashtirilgan mexanizm uchun shartli ravishda yetaklovchi bo‘g‘ini qo‘zg‘almas bo‘g‘in bilan kinematik juftga kiradi deb faraz qilinadi.
11-rasm.
1-misol. 12-rasm, ) da ko‘rsatilgan mexanizmning sinfi aniqlansin.
Mexanizmning sinfini aniqlash uchun avvalo uning yetaklanuvchi qismiga e’tibor beramiz. Mexanizm yetaklanuvchi qismini tashkil etuvchi Assur guruhlarining mexanizm yetaklovchi qismidan ajratib olamiz, ularning eng yuqori sinfi berilgan mexanizmning sinfini beradi.
Berilgan mexanizmning erkinlik darajasini aniqlaymiz:
Lekin mexanizm tarkibida oliy kinematik juftlar mavjud bo‘lganligi uchun ularni 11-rasmga binoan quyi kinematik juftlar bilan almashtiramiz va hosil bo‘lgan mexanizmning erkinlik darajasini aniqlaymiz.
a) b) 12-rasm. a) berilgan mexanizm; b) almashtirilgan mexanizm.
Almashtirilgan mexanizm tarkibi (12-rasm, b) dan Assur guruhlarini ajratamiz. Assur guruhlarini ajratishni mexanizmga ulangan eng oxirgisidan boshlaymiz. Eng avvalo, 4 va 5 bo‘g‘inlardan tashkil topgan sinfga taalluqli Assur guruhini ajratamiz. Qolgan mexanizmning erkinlik darajasini ekanligini ko‘rish murakkab emas. So‘ngra 2 va 3 bo‘g‘indan iborat bo‘lgan sinf Assur guruhini ajratamiz. Qolgan mexanizmning, yaʼni yetaklovchi 1 va qo‘zg‘almas bo‘g‘inlaridan iborat bo‘lgan mexanizmning erkinlik darajasi bo‘ladi. U holda mexanizmning tuzilish formulasi quyidagicha yoziladi:
Bundan ko‘rinadiki, mexanizmga ulangan Assur guruhlarining eng yuqori sinfi ikkiga teng.
Demak, yuqorida ko‘rsatilgan mexanizm sinfga taalluqli ekan.
2-misol. 13-rasmda ko‘rsatilgan -simon ichki yonuv dvigatelida qo‘llaniladigan krivoship-shatunli mexanizmning sinfi va tuzilish tartibi ko‘rsatilsin.
Yechish. Mexanizmning erkinlik darajasini aniqlaymiz.
qo‘zg‘aluvchi bo‘g‘inlar soni; sinf quyi kinematik juftlar soni; sinf oliy kinematik juftlar soni.
13-rasmda ko‘rsatilgan mexanizm ikkita sinf Assur guruhlarini o‘zaro qo‘shish orqali tuzilgan, u holda mexanizmning tuzilish tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
Demak, berilgan mexanizm sinfga taalluqlidir.
3-misol. 14-rasmda ko‘rsatilgan kulisali mexanizmning sinfi aniqlansin.
Yechish. Mexanizmning erkinlik darajasini aniqlaymiz.
qo‘zg‘aluvchi bo‘g‘inlar soni; sinf quyi kinematik juftlar soni; sinf oliy kinematik juftlar soni.
14-rasmada ko‘rsatilgan mexanizm bitta sinf Assur guruhini yetaklovchi bo‘g‘inga qo‘shish orqali tuzilgan, u holda mexanizmning tuzilish tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
Demak, berilgan mexanizm sinfga taalluqlidir.
13-rasm. 14-rasm.
4-misol. 15-rasmda ko‘rsatilgan krivoship-shatunli mexanizmning sinfi aniqlansin.
15-rasm.
Yechish. Mexanizmning erkinlik darajasini aniqlaymiz.
qo‘zg‘aluvchi bo‘g‘inlar soni; sinf quyi kinematik juftlar soni; sinf oliy kinematik juftlar soni.
15-rasmda ko‘rsatilgan mexanizm bitta sinf Assur guruhini yetaklovchi bo‘g‘inga qo‘shish orqali tuzilgan, u holda mexanizmning tuzilish tenglamasi quyidagicha bo‘ladi: