Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart.
Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin..
Kompyuter tarmoqlarida tarmoq elementi - bu bir yoki bir nechta fizik qurilmalarni birlashtirgan holda boshqadigan ob’ekt hisoblanadi. Bu tarqatilgan qurilmalarni bitta boshqaruv tizimidan foydalangan holda yagona usulda boshqarishga imkon beradi. Quyidagi rasmda keltirilgan har bir qurilma tarmoq elementi bo’ladi oladi.
Tarmoq topologiyalari
Tarmoq topologiyasi - bu aloqa tarmog'i elementlarining joylashuvi. Tarmoq topologiyasi har xil turdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini, shu jumladan radio tarmoqlarini, sanoat stavkalari va kompyuter tarmoqlarini aniqlash yoki tavsiflash uchun ishlatilishi mumkin. Tarmoq topologiyalari shuningdek, tarmoqni geografik muhitdagi o’rni, foydalanuvchilari soni va foydalaniladigan texnologiyasiga muvofiq tanlanadi. Bir qancha tarmoq topologiyalari mavjud: mesh, yulduz, daraxt, shina, halqa ва 3-D torus.
Misol uchun mesh topologiyali tarmoq - bu lokal tarmoq topologiyasida ishlatiladi, unda infratuzilma tugunlari to'g'ridan-to'g'ri, dinamik va ierarxik bo'lmagan holda boshqa ko'plab tugunlarga ulanadi va ma'lumotlarni foydalanuvchilarga samarali yo'naltirish uchun bir-biri bilan hamkorlik qiladi. Bunday topologiyalar har doim ham o’zini oqlamaydi, sababi qurilishi qimmatga tushadi