2. Shaxsning faolligi va yo'naltirilganligi
Kishining tevarak atrofga munosabati, hamkorlikdagi faoliyati va ijodiy ish jarayonida namoyon bo'ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o'zgarishlar qilish layoqati shaxsning faolligi sifatida tushuniladi. Shaxs faolligining ancha umumiy tarzdagi, birikma holidagi ta'rifi uning g'oyaviy prinsipligida, o'z nuqtai nazarini izchil himoya qila borishida, so'zi bilan ishining birligida ifodalanadigan faol hayotiy pozitsiyasini bildiradi.
Jamiyatda faol hayotiy pozitsiya ijtimoiy burchga nisbatan ongli munosabatda bo'lishni, fuqarolikni, jamoatchilikni, faoliyatga nisbatan ijodiy munosabatda bo'lishni, ilmiy dunyoqarashga tayanadigan e'tiqodni, ijtimoiy-axloqiy qoidalarning buzilishiga murosasizlikni taqozo etadi.
Shaxsning moslashuvchanlikka ham, xulq-atvorning salbiy turiga ham zid bo'lgan jamoa tarzida o'zini o'zi belgilashi ham uning faol hayotiy pozitsiyasidan dalolat beradi. Yosh yigit va qizlarda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish axloqiy tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir.
Hozirgi paytda G'arb psixologiyasida shaxsni tadqiq qilish va tu-shunish borasida «insonparvarlik psixologiyasi» deb ataladigan psixo-logiya vakillarining psixoanalitik nazariyalari va qarashlari (shaxsning ekzistensialistik nazariyalari) eng nufuzli yo'nalishlar bo'lib hisoblanadi.
Asrimiz boshiaridayoq venalik psixiatr va psixolog Z. Freyd kishi shaxsining faolligi manbai - xarakteming o'zgacha talqinini tavsiya qilgan edi. Uning ko'pchilik izdoshlari tomonidan maqullangan nuq tai nazarga ko'ra, kishi unda hayvonot dunyosiga mansub ajdodlardan meros qilib olgan instinktiv mayllar va, eng avvalo, jinsiy va o'zini himoya qilish instinkti mayjud bo'lganligi tufayli faol emish. Lekin jamiyatda instinktlar o'zini hayvonot olamida boigani kabi namoyon qila olmaydi, chunki jamiyat kishini ko'plab cheklashlar turiga o'rab tashlaydi, uning instinktlari va mayllarini «senzura»ga ro'baro' qiladi, bu esa kishini ularni cheklashga majbur qiladi.
Freydning shaxs faolligini butunligicha faqat shahvoniy hirsga bogiiq qilib qo'yishga intilishi psixologlarning ko'pchiligida e'tiroz tug'dirdi. Bu xil klassik freydizmning va undan muayyan chekinish-larning birikuvidan iborat xususiyatga ega boigan neofreydizm (A. Kardiner, E. Fromm, K. Xorni va boshqalar)ning kelib chiqish sabablaridan bid bo'lgan edi.
Neofreydchilar shaxsning faolligini tushunish borasida shahvoniy mayllarning ustunligi fikridan voz kechishadi va insonning biologik mavjudotligidan chetga chiqishadi. Shaxsning muhitga bog'liqligi bi-rinchi o'ringa qo'yiladi. Muhit shaxsga o'zining eng muhim xusu-siyatlari aksini singdiradi.
Psixoanalitiklardan farqli o'laroq, rivojlanishi K. Rojers, A. Mas-lou, G. Olport va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bogiiq boigan «insonparvarlik psixologiyasi» kelajakda o'zligini eng ko'p darajada namoyon qilishga (o'zini faollashtirishga) intilishni shaxs faolligining asosiy omili deb hisoblaydi.
A. Maslou, K. Rojers o'zini faollashtirishni o'z mohiyati etibori bilan egotsentrik (o'zini hammadan ustun qo'yish) jarayonga aylanti-rib yuborishadi. O'zini follashtirish, A. Maslouning fikricha, o'zini va faqat o'zini ro'yobga chiqarish uchun intilishdirki, bu ijodiy faollik va «xususiy men»ini toiaqonli namoyon qilish uchun intilish kabi fazi-latlarga ega boigan «o'zini faollashtiruvchi shaxslar»ning o'ta indivi-dualligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, butun kuch-g'ayratlar shaxs yashaydigan va hara-kat qiladigan muhitni o'zgartirishga emas, balki shaxsning o'zini o'zgartirishga safarbar etilgan boiadi. Shaxsning faoliyatini yo'naltirib turadigan va mayjud vaziyatlarga nisbatan bogiiq boi-magan barqaror motivlar majmui kishi shaxsining yo'naltirilganligi deb ataladi.
Shaxsni faoliyatga undovchi ichki turtkiga motiv deyiladi.
Motivlar ikki xil boiadi:
anglanilgan;
anglanilmagan.
Shaxsning yo'naltirilganligida anglaixilgan motivlar asosiy o'rin tutadi.
Istiqbolni anglaydigan kishiga xos ta'bi xiralik, kechinrhalarga qarama-qarshi oiaroq, ruhsizlik holati frustratsiya deb ataladi. Bu kishi maqsadga erishish yoiida real tarzda bartaraf etib boimaydi deb hisoblagan yoki shunday deb idrok etiladigan to'sqinliklarga, g'ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi.
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va uning o'zini anglashida turli xil o'zgarishlafga dlib keladi.
Qiziqish biron-bir sohada to'g'ri moijal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqelikni ancha to'liq va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivdir. E'tiqod - shaxsni o'z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko'rishga da'vat etadigan motivlar tizimidir.
Psixologiyada shaxsning yoi-yo'riqlari uning u yoki bu ehtiyoji qondirilishiga yordam berishi mumkin boigan faoliyatga tayyorgar-ligi va moyilligining o'zi tomohidan anglanilmaydigan holatini belgilaydi.
«Men»ning siymosi - individning o'zi haqidagi nisbatan barqaror ko'proq yoki ozroq darajada anglanilmagan, betakror deb his qilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshqalar bilan o'zaro hamkorlikda harakat qilishda ana shunga asoslanadi.
O'ziga o^zi baho berish shaxsning o'ziga, o'z imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o'rniga baho berishidir. O'ziga o'zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to'g'rilariib, tartibga solib turiladi.
Shaxsning o'ziga o'zi beradigan bahoning birmuncha oshirilib yuborilishi kutilgan baho kb'rsatkichlarining kamayishi bilan bogiiq bo'ladi.
O'ziga o'zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan cham-barehas bogiiqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o'ziga o'zi beradigan bahoning individ o'z oldiga qo'yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari ; darajasida namoyon boiadigan kutilgan darajasidir.
Amerikalik psixolog U. Jeyms o'zining psixologik nazariyasida hali XX asrning boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim tarkibiy qismi - o'zini hurmat qilishi haqiqatan ham erishgan yutuqla-rining kishi da'vogarlik qilgan, mo'ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to'g'ri fikr bildirgan edi. U surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishJarini ifoda etadigan formulani:
Dostları ilə paylaş: |