3-Ma’ruza: Tarmoqlararo balans modellari
Reja:
1. Korxonalarning biznes rejalarini matritsaviy usullar bilan ifodalash.
2. Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda tarmoqlararo balansning imkoniyatlari va foydalanish yo’llari.
3. Kapital qo’yilmalarni rejalashtirishda tarmoqlararo balanslardan foydalanish.
Hozirgi zamon korxonalarida, firmalarida texnik, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa ko’pgina masalalarni hal etmay turib ishlab chiqarish masalalarini hal etish qiyin.
Bu masalalarni hal etishda fan va texnikaning yutuqlaridan, hususan, matematik metodlar va EHM dan oqilona foydalangandagina amalga oshirish mumkin.
Hozirda korxonalarda, firmalarda ishlab chiqarishni optimal rejalashtirish va boshqarishning kompleks modellari ishlab chiqilgani yo’q.
Biznes rejalashtirishning asosiy vazifasi, bu korxona firmalarning ishlab chiqarish faoliyatidagi asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni ifodalab, korxonalarda pirovard mahsulotning ishlab chiqarish dasturini aniqlashdan iboratdir. Ishlab chiqarilgan mahsulot bozorninng mahsulotga bo’lgan talabini ma’lum miqdorda qondirib, shu ob’ekt uchun maksimal foyda nuqta’i nazaridan ishlab chiqarish xo’jalik faoliyati natijalarini ifodalaydi.
Ikkinchi tomondan, biznes rejalashtirish mahsulot ishlab chiqarish dasturini fan–texnika taraqqiyotini hisobga olgan holda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, moddoy resurslar, ishchi kuchi, shuningdek, pul mablag’lari orqali joriy va perspektiv rejalashtirishning bajarilishini ko’rsatadi.
Bu masalalarni hal etish orqali ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatining asosini tashkil etgan mahsulotni ishlab chiqarish va unga qilingan harajatlar balansi aniqlanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishning matematik modelini ko’rib chiqamiz. Ishlab chiqarishni rejalashtirishning asosiy matematik modeli akademik L.V.Kontorovich tomonidan yaratilgan. Bu masala optimal ishlab chiqarish dasturini tuzishda o’zaro almashilmaydigan komleks resurslardan foydalanishni hal etish uchun ishlab chiqilgan.
Modelni tuzish uchun iqtisodiy sistema bir nechta ishlab chiqarish yoki texnologik usullardan tashkil topgan. Shuning uchun, sistemaning optimal dasturini intensivlik koeffitsientlari orqali ifodalangan usullarning chiziqli kombinatsiyasidan iborat bo’lgan.
Ishlab chiqarish usuli tushunchasi korxona, firma faoliyatida quidagilarni belgilaydi:
Korxonadan boshqa joylarga yuboriluvchi ba’zi mahsulotlarni ishlab chiqarishning texnologik variantlarini
Yarim fabrikatlar ishlab chiqarishni ko’rsatuvchi usullarni
Asosiy fondlarni tiklash va ta’mirlash uchun qo’llaniladigan usullarni
Mahsulotni transportga yuklash va tushirish usullarni
Mahsulotni saqlash usullarini
Har bir ishlab chiqarish usuli aniq bir qancha qismlardan tashkil topgan bo’lib, ma’lum bir miqdorda mahsulotni iste’mol qiladi va ishlab chiqaradi. Bularga xar hil hom ashyo turlari, natural yoki qiymat formasida ifodalangan mahsulot yoki hizmatlar, ishchi va hizmatchilarning professional mutahasisligiga bog’liq bo’lgan mehnat turlari, ishlab chiqarish qurollarining quvvatlari, hizmat muddati, tabiiy resurslar – yer, suv, o’rmonlardan foydalanish va hokazo qismlarni o’z ichiga oladi.
Shuning uchun ishlab chiqarishning qismlari ayrim usullarda iste’mol qilinsa yoki foydalanilsa, bosqalarida esa ishlab chiqarilishi mumkin.
Endi ishlab chiqarish rejasi asosiy masalasining modelini tuzish uchun quidagi belgilarni kiritaylik:
i-ishlab chiqarish qismlari indeksi;
(i=1,n);
S-ishlab chiqarish usullari indeksi;
(S=1,r)
ais – S usul bo’yicha is ishlab chiqarish qismining bir birlik intensivlikdagi normasi.
Agar ais >0 bo’lsa, I qism ishlab chiqarilgan bo’ladi; ais<0 bo’lsa, I qism sarflangan, va nihoyat ais=0 bo’lsa, i qism ishlab chiqarish qismida qatnashmaydi.
Bi ko’rilayotgan ishlab chiqarish sistemasidagi i qismning umumiy hajmi yoki ishlab chiqarish faktorining hajmi. Bunda bunda ham quyidagi hollar bo’lishi mumkin.
Bi> 0 bo’lsa, i ishlab chiqarish qismi pirovard tarkibiga kirib, shu sistemedan tashqariga chiqariladi;
Bi=0 bo’lsa, i ishlab chiqarish qismi shu sistema ichida oraliq mahsulot uchun foydalaniladi;
Bi<0 bo’lishi mumkin emas chunki ishlab chiqarish qismlari mavjud bo’lsa, ular ishlab chiqarishda albatta qatnashishlari kerak.
xs-s ishlab chiqarish usulining intensivligi
va ∑ xs≤1 bo’lishi kerak.
ps- s usullning intensivligi qo’llanilishi natijasida olinadiga foyda.
Shunday xs – ishlab chiqarish intensivligi topilsinki, ushbu
Funksiya maksimal qiymatga ega bo’lib (qabul qilinadigan ishlab chiqarish intensivlikda korxonaning oladigan foydasi eng ko’p bo’lsin) quyidagi shartlar bajarilsin:
(qabul qilinadigan usul bo’yicha jami ishlab chiqarish hajmi ishlab chiqarish faktorlari yoki qismlari hajmidan kam bo’lmasin).
(Manfiy bo’lmaslik sharti)
Bu model ishlab chiqarish rejasining yopiq modeli bo’lib, resurslari Bi ning limitlari oldindan belgilangan bo’ladi.
Ko’rib chiqilgan model sanoat korxonalari ishlab chiqarish rejasini takomillashtirish uchun hizmat qiladi va korxona rentabelligini oshirishda perespektiv ko’rsatkichlarning bajarilishini ta’minlaydi.
Ishalab chiqarishni rejalashtirishning asosiy vazifasi ishlab chiqarishda qatnashadigan resurslardan optimal foydalanishni ko’rsatib, qisqa muddatli jotiy rejalarni tuzishda qo’llaniladi. Qisqa muddatli rejalashtirishdagi perspektiv rejalarga o’tish uchun esa, ishlab chiqarish faktorining hajmi, kelgusidagi yangi mahsulotga bo’lgan talablar oldindan bashorat qilinagan bo’lishi kerak. Agar rejalashtirish masalasining modeliga yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va ko’rish kabi o’zgartirishlar kiritilsa, chiziqli rejalashtirish modelidan butun sonli variant bo’lgan modelga o’tiladi.endi ishlab chiqarishni rivojlantirishning variantli modeliga to’xtalib o’taylik.
Ishlab chiqarishni rejalashtirishni asosiy masalasi modeli faqatgina ishlab chiqarish quvvatlarini to’la ta’minlabgina qolmay, balki korxonalarni rivojlantirish va kengaytirish uchun ham hizmat qiladi. Korxonalarnin rivojlantirish esa, shu turdagi tarmoqlarga yoki butun xalq xo’jaligiga nisbatan amalga oshirilishi kerak.
Ko’pgina sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvati riskret holda o’zgaradi. Chunki ishlab chiqarish agregatlari (stanoklar, pechlar, texnologik va avtomatik liniyalar va xokazo)ni alohida ko’rib chiqib bo’lmaydi. Ishlab chiqarish quvvati esa ana shularning quvvatlari bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish quvvatining diskret holdagi o’zgarishi hisobini esa optimal takomillashtirishning butun sonly modellari orqali ko’rish mumkin.bu esa rejada planlashtirish davriga nisbatan ayrim ishlab chiqarish agregatlarining to’liq quvvati bilan ta’minlanishi kabi cheklanganlik bilan ko’rsatiladi. Shuning uchun ishlab chiqarishni rivojlantirish masalasini ko’rish uchun tarmoqlarni perspektiv rejalashtirish butun sonly modelini ko’rib o’tish kifoya. Buning uchun quidagi belgilashlarni kiritamiz:
i-tarmoqdagi pirovard mahsulot turi;
j-korxona indeksi;
r-korxonani revojlantirish variant indeksi;
Br-bozorning i mahsulotga bo’lgan talabi;
Arij-r variant bo’yicha j korxonada maksimal yillik maxsulot ishlab chiqarish hajmi;
Cnij-variant bo’yicha j korxonaning yillik keltirilgan (ishlab chiqarish va transport) harajatlari;
Xjr-j korxonaning r variantdagi intensivligi;
Korxonaning shunday Xjr intensivligi topilsinki unda jami yillik harajatlar eng kam sarflansin:
Quyidagi shartlar bajarilsin:
Ko’rsatilgan hajmda va tarmoqning hamma mahsulot turlariga ko’ra talabi to’liq qondirilsin:
Intensivlikning momoviy bo’lmaganlik sharti:
Qabul qilinadigan intensivlikning butun son bo’lishi:
Intensivlikning yagonaligi sharti
Ko’rib o’tilgan rejalashtirishning butun sonly modeli oldingi modeldan umumiyligi va universalligi bilan farq qiladi, bunday modeldan ko’pgina tarmoqlar uchun ham foydalansa bo’adi. Modelning universalligi korxonalar ko’p xil mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallanganda yanada yaqqol ko’rinadi. Har bir variant o’z mohiyatiga ko’ra i korxonaning turli hil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashtirishini ifodalaydi.
Shuning uchun bu variantlar korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiyalash yoki yangilarini qurish va ishlab chiqarish quvvatlarini ko’rsatadi. Yangi texnologik uskunalrni qo’llanilishi ishlab chiqarishni tashkil etishning turli formalarini, korxnalarni rekonstruksiyalash va qurishning metodlarini aniqlashga ham yordam beradi.
Shu bilan birga,butun sonly variantli model ayrim kamchiliklarrdan ham holi emas, chunonchi, ichki ishlab chiqarish yechimlarining cheklanganligiga ko’ra tarmoqlar uchun ishlab chiqarish funksiyasidan ham foydalaniladi. Bu funksiya ishlab chiqarilgan mahsulotni unga sarflangan resurslar orqali ifodalanishini ko’rsatadi. Bu funksiya to’g’risida keyinroq batafsil to’xtalamiz.0>0>
Dostları ilə paylaş: |