Qanday qilib kompyuterga 2 ta monitor ulash mumkin.
Hozirgi kunda bitta kompyuterga ikkita monitor ulash holatlari ko‘p uchrab turibdi, buning asosiy sabablaridan biri ish jarayonini qulaylashtirish va vaqtdan(unumli foydalanish) yutishdir. Ikkita monitor, bir necha oynalar bilan ishlash imkonini yengillashtirdi (bir vaqtning o‘zida juda ko‘p oynalarni ochish noqulaylik tug‘dirmaydi), dasturchilar uchun, yozilgan kod natijalarini darhol ko‘rish imkonini paydo qildi (bitta monitorda kod yoziladi, ikkinchisida natija ko‘riladi), kompyuterda o‘yin o‘ynovchilar uchun esa, o‘yinga bo‘lgan qiziqishni orttirdi.
Kompyuterga ikkinchi monitorni ulash uchun, nima qilish lozim?
Hozirgi kunda bitta kompyuterga ikkita monitor ulash holatlari ko‘p uchrab turibdi, buning asosiy sabablaridan biri ish jarayonini qulaylashtirish va vaqtdan yutishdir. Ikkita monitor, bir necha oynalar bilan ishlash imkonini yengillashtirdi (bir vaqtning o‘zida juda ko‘p oynalarni ochish noqulaylik tug‘dirmaydi), dasturchilar uchun, yozilgan kod natijalarini darhol ko‘rish imkonini paydo qildi
(bitta monitorda kod yoziladi, ikkinchisida natija ko‘riladi), kompyuterda o‘yin o‘ynovchilar uchun esa, o‘yinga bo‘lgan qiziqishni orttirdi.
Kompyuterga ikkinchi monitorni fizik ulash uchun, quyidagi ulanishlardan birini amalga oshirish lozim:
1. Bir necha portga ega videokarta orqali.
Bitta videokartada bir necha portlar mavjud bo‘lib, ular alohida-alohida ishlaydi. Bu portlar VGA,HDMI, DVI bo‘lishi mumkin:
Har bir monitor bu portlardan biriga ulanadi va alohida-alohida ishlaydi. Hozirgi kunda bunday videokartalarni topish muammo emas, lekin bu videokarta ishdan chiqsa, ikkala monitor ham ko‘rsatmaydi.
2. Ikkinchi monitorni splitter orqali ulash. Agar videokartada bir nechta port mavjud bo‘lmasa, videosignallarni ikkiga bo‘lib beruvchi splitter kabellardan foydalanish mumkin, kirish bitta chiqish ikkita.
Splitterlarni har xil portlilari mavjud. Bu usul ikkita monitor ulashning eng ommabop usuli hisoblanadi. Arzon variant.
Dostları ilə paylaş: |