KIRISH 1
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman. 1
Sh.M.Mirziyoyev 2
I-bob 3
Freelancingning afzalliklari va kamchiliklari. 6
Freelanser qanday ish bilan shug'ullanishi mumkin? 8
Veb-saytlarni targ'ib qilish bo'yicha mutaxassis (SEO) 12
Reklama bo'yicha mutaxassis 13
II bob 17
Qanday qilib frilanser bo'lish mumkin. 17
Freelancer ishini qayerdan qidirish kerak 18
Onlayn mustaqil almashinuvlar 19
Qanday qilib frilanser o'z faoliyatini qonuniylashtirishi mumkin 22
Tajribasiz freelancerlar qiladigan keng tarqalgan xatolar. 24
Yangi frilanserlar uchun 4 ta maslahat 26
Fotograf, illyustrator 29
Qanday freelancers hozir talab mavjud? 39
Freelancing maslahatlari 40
1. O'z joyingizni tushuning 40
2. Generalist yoki mutaxassis bo'ling 41
3. Veb-sayt yaratish 42
KIRISH
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Sh.M.Mirziyoyev
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.
1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.
Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.
Sh.M.Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.
Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, uning yaqin safdoshi va maslakdoshi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.