3-mavzu: 1C: buxgalteriya dasturi ishlarini tashkil qilish



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə8/8
tarix20.11.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#163616
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

2.8.Hisob siyosati xaqidagi ma’lumotlarni kiritish

Dastur bilan ishlashning eng asosiy bosqichlaridan biri hisob siyosati xaqidagi ma’lumotlarni kiritishdir. Bu dasturda hisobning u yoki bu usulini o’rnatishni o’z ichiga qamrab oladi, ya’ni:


QQS bo’yicha soliqqa tortish uchun kerak bo’lgan daromadni aniqlash usulini tanlash;
Bilvosita xarajatlarning (kosvennie rasxodi) taqsimlanishi proportsional ravishda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish xarajatlari tarkibini aniqlash;
Direkt-kosting usuli ishlatiladimi? - degan savolga javob berish kerak {bu usulda bilvosita xarajatlar (kosvennie rasxodi – umumxo’jalik xarajatlari) sotuv xarajatlari deb hisoblanadilar};
Agar direkt-kosting usulidan foydalanilsa, u xolda umumxo’jalik xarajatlarining taqsimlanish qoidalarini ham aniqlab olish kerak bo’ladi;
Amortizatsiya qanday hisoblanilish kerak? – degan savolni ham oydinlashtirib olish kerak bo’ladi;
Agar fermer xo’jaliklari uchun buxgalteriya hisobi yuritish rejalashtirilayotgan bo’lsa, qanday usulni qo’llash muammosini hal

58
qilib olish kerak bo’ladi – ya’ni, bunda buxgalteriya hisobining



oddiy shaklinimi yoki kombinatsiyalangan shaklini ishlatish ko’zda tutiladi?
Ombordagi qoldiq mahsulotlar hisob davri oxirida qanday hisobga olinishini aniqlab olish kerak.
Hisob siyosatini kiritish uchun Servis Uchetnaya politika amali bilan Uchetnaya politika muloqot darchasini ochamiz va undagi Obshchaya, Direkt-kosting, Spisanie izderjek xamda Pereotsenka schetov varaqlaridan foydalangan xolda bizga kerakli bo’lgan hisob siyosatini o’rnatamiz. Tanlangan ko’rsatigichlarni qabul qilish uchun Ustanovit tugmachasini bosasiz, darchani yopish uchun esa Zakrit tugmachasidan foydalansiz. Ammo bizning misolimizda hisob siyosati o’zgaradigan sana oldingi davrning oxirgi kuni bo’lishi kerak, ya’ni 31.12.2010. Lekin siz real sharoitlarda ishlaganingizda bu sanani moliyaviy yilning birinchi kuni deb olasiz (ya’ni, Dannie uchetnoy politiki na deb nomlangan maydonda yilning birinchi kunini qo’yasiz). Endi Obshchaya varag’ining Metod opredeleniya viruchki maydonida soliqlarning Po otgruzke deb nomlangan soliq hisobi usulini tanlang. So’ngra Baza raspredeleniya kosvennix rasxodov deb nomlangan maydon rekvizitini Otdelnie stati pryamix zatrat ga o’zgartiring. Navbatdagi ishimiz Ispolzovat metod direkt-kosting maydoniga Da belgisini ko’yishimiz bo’ladi.
Uchetnaya politika muloqot darchasining Stati zatrat na proizvodstvo varag’ida esa kerakli punktlarni aniqlab qo’yishingiz

mumkin, masalan:





Amortizatsiya

Zarplata

Materiali


Uchetnaya politika muloqot darchasining Direkt-kosting varag’ida

umumxo’jalik xarajatlari qanday taqsimlanishini aniqlab olishingiz kerak bo’ladi. Undagi Raspredelyat obshchexozyaystvennie rasxodi po

59


vidam nomenkulaturi qismida Po vsem vidam nomenkulaturi, vklyuchaya

tovari ni tanlang va Baza raspredeleniya obshchexozyaystvennix rasxodov qismida Viruchka ot prodaj larni tanlab qo’ying.
Uchetnaya politika muloqot darchasining Spisanie izderjek varag’ida Transportnie rasxodi deb yozing. Pereotsenka schetov varag’ini to’ldirmasangiz ham bo’ladi – chunki bizning misolimizda bunday ishlar qilinmaydi. Nalogoviy uchet varag’ida ham siz uchun kerakligini tanlab olishingiz mumkin. Endi qilingan o’zgartirishlarni saqlash uchun Uchetnaya politika muloqot darchasining Ustanovit tugmachasini bosasiz. Paydo bo’lgan savolga Da deb javob berib, Zakrit buyrug’i bilan darchani yopishingiz mumkin.
«Stati zatrat na proizvodstvo» va «Stati izderjek obrashcheniya» ma’lumotnomalarining xolatini tekshirish
Yuqoridagi qilingan amallar natijasida ma’lumotnomalar xolati o’zgarishi mumkin. Ularni oching:
Spravochniki Stati zatrat na proizvodstvo Spravochniki Stati izderjek obrashcheniya
So’ngra sizning sozlovlaringiz ularda aks ettirilganiga amin bo’ling. «Nalogi i otchisleniya» ma’lumotnomasini to’ldirish
Ushbu ma’lumotnomada soliqlar va majburiy to’lovlarning ruyhati xamda xar bir to’lov va soliqlar xaqidagi ma’lumotlar bo’ladi (stavkasi (foizi), to’lovchining registratsion nomeri, to’lov muddati, bank rekvizitlari, hisobga olish balans scheti va boshqalar). Bu ma’lumotnomani ochish uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalanamiz:
Spravochniki Nalogi Nalogi i otchisleniya

Natijada Nalogi i otchisleniya muloqot darchasi paydo bo’ladi. Undan soliq stavkalari xaqidagi ma’lumotlarni tekishirib chiqing. Agar ular sizni qoniqtirmasa, u xolda ularni keraklisiga o’zgartiring. O’zgartirish uchun kursorni kerakli joyga o’rnatib, Enter tugmachasini turtasiz ma’lumotlarni kiritgandan so’ng, ularni saqlash uchun yana Enter

60
tugmachasini bosasiz. Ba’zi paytlarda sistema sizdan nimanidir so’rasa, Da

yoki Net javoblarini berishingiz kerak bo’ladi.

«Valyuti» ma’lumotnomasini to’ldirish




Avvalo Spravochnik Valyuti amallarini bajaring va ekranda namoyon bo’lgan Valyuti muloqot darchasida

Siz uchun kerakli bo’lgan valyuta turlarini, kursini va kotirovkasi sonini kiriting. Yangi kurs kiritilganidan so’ng, Enter tugmachasini bosing. Valyutalar kurslarini ko’rish uchun Istoriya tugmachasini bosishingiz mumkin. Biror bir valyutaning kursi xaqidagi hisobotni olish uchun Otchet po kursu valyuti tugmachasini bosasiz. Undan so’ng, darchalarni yoping.


Konstantalarni ko’rib chiqish va ularni tahrirlash

Buning uchun Operatsii Konstanti amalini bajaring va paydo bo’lgan Spisok konstant muloqot darchasida



61


konstantalarning turlari va qiymatlarini ko’rib chiqing. Agar biror bir o’zgarishlar qilish kerak bo’lsa, ularni amalga oshiring va darchani yoping.
Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin