3-ma'ruza savollariga javoblar. Zokirova Munisaxon
1. Boshskeletsizlar -Acrania kenja tipiga xos umumiy xususiyatlar.
Boshskeletsizlar haqiqiy dengiz hayvonlari bo‘lib, ko'pchilik turlari suv tubida hayot kechiradi. Bu kenja tip vakillari butun hayoti davomida xordalilar tipining tuzilishi xususiyatlarini saqlab qoladi. Ana shu sababdan boshskeletsizlar xordalilarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega.
2. Bosh suyaksizlarning tashqi va ichki tuzilishi.
Oddiy lansetniklar kichik oilasi vakillari misolida boshskeletsizlar kenja tipiga ta’rif berilgan bo'lib, simmetrik tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Ularning jinsiy organlari juft, metaplevral teri burmalari bir xil uzunlikda. Oddiy lansetniklar tanasining uzunligi 8 sm gacha boradi, 20 ga yaqin turlari ma’lum.
3. Lansetning tashqi tuzilishi.
Lansetnikning uzunligi 5—8 sm gacha yetadi, dengizlarning sayoz qismida qumga ко‘ milib hayot kechiradi. Qumdan hayvonning faqat oldingi qismi chiqib turadi. U suv yuzasidan suv tubiga cho‘kayotgan mayda organik qoldiqlar bilan oziqlanadi.
Lansetnikning bosh qismi rivojlanmagan, cho'ziq tanasi ikki yon tomonidan siqilgan, oldingi va keyingi tomonlari ingichkalashgan bo'ladi.Lansetnik tanasining oldingi uchida pastga qaragan va sezuvchi (o‘simta) qamragichlar bilan o‘ralgan katta og‘izoldi voronkasi bo‘ladi.
Lansetnikning orqa qismida bo‘yiga tomon cho‘zilgan pastgina yelka suzgich qanoti mavjud. Dumi keng suzgich qanoti bilan o‘ralgan bo‘lib, shaklan nayza yoki tibbiyot asbobi — lansetga o'xshaydi, bu hayvonning nomi ham shundan olingan. Qorin tomonining orqa qismida dumosti suzgich qanoti o'rnashgan. Og'izoldi voronkasining oxirida, gavda pastki bo‘lagining ikki yon tomonida bir-biriga parallel o‘mashgan ikkita metaplevral burma bo‘lib, bu burmalar gavdaning orqa uchiga ancha yaqinroq qismida bir-birlariga qo‘shilib ketadi. Shu burmalarning qo‘shilgan yerida jabraoldi bo‘shlig‘i yoki atrial bo‘shliqni tashqi muhit bilan bog‘lovchi atriapor bor. Atriapordan uzoqroqda va gavdaning biroz chaproq tom onida — orqa chiqaruv teshigi joylashgan. Orqa, dum va qorin suzgichlari teri burmalaridan hosil bo‘lgan. Lansetnikning tanasi yarim tiniq, oqish tusda.
4.Lansetnikning ichki tuzilishi.
Teri qoplami. Hamma yuqori xordalilar singari, lansetnikning teri qoplami ham ikkita.: sirtqi epidermis va ichki korium qavatidan iborat. Lekin, umurtqalilarnikiga qarshi o'laroq, lansetnikning epidermisi xuddi umurtqasizlarnikidek bir qavat b o ‘lsa, koriumi, asosan yopishqoq to'qimadan iborat.
Muskul sistemasi. Lansetniklarning muskullari tasmaga o‘xshab tanasining ikki yoni bo‘ylab joylashgan. Muskul tasmalari biriktiruvchi to‘qimadan iborat yupqa to‘siqlar — mioseptalar yordamida qator bo‘lib joylashgan miomerlar (segmentlar)ga ajralgan. Muskullar qorin tomonida va suzgich burmalari asosida ham bo‘ladi. Lansetnik ana shunday muskullari yordamida tanasini to ‘lqinsimon harakatlantirib yonboshida suzadi, tanasini egib turli harakatlar qiladi yoki qumga ко‘milib oladi. Hayvon bezovta qilinganida qumdan chiqib biroz suzib yuradi va darrov qumga yana ko‘milib oladi.
Skeleti. Lansetniklarning skeleti, asosan xordadan iborat. Uning ikkala uchi ham ingichkalashgan bo‘lib, lansetnik gavdasining bosh qismidan eng oxirgi uchigacha boradi. Xorda bosh qismida nerv nayidan ham uzunroq, shuning uchun ham bu sinf xordaboshlilar (Cephalochordata) deb ataladi. Xordani qalin biriktiruvchi to‘qimali qavat — miosepta o‘rab olgan, uning bir qancha o ‘simtalari mioseptalar va teri ostidagi biriktiruvchi to‘qimali qavat,bilan bog‘langan. Ayniqsa, jabra apparatining skeleti murakkab, u hujayrasiz tolali gorizontal va vertikal to'sinlardan iborat bo‘lib, nozik panjaraga o‘xshaydi. Zich, dirildoq to ‘qimadan tashkil topgan ustunchalar suzgich qanotlarda tayanch vazifasini bajaradi. 0 ‘simta qamragichlarni va og‘izoldi voronkasini ham shunday ustunchalar tutib turadi, ammo ular uzun va ingichkaroq bo‘ladi.
Nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi tananing orqa tomonida xorda ustida joylashgan uzun naydan iborat. Nerv nayining oldingi tomoni biroz kengaygan, uning ichki qismi bo‘ylab tor tirqish o‘tadi. Naydan juda ko‘p nervlar chiqadi. Ulardan ikki jufti tananing oldingi qismiga ketganidan bosh nervlar deb ataladi.
Sezgi organlari juda sodda tuzilgan. Haqiqiy ko‘zlari bo‘lmaydi. Nerv nayi bo‘ylab tarqoq joylashgan juda ko‘p qora pigmentlar — Gesse ko‘zchalari orqali hayvon yorug'likni sezadi, lekin narsalarni farqlay olmaydi. Shaffof teri orqali yorug‘lik pigment «ko‘zchalar»ga oson yetib keladi. Lansetniklar yorug‘iikni yoqtirmaydi. Tanasining oldingi qismida hid bilish chuqurchasi joylashgan. Og‘iz atrofidagi paypaslagichlari tuyg‘u funksiyasini bajaradi. Bundan tashqari tanasining butun yuzasi bo‘ylab tuyg‘u funksiyasiga ega bo‘lgan hujayralar joylashgan.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Boshskeletsizlarda, jumiadan, lantsetniklarda ovqat hazm qilish sistemasi kuchsiz differensiallangan nay bo‘lib, halqum va ichakdan iborat. Halqum devorida ko‘plab jabra teshiklari mavjud. Tanasining oldingi qismi pastki tomonida 10—12 juft paypaslagichlar bilan o‘ralgan og‘izoldi teshigi bo‘lib, u og'izga ochiladi. Undan keyin halqumning qorin tomonida endostil deb ataladigan uzun tarnovcha joylashgan. Endostil hujayralari shilimshiq ishlab chiqaradi. Kiprikchalarning harakati tufayli organik qoldiqlar va mayda organizmlar halqumga tushadi. Oziq zarralari endostil ajratib chiqaradigan shilimshiqqa yopishib qoladi va o‘rta ichakka o ‘tib hazm bo‘ladi. 0 ‘rta ichakning oldingi tomoniga qarab ketgan o‘simtasi jigar funksiyasini bajaradi. Anal teshigi qorin bo‘limining keyingi qismida joylashgan. Shunday qilib, boshskletsizlarning hazm qilish sistemasi kam ixtisoslashgan bo‘lganidan ular juda sodda usulda oziqlanadi.
Nafas olish sistemasi. Lansetnik ichagining oldingi qismi tanasining o‘rta qismigacha cho‘zilgan halqumdan iborat. Halqum devorida juda ko‘p (100 juftdan ortiq) jabra yoriqlari bor. Bu yoriqlami devori juda mayda kapillar qon tomirlari bilan ta’minlangan. Jabra yoriqlari maxsus jabraoldi bo‘shlig'iga, bu bo‘shliq esa qorin tomonida tashqariga ochiladi. Jabraoldi bo‘shlig‘i — jabralarni zararlanishdan va hayvon qumga ko‘milganida ifloslanishdan saqlaydi. Suv og‘izoldi paypaslagichlari orqali dastlab og‘iz bo‘shlig‘iga, undan juda ko‘p kiprikchalar yordamida halqumga haydaladi va jabra yoriqlari orqali jabraoldi bo‘shlig‘iga chiqib ketadi.
Qon aylanish sistemasi. Lansetnikning qon aylanish sistemasi boshqa xordali hayvonlarniki singari yopiq bo‘lib, ikkita yirik orqa va qorin qon tomirlaridan hamda ulardan ketuvchi kichikroq tomirlardan iborat.
Karbonat angidrid bilan to‘yingan qon butun tanadan qorin qon tomiriga yig‘iladi va undan tananing oldingi tomoniga oqadi. Qorin qon tomiridan jabralarga juda ko‘p mayda qon tomirlari keladi. Jabralarda sodir bo‘ladigan gaz almashinuvi tufayli qon kislorod bilan boyiydi. Bu qon jabralardan ikkita orqa qon tomiriga oqib chiqadi. Bu tomirlar halqumdan o‘tgach, umumiy bitta tomirga birlashadi. Qon orqa tomirlardan boshlanadigan mayda tomirlar orqali tanadagi barcha organlarga tarqaladi.
Ayirish sistemasi. Ayirish organlari metamer shaklidagi nefridiyalardan iborat bo‘lib, 90 juftga yaqin qisqa naychalar halqum ustida joylashgan. Har bir naychaning bir tomonida bir necha teshikchalar boiib, u nefrostomalar bilan selomga ochiladi, ikkinchi tomoni bilan esa bir umumiy teshikcha orqali atrial bo‘shliqqa ochiladi. Bu teshiklar — nefrostomalar to ‘g‘nag‘ichsimon maxsus hujayralar — solenotsitlar bilan qoplangan. Solenotsitlar ichida esa tebranuvchi kiprikchali naychalar bo‘ladi.
5.Lansetnikning koʻpayishi.
Boshskeletsizlar ayrim jinsli hayvonlar. K o‘payish organlari jabraoldi bo‘shlig‘ining yon tom onida joylashgan ko‘p sonli (25 juft) jinsiy bezlardan iborat. Yetilgan jinsiy hujayralari jabraoldi bo‘shlig‘iga, undan esa suvga tushadi. Tuxumlari suvda urug‘lanadi.
5. . Boshskeletsizlarning sistematikasi va ahamiyati
Hozirgi vaqtda boshskeletsizlar kenja tipiga bitta Xordaboshlilar (Cephalochordata) sinfi kiradi. Bu sinfga, o‘z navbatida, bitta Lansetniksimonlar (Amphioxiformes) turkumi va 35 taga yaqin turni o‘z ichiga oladigan bitta lansetniklar (Branchiostomidae) oilasi kiradi. Ayrim zoologlar lansetniklar oilasini 3 ta kichik oilaga: oddiy lansetniklar (Branchiostoma), epigonixt lansetniklar (Epigonichtys) va amfioksid lansetniklar (Amphioxidae)ga bo‘ladi.
Bu kenja tip vakillari butun hayoti davomida xordalilar tipining tuzilishi xususiyatlarini saqlab qoladi. Ana shu sababdan boshskeletsizlar xordalilarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega.
1.Bosh suyaksizlarni asosiy belgilarini quyidagilardan iborat:
A. epidermis bir qavatlik, qon aylanishi yopiq, dum suzgichi lansetga oʻxshagan, oʻq skeleti xordadan iborat
2.Bosh suyaksizlarni qon aylanishi arteriya sistemasi quyidagilardan iborat:
A. qorin aortasi, olib keluvchi va olib ketuvchi jabra arteriyalari, yelka aortasi bor
3.Lansetnikni qon aylanishi venoz sistemasi quyidagicha boshlanadi:
A. orqa kardinal venalarga ajraladigan dum venasidan, oldingi qismidan venoz qonoldingi kardinal venalarga yigʻiladi
4.Lansetnikni nechta chiqaruv teshigi bor va u nima deb ataladi:
A. anal teshigi va atrial teshigi-atriopor bor
5.Lansetnikni bosh miyasi necha qismga boʻlingan:
A. faqat nerv nayidan iborat
6.Lansetnikni ayruv sistemasi nimalardan iborat:
A. nefridiya va nefrostomalardan
Dostları ilə paylaş: |