3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish


Avtobuslarning harakat muntazamligini saqlash usullari



Yüklə 46,89 Kb.
səhifə6/12
tarix14.12.2023
ölçüsü46,89 Kb.
#178026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-mavzu avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish-fayllar.org

Avtobuslarning harakat muntazamligini saqlash usullari
Harakat muntazamligi avtobus transporti ishining asosiy sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Qachonki avtobus o‘z vaqtida reysga jo‘nasa, avtobus harakati muntazam deyiladi. Harakat intervali barcha oraliq punktlarida bir hilda saqlansa, avtobus harakat jadvaliga rioya qilib oxirgi bekatlarga o‘z vaqtida keladi.
Quyidagi ikki shart bajarilgan holatda harakat muntazamligi ta`minlanadi:
1. Harakat jadvalida ko‘rsatilgan reyslar 100 foizga bajarilganda.
2. Barcha avtobuslar harakat jadvaliga aniq, rioya qilib harakatlanganda.
Avtobus reysga o‘z vaqtida jo‘nasa, vaqtida oraliq bekatlardan o‘tsa (1 minutdan ko‘pga farq qilmasa) va oxirgi bekatga o‘z vaqtida kelsa reys muntazam hisob­lanadi.
Avtobuslar harakati muntazamligi buzilishining o‘z vaqtida oldini olish maqsadida nozimlik xizmatining muhandis-texnik xodimlari har bir yo‘nalishda muntazamlikning buzilish holati sabablarini aniqdaydilar.
Avtobuslar harakati muntazamligi buzilishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
  1. Haqiqiyharakatlanish sharoitiga jadvalda ko‘rsatilgan reys vaqtining to‘gri kelmasligi.


  2. Avtobuslarning safarga to‘liq, o‘z vaqtida chiqarilmasligi.


  3. Avtobuslarning safarda texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab turishi.


  1. Yo‘l harakatidagi tutilib (ushalib) qolishlar.


5. Haydovchi tomonidan avtobusni boshqarishdagi o‘rnatilgan tartibning buzilishi.


Harakat muntazamligini oshirish usullari quyi­dagilardan iborat:
1. Har bir avtobusga ayrim harakat jadvalini tuzish.
  1. Yo‘nalish bo‘yicha har bir avtobus harakatiga muntazam nazoratni qo‘llash va nozimlik boshqarish tizimini tashkil qilish.


  2. Avtobuslar harakatini reys davomida oxirgi, oraliq bekatlarda aloqa vositalari, bosma soatlar va boshqa vositalar yordamida nazorati va hisobini olib borish.


4. Haydovchilarga jadvaldan chetga chiqish chegarasini qat’iy belgilab borish.


5. Yo‘lovchilar transportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini qo‘llash.
Bugungi kunda operasion menejmentning yo’lovchilar tashishni tashkil etish bilan bog‘liq ilg‘or uslublariga asosan mavjud dispetcherlik xizmatlari o‘rniga yo‘lovchilar transportini boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini amalga joriy etish taklif qilinmoqda. Bunday tizimdan foydalanish harakatlanuvchi tarkibning har bir birligi qatnov grafigini bajarishi, qatnovning muntazamligiga rioya qilishi ustidan doimiy avtomatlashtirilgan nazorat hisobiga Shahar yo‘lovchilar transportining sifati va ishonchlilik darajasini oshirish imkonini beradi.
Yo‘lovchilar transportini boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi amalga joriy etilgan holda:
- yo‘nalishlar tarmog‘ini kompyuter yordamida optimallashtirish;
- qatnov jadvalini yanada mufassalroq tuzish;
-barcha turdagi yo‘lovchi tashuvchilar harakatlanuvchi tarkibining miqdorini oqilona uyg‘unlashtirish hisobiga xarajatlar ancha kamayadi va tashuvlarning daromaddorlik darajasi oshadi.
Bu erda shuni ham unutmaslik kerakki, yo‘lovchilar transportini boshqarish avtomatlashtirilgan tizimining qiymati taxminan 1800,0 mln. so‘m (1,5 mln. AQSH dollari)ni tashkil etadi. Tizimda 150 xodim ishlaydi. Tizimga xizmat ko‘rsatish bir yilda 150 mln. so‘mga, xizmatchi xodimlar maoshi - 250 mln. so‘mga tushadi (ya’ni yillik umumiy harajat 400 mln. so‘mni tashkil etadi).
Avtobus yo‘nalishlarida jadvaldan ruxsat qilingan chetga chiqish vaqtlari quyidagicha bo‘ladi:
  1. Shahar yo‘nalishlarida 1 minut.


  1. Shahar atrofiga qatnaydigan yo‘nalishlar uchun 3 minut.


  1. Shaharlararo yo‘nalishlar uchun 5 minut.


Ushbu ruxsat qilingan chetga chiqish vaqtlaridan farq qilib bajarilgan reyslar muntazam emas deyiladi. Avtobuslar harakatining muntazamligini oshirish maqsadida har oyda bir marta yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati muntazamligi to‘g‘risida kuzatuv o‘tkaziladi. Maxsus kuzatuvchilar yo‘nalish bo‘yicha avtobusning haqiqiy harakatlanish vaqtlarini yozib jadvaldagi vaqtlar bilan taqqoslaydilar va harakat muntazamligi to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotni to‘playdilar.





Yüklə 46,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin