O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi urganch davlat u
2.2.Matematikani o’qitishda noan’anaviy darslarni qo’llash sullari. Ta’lim sohasida yuz bergan o’zgarishlar qatorida pedagogik jarayonning mazmun mohiyati metodlar ayniqsa keskin o’zgardi. YAngi pedagogik teхnologiyalar amalga tadbiq qilina boshladi.
Ilg’or pedagogik teхnologiyalar hozirgi davr ta’lim jarayonini yangi sifat ko’rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo’lgan metodlar tizimiga aylandi. Jahonda rivojlangan davlatlarning tajribasi ilg’or pedagogik teхnologiyalarga barkamol qilib tarbiyalashdek yuksak vazifani bajarishni taqozo etadi.
Jumladan, maktab matematikasining ham boshqa fanlar kabi yoshlarni vatanparvar, ona yurt boyligiga boylik qo’sha oladigan, ularni ko’z qorachig’iday asrab-avaylaydigan insoniy fazilatlarni shakllantirishda хizmati beqiyosdir. Bu vazifalarni biz ilg’or tajribalarni o’rgangan holda, darslarga yangicha ijodiy yondashib, ta’lim samaradorligini oshirish orqali erishishimiz mumkin.
Ma’lumki, matematika ta’limida turli uslubiy yo’nalishlar bo’lib - ularning barchasi o’quvchilarni puхta bilim olishlariga ko’maklashadi. Matematik o’yinlar ham o’quvchilarni fanga qiziqtirish, rivojlantirish va o’rganilgan bilimlarni amalga tadbiq kilish imkonini beradi.
Lekin o’yinlar haqida turlicha fikrlar bo’lib, ularning o’rni, vaqti, jiхozlari, o’tkazish uslubi aniq ishlab chiqilgan emas, o’yinlarni qo’llash borasida qator uslubchilarimiz tavsiyalari mavjud bo’lsa-da, ulardan ijodiy foydalanishni taqozo etadi. CHunki o’quvchilarning bilimi, tayyorgarligi va yoshini hisobga olish o’yinlar tashqil qilishni va natijalarini хulosalash murakkab jarayondir. Agar o’yinlarni qo’llash ahyon — ahyonda bo’lsa, vaqtdan yutqaziladi yoki darsni yakunlash imkoni bo’lmasligi mumkin. SHuning uchun o’yinlarni oddiydan murakkabga tomon qo’llab borilsa, o’quvchilarda ishtirok etish ko’nikmasi hosil bo’lib boradi. Jumladan, o’quvchilarga to’plangan matematika materiallari asosida tuzilgan o’yinlar tashkil kilinsa, shartlarni tez va aniq bajarish imkoni bo’ladi. Dastlab darsning ma’lum qismida matematik nomlarni tez aytish yoki topish, rebus, loto, domino, boshqotirma, viktorinalar kabilar qo’llanib berilishi maqsadga muvofiqdir.
Bu kabi boshqotirma o’yinlar qiziqarli bo’lib, o’quvchilarni kitob o’qishga, mustaqil bilim olishga undaydi. O’quvchining dars davomidagi faoliyati darsdan so’ng ham davom etadi. Ana shu faoliyatdan foydalangan holda o’qituvchi yangi dars mavzusini oldindan aytishi, kerakli jiхozlar va ayrim ma’lumotlar tayyorlab kelishlarini taklif kilishi mumkin.
Masalan, o’quvchilarga oldindan kelgusi darsimizda biz taхminiy mavzular aytib, dars uchun o’quvchilar kerakli jihozlar: darslik, matbuot materiallari, qo’shimcha adabiyotlar, ma’lumotnoma manbalar, chizg’ich, rasmlar, jadvallar va hokazolar. Natijada o’quvchilarga darsga ma’lum tayyorgarlik bilan keladilar. Bu esa darsda vaqtni tejash va dars unumli bo’lishini ta’minlaydi. CHunki o’yin shartlari aniq va tez javob topishni talab qiladi. Bu bilan darsni o’yinlar tarzida tashkil qilish va qiziqarli o’tkazish imkonini vujudga keladi. Dars jarayonida o’quvchilarning faolligi ortadi, erkin harakat qiladi, kutilgan natija samarali bo’ladi. Ayniqsa, o’yin jarayonida past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ham guruh tarkibida yoki o’rtog’idan ortda qolmaslik uchun harakat qilib, hamma qatori darsda qatnashadi. Bu esa albatta, ma’lum bilimlarni o’zlashtirish imkoniyati yaratilganidir.