3-Mavzu: Adabiyot,badiiy,shoir,she'r,nazm,manzum,nasr,mansur, atamalari Adabiyot (arabcha adab so'zining ko'pligi) 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy adabiyot, qishloq xo'jaligi adabiyoti, siyosiy adabiyot va boshqalar). 2. San'atning bir turi (badily adabiyot deb ham ataladi), voqelikni so'z yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. Adabiyot avval og'zaki bo'lgan, yozuv paydo bo'lgandan so'ng yozma shaklga o'tgan. Adabiyot so'z orqali insonning his-tuyg'ularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u san'atning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy adabiyotning yetakchi 3 turi-epos, lirika, drama mavjud.
She'r (arabcha: shuur sezgi) fikrning his-tuyg'uga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli she'riy nutq bilan ifoda etilgan, ma'lum ichki ohangga ega badiiy asar. "She'r" atamasi o'rniga ba'zan "nazm" so'zi ham qo'llanadi. U badiiy adabiyotning qadimiy turi bo'lib, insoniyat eng birinchi badiiy asarlarni shahrida yaratgan. Rivoyat qilishlaricha, birinchi shahrini bevaqt o'ldirilgan o'g'li Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgan ekan. Shuning uchun ham unda, deyarli hamisha, muallifning only kayfiyati, lahzalik porloq kechinmalari ustuvorlik qiladi.
Manzum (arab. - tuzilgan, terilgan ya'ni, nazm holiga keltirilgan), aytim yo'li - Xorazm maqomlari ashula bo'limining nomi. Har bir maqomda M. bir necha ashula qismlaridan iborat yirik turkumni tashkil etadi. Ularda tuzilishi birligi, vazn- usul va shak-llarning esa xilma-xilligi bilan ta'riflanadi. M.ning bosh sho"basi Shashmaqomdan farqli o'laroq bosh cholg'u qismi kabi tani maqom deb ataladi. Asosiy qismlari - Talqin, Nasr, Tarona, Suvora, Naqsh, Faryod, Ufar va boshqa o'ziga xos ashula yo'llarini o'z ichiga oladi. Ular muayyan tartibda, asosan g'azallarga bastalangani uchundir Ammo mumtor adabiyotimizda Hofiz Xorazmiy devoni ham mavjud bo'lib, bu devon keyingi yillar aniqlandi va u qadimiy an'analar asosida tuzilganligi bilan ahamiyati kattadir. Boisi ushbu devon tarkibi qasidalar bilan ibtido topadi adabiy an'anaga muvofiq devonlar aslida qasidalardan boshlangan, shundan so'ng g'azal va boshqa she'r shakllars joylashtirilgan.
Shoir- arabcha so'z bo'lib, donishmand, tushungan, anglagan, topgan, tanilgan ma'nolarini anglatadi, aslida she'r so'zidan olingan shoir so'zi donishmandlik va ma'rifat demakdir. Adabiyot-odob, adab va yot yoki ot arabcha ko'plik, jamliklar qo'shimchasini ifoda etadi, ya'ni ko'plikda odoblar ma'nosini beradi. Badiy adabiyot, demak badily sozi ilk kezlar yangi ma'nosini anglatgan, keyinroq ma'no ko'chish hodisasi yuz berib go'zal ma'nosiga ega bo'ladi, xulosa badily adabiyot- gozal odoblardir. O'z vaqtida xassos shoirimiz va dono adabiyotshunos olim Maqsud Shayxzoda badiiy adabiyotni nafis adabiyot, nafis odoblar, deb atashga moyillik bildirgan ekan.
Nasr va mansur istilohlari nasriy asarlarga nisbatan ishlatiladi, ushbu atamalarning lug'aviy ma'nosi nazm yoki manzumga zid bo'lgan holda sochilgan, to zilgan ma'nolarini aks ettiradi. YA'ni nazm va manzum ipga tizilgan, tartib bilan terilgan marvaridlar shodasi, shokila ma'nosini ifoda etsa, nasr va mansur ipga tizilgan, tartib bilan terilgan marvarid shodasi yoki shokilasining to'zg'igan, ip uzilib sochilgan mazmunni anglatadi.