3-Mavzu: Axborotlarni kompyuterda taqdimoti. Analogli, raqamli, matnli, grafikali Reja



Yüklə 44,81 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü44,81 Kb.
#201708
1   2   3   4
Мавзу 3 Ахборотларни комютерда такдимоти

Raqamli (diskret) signallar.
Raqamli signallar ikki xil diskret almashinuvchi (bor-yo’q) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi malumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik implusning borligi -1, yo’qligi -0 bilan ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning o’rtalaridayoq Semyuel Morze tomonidan joriy qilingan edi. Unda ma’lumot nuqta(«.») va tire («-») lar ketma-ketligi shaklida tasvirlangan. Morze alifbosida, masalan, V harfi «…-»kabi belgilangan. Telegraf simlari orqali bu harfni uzatish uchun pauza bilan ajratilgan uchta qisqa va bitta cho’ziq signal ishlatilishi mumkin. Ammo bunday uzatish tekligi nihoyatda past.
Modem. Kompyuterda hosil qiligan ma’lumotni uzatish uchun raqamli signallardan foydalanish ham, tez ham qulay va aniq bo’ladi . Ammo hozir ham ko’pgina akoqa qurilmalari (telefon, telegraf, radio, televideniye) analog signallar bilan ishlaydi. Bu muammodan qutilish uchun modem zarur .
Modem raqamli signali analogli signalga ham ( MO dulyatsiya), analogli signalni raqamli signalga ham (DEM odulyatsiya) aylantira oluvchi yagona qurilmadir.
Modem ichki yoki tashqi bo’lishi mumkin. Ularni tanlashda quydagilarga e’tibor berish lozim:
-Tashqi modem alohida qurilma bo’lib, alohida elektr toki sarfini talab etadi. Ammo uni turli kompyuterlar bilan ishlatish mumkin. U sistema blokdagi ketma-ket portlardan birga kebel orqali ulanadi.
- Ichki modem sistema bloki ichidagi slotga ulanadi va ko’shimcha elektr quvvati talab etmaydi.
- Modemning asosiy ko’rsatkich uning ma’lumot almashinish tezligi hisoblanadi. Bu tezlik bod(bit/sek) yoki kbit/sek-larda ulanadi.
Ananaviy telefon liniyalarida modem orqali ma’lumot almashishning maksimal tezligi 60kbit/sek bo’lishi mumkin. Tezlik bo’yicha modemlarni to’rt gruhga bo’lish mumkin :
Tezligi past modemlar (1200, 2400, 4800 bit/sek). Bunday modemlar hozir ishlatimaydi.
O’rtacha tezlikdagi modemlar (9600, 14 400 bi/sek)
Yuqori tezlikdagi modemlar (28 800, 33 600, 56 000 bit/sek)
O’ta yuqori tezlikdagi modemlar.
Komunikatsiya programmalari . Modem orqali ma’lumot almashinish uchun mahsus programmalar zarur. Ko’pgina operatsion sistemalar tarkibida bunday programmalar mavjud va yaratilmoqda. Masalan, Macintosh Sustemda Smart Com: Windows va Smart Com, CrossTolk, WinCom, Comm Works, Telix, Proccom Plus, Hyper Terminal ; OS/2 Warp-da Huper Access dan foydalanish mumkin. Bunday programmalar ko’pincha modem bilan birga disketlarda sotiladi.
Komunikatsion programmalar kompyuterlar orasida aloqa o’rnatishdan tashqari yana bir qator ishlarni bajaradi :
Xatolarni to’g’rilash :
Ma’lumot uzatilayotganda turli shovqilar yuzaga kelishi mumkin.
Shovqin ma’lumot uzatishga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi hodisadir. Shovqinni elektr tarmog’dagi qisqa tutashuvlar, kontaktlarning uzilishi, yaqida joylashgan kuchli magnit maydon manbalari, masalan, kondisioner yoki televzor keltirib chiqarishi mumkin. Ovoz uzatishda ular unchalik unga ta’sir qilmasa ham uzatish tezligi pasayishi mumkin. Modem o’zining programmasi bilan birga ishlab uzatishdagi xatoni tuzatadi va shovqinarni bartaraf qila oladi.
Ma’lumotni arxivlash
Albatta hajmi qisqargan (arxivlangan) ma’lumotni uzatish uchun kamroq vaqt sarflanadi. Bu esa uzatish tezligini oshiradi va ma’lumot yaxshi saqlanadi. Arxivlash algoritmlarining vazifalari bilan siz tanishsiz.

Savol va topshiriqlar


Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmasi nechta?
Shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalari sanang?
Asosiy qurilmalarning asosiy vazifalari?
Sichqonchani eslatuvchi qurilma bu?
IBM PC klaviaturasi asosan nimaga mo‘ljallangan?
Yüklə 44,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin