Naylar. Naylar uzun (bir necha sm yoki metr), ichi bo’sh hujayralarning tik
qatoridan iborat. Ular parenxima hujayralarning tik qatoridan hosil bo’lib,
ko’ndalang devorlari erib ketadi. Bir-birlari bilan yonma-yon joylashgan hujayralar
nayga aylanadi. har bir hujayra nayning ayrim a'zosi bo’lib qoladi. Hujayralarning
ko’ndalang devorlarini erib ketishidan qolgan qismi perforatsion plastinka deb
ataladi. Perforatsion plastinkada bir necha teshikchalar bo’lsa, narvonsimon
perforatsiyalar hosil bo’ladi. Agarda unda bitta yirik teshik bo’lsa, oddiy
perforatsiya deb ataladi. Hujayra devorlarining qalinlashish xarakteriga ko’ra
halqasimon, spiralsimon, narvonsimon, to’rsimon va nuqtasimon naylar farq
qilinadi.
Lubning ikkinchi bir elementi parenximadir. Parenxima hujayralarda
almashinuv reaksiyalari faol boradi va odatda zahira moddalardan kraxmal
donachalari, moylar har xil organik birikmalar, shuningdek, tannid va smola kabilar
to’planadi. Lub tarkibiga mexanik to’qima sklerenxima, ya'ni lub tolalari kiradi. Ular
morfologik jihatdan yog’ochlik tolalariga o’xshash, ammo ko’pchilik o’simliklarda
uzunroq bo’lishi va ikkilamchi lublar farq qilinadi. Birlamchi lub o’sish konusidagi
uchki meristema-prokambiy boylamlaridan kelib chiqadi. Ikkilamchi lub esa kambiy
faoliyati natijasida vujudga keladi.
O’tkazuvchi nay tolali boylamlar o’simlikda keng tarqalgan umumiy
to’qimalardan biri bo’lib, uning barcha organlarida uchraydi.
U o’tkazuvchi, mexanik va asosiy to’qimalardan iborat. O’kazuvchi nay tolali
boylamlar tarkibiga kiruvchi yog’ochlik va lub har xil shaklda joylashishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: