3. Tabiiy o’sish jarayonining hududiy tafovvutlari. Tabiiy o’sish deb bir yil davomida tug’ilganlar va o’lganlar orasidagi nisbat. Bu ko’rsatkich mutloq va nisbiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Statistik ma’lumotlarda ‰ ko’rsatkichida taqdim etiladi.
Aholining tabiiy harakati, aholi tabiiy o‘sishi ko‘rastkichlari orqali ifodalanadi. Aholi tabiiy o‘sishining absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlari mavjuddir. Aholi tabiiy o‘sishining absolyut ko‘rsatkichi tug‘ilganlar va o‘lganlar sonidagi farqda ifodalanadi:
∆Ptab=N-M
N-ma’lum davrdagi tug‘ilganlar soni;
M-ma’lum davrdagi o‘lganlar soni;
Masalan O‘zbekiston Respublikasida aholi tabiiy o‘sishini 2007 yil uchun yuqorida keltrilgan formula yordamida aniqlaymiz
N2016 - 726,2 ming
M2016 -154,8 ming
∆P2016 =726,2-154,8=571,4 ming.
Demak, O‘zbekiston aholisi 2016 yilda tabiiy harakat asosida 571,4 mingga ko‘paygan. Aholining absolyut tabiiy o‘sishi 571,4 ming kishini tashkil etgan.
Aholi tabiiy o‘sishini dunyo hududlari, davlatlar, alohida viloyat, tumanlar bo‘yicha taqqoslashda uning nisbiy ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Absolyut ko‘rsatkich asosida, hududlarni taqqoslab bo‘lmaydi, chunki har bir hudud aholisining soni turlicha bo‘lib, ulardagi tug‘ilganlar, o‘lganlar soni ham aholi umumiy soniga bog‘liq bo‘ladi. Aholi tabiiy o‘sishining nisbiy ko‘rsatkichi aholi tabiiy o‘sish koeffisenti (K) orqali aniqlanadi.
Δ Ptab
K = * 1000
P̅T
Δ Ptab – aholi tabiiy o‘sishining absolyut miqdoridagi ifodasi
P̅– ma’lum davrdagi aholinig soni
T – davr, sana ifodasi.
Mazkur formula yordamida O‘zbekistonda 2017 yilda aholi tabiiy o‘sishi koeffisientini aniqlaymiz. 2007 yil O’zbekistonda aholini tabiiy o‘sishi (Δ Ptab) 571,4 ming kishini, aholining o‘rtacha soni esa (R2007) 32120,5 ming kishini tashkil etgan.
K2016 = * 1000 = 17,7 K2007 = 17,7 ‰
Demak, 2016 yil O‘zbekistonda har 1000 kishi hisobiga tabiiy o‘sish koeffisenti 17,7 kishiga teng bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |