REJA
1-Tog‘ tuproqlari
2-Tuproq eroziyasi
3-Antropogen tuproqlar
REJA
1-Tog‘ tuproqlari
2-Tuproq eroziyasi
3-Antropogen tuproqlar
Tog‘ hududlari dunyo bo‘yicha 30,65 mln. km yoki 21% ni tashkil qiladi. Osiyo qit’asida tog‘lar quruqlikning 47%, Shimoliy Amerikada 45%, Afrikada 24%, Janubiy Amerikada 23%, Yevro‘pada esa 20%, Avstraliya va Okeaniyada esa 9 % ni tashkil qiladi.
Tog‘liklarda tuproq hosil bo‘lish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Yuqoriga ko‘tarilgan sari yog‘ingarchilik miqdori oshib, havoning harorati kamayib boradi. Quyosh nurining radiatsiyasi esa oshib boradi. Tuproq qoplami, asosan, qattiq holatdagi tog‘ jinslari ustida rivojlanib, profil qalinligi kamroq bo‘ladi, ona jins sifatida elyuviy va delyuviy xizmat qiladi. Fizik yemirilish jarayonlari asosiy o‘rinni egallaydi. Juda ko‘p yemirilgan mahsulot to‘planadi, ammo u tez yuvilib almashinib turadi. Yuvilish jarayoni tog‘lar ekspozitsiyasi bilan bog‘liq, Chunki tog‘lar turli darajadagi qiyamaliklardan iborat. Shimoliy yonbag‘ir 14 %, janubiy 38 %, sharqiy 30 %, g‘arbiy yonbag‘ir esa 18 % yuviladi.

O‘simlik dunyosi ham o‘zgarib turadi. O‘t-o‘simliklar tog‘ yonbag‘irlaridan boshlanib, butalar, o‘rmonlar almashinib, tog‘ cho‘qqilarida esa cho‘l o‘simliklari asosiy o‘rinni egallaydi. Tog‘larda tuproq hosil bo‘lishi jarayonida, relyef asosiy rol o‘ynaydi, Chunki relyef namlanish, quyosh energiyasi, o‘simlik, ya’ni gidrotermik sharoitni belgilab beradi. Ikkinchi o‘rinni esa tuproq hosil qiluvchi ona jins egallaydi. Deyarli barcha hosil bo‘lgan organik va mineral moddalar yer usti va ostidagi suvlar yordamida yuvilib olib ketiladi. Tog‘ hududlaridagi tuproq hosil bo‘lish balansi qo‘yidagicha ifodalanadi: S =f(‘+Ab AmrAg) t S - tuproq, P - tuproq hosil qiluvchi jins - tuproq hosil bo‘lish vaqti, AG‘ - biogen akkumulyatsiya. Am - mexanik akkumulyatsiya yoki yuvilish. Ad - geokimyoviy akkumulyatsiya yoki olib ketish. Tog‘ tuproqlarining profili yupqa, shag‘alli, unda birlamchi minerallar ko‘p, ikkilamchilari esa kam, organik moddalar gumus qatlamida 15-20% to‘planishi mumkin.
Tuproq eroziyasi deb, mayda qum va chang zarrachalarining suv bilan yuvilish va shamol yordamida olib ketilishi jarayoniga aytiladi. Eroziya ikki turga: geologik va tuproq yuvilishiga bo‘linadi. Birinchi xili, ya’ni geologik eroziya muzliklar harorati, erishi, suv oqimi, havo haroratining o‘zgarib turishi natijasida tog‘ jinslari yemirilib, maydalanib, yonbag‘irlar, daryo yotqiziqlari, pillapoyalar, vodiylar hosil qiladi. Insonlarning o‘rmonlarni qirqishi, tabiiy va lalmikor yerlarni haydashi, yaylov sifatida chorvachilikda o‘tloq yerlardan foydalanishi, sugorishi natijasida tuproq eroziyasi rivojlanadi. Dunyo bo‘yicha quruqlikdagi yerning 31% i suv eroziyasi va 34% i shamol eroziyasiga mubtalo bo‘lishi natijasida 430 mln. ga yerdan 60 mlrd. tonna mahsulot tuproqdan olib chiqib ketiladi. Shu davrgacha qishloq xo‘jaligida foydalanilgan yerdan ikki milliard gektar va 2000-yil oxiriga borib esa yana bir milliard gektar yer eroziya natijasida ishdan chiqishi aniqlangan.
Tabiiy tuproqlar, asosan, o‘zlashtirilgan bo‘lib, ular faqat tog‘larda, cho‘llarda, sahrolarda uchrashi mumkin. Inson bo‘z yerlarni o‘zlashtirib, madaniy ekinlar ekib, sug‘orib, ishlov berib, organik va mineral o‘g‘itlarni tuproqqa solib, uning morfologik tuzilishini, fizik xossalari va kimyoviy tarkibini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Natijada, yerning relyefi, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tuproq va o‘simlik o‘rtasidagi energiya almashinuvi, suv rejimi tamomila o‘zgarib ketadi. Tabiiy tuproqlarning o‘zlashtirilish natijasida, tuproq hosil qiluvchi omillar iqlim, relyef, ona jinsi, vaqt, o‘simlik va hayvonot dunyosining ta’siri ham o‘zgaradi. Demak, qo‘riq yerlar o‘zlashtirilishi bilan tabiiy omillar ta’siri kamayib, madaniy tuproq hosil bo‘lishiga tomon omillarning ta’siri avj olib boradi. Tuproq evolyutsiyasi davom etib, gumusga boy, donador haydalma qatlam hosil bo‘ladi. Madaniy o‘simlik rivojlanishi va o‘sishi uchun issiqlik, suv havo, oziqlanish sharoiti vujudga keladi. Madaniy tuproqlarning rivojlanishi insoniyat tarraqqiyoti tarixi, sug‘orish dehqonchiligi, gidrotexnik, meliorativ, agrotexnik tadbirlar bilan chambarchas bog‘liqdir

Tuproqdan oziqa moddalarining ma’lum bir qismi madaniy o‘simliklar hosili bilan olib ketiladi. Dehqonchilikda o‘t dalali almashlab ekishni ishlab chiqqan akademik V.R.Vilyams qishloq xo‘jalikda ekinlarni ikki toifaga, ya’ni bir va ko‘p yillikka bo‘lib, bir yillik o‘simliklar tuproq donadorligi, suv-fizik xususiyatlarini yomonlashtirib, unumdorlikni pasaytirib yuboradi, deb tahkidlaydi. Ko‘p yillik o‘simliklar, aksincha, tuproq donadorligi, unumdorligini oshiradi, suv-fizika, mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi. Donli ekinlar ildizlari hajmiga nisbatan 5-10% moddalar chiqarib, quruq massasi olinadigan hosil bilan barobar miqdorda mahsulot yetishtirib, tuproqning modda almashuvini rivojlantiradi. O‘simliklar tomiri tuproq donadorligi, ya’ni zarrachalar (0-0,25 mm) miqdorini oshirib yuboradi. Kartoshka, lavlagi kabi o‘simliklar tuproqda ko‘p miqdorda tomirlar hosil qilib, uning 18-25% i tuproqda, qolgan 85% i biomassa tarzida o‘simlik bilan ketadi. Masalan, makkajo‘xori hosili 40 s/ga va yashil mahsulot 600 s/ga bo‘lganda, quruq biomassa 180-240 s/ga ni tashkil qiladi. Makkajo‘xorining tomirlari juda rivojlangan bo‘lib, 50-80 s/ga organik modda tuproqda qoldiradi, hosil bilan esa 55- 65% biomassa olib chiqiladi. Kungaboqar biomassasi jihatidan jo‘xoriga yaqinlashadi. Boshoqli don o‘simliklar ikkinchi o‘rinni egallab, kuzgi bug‘doy 120-160 ts/ga, bahoriysi esa 80-120 s/ga hosil bilan, birinchisi 65%, bahorgisida esa 60%, qolgan 30-55 s/ga tuproqda chirindi sifatida qoladi. Ko‘p yillik o‘simliklarda bir yilliklarga nisbatan kamroq miqdorda xashak olib chiqiladi. Bu miqdor tuproqda qoladigan ildizlar chirindisidan kamroq. Ularning zahirasi 60-70%, 50-120 s/ga, hosil bilan tuproqdan 30- 40% yoki 35-65 s/ga olib ketiladi.