Reja: Kontaktlar nima



Yüklə 19,29 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü19,29 Kb.
#179950
3 Ma\'ruza Kontaktlarning o’tkazish qarshiligi, Bu qarshilikning xar xil omillarga bog’liqligi


Kontaktlarning o’tkazish qarshiligi, Bu qarshilikning xar xil omillarga bog’liqligi
Reja:
1. Kontaktlar nima.
2. Kontaktlarning o’tkazish qarshiligi,
3. Qarshilikning xar xil omillarga bog’liqligi.
Avtomatik rostlash tizimining ijro mexanizmi deb rostlovchi organi uzatilayotgan signalga muvofiq xarakatga keltiruvchi moslamaga aytiladi. Rostlovchi organni vazifasini drossellar, to‘sqichlar, klapanlar, shiberlar bajaradi. Ijro mexanizmlarining asosiy ko‘rsatkichlari: chiqish validagi aylanish momentining nominal qiymati yoki chiquvchi shtokdagi ta‘sir etuvchi kuch; aylantiruvchi moment yoki kuchlarning maksimal qiymati; nosezgirlik maydoni; inersionlik vaqtini ko‘rsatuvchi vaqt doimiysi; ijro mexanizmlarini chiqish valining aylanish vaqti yoki uning shtokining surilish vaqti. Ijro mexanizmini ishdan to‘xtagandan so‘ng turg‘unlashgan rejim vaqtida ishlab turganda chiqish organining surilishi yugurish holati deb ataladi. Bu holat rostlash sifatiga ta‘sir ko‘rsatadi. Ijro mexanizmlarining asosiy ko‘rsatkichlari – ularning statik va dinamik tavsifnomalari hisoblanadi. Dinamik xususiyatlariga ko‘ra ijro mexanizmlari integrallovchi zvenolar guruxiga kiradi: W(p)= 1/ Тim r , bu yerda Тim – maksimal chiqish signali vaqtida IM chiqish organining to‘liq surilish vaqti. Ijro mexanizmlarini quyidagi asosiy belgilariga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin: foydalanilgan energiya turiga ko‘ra, chiquvchi organning xarakat xarakteriga ko‘ra; foydalanilgan yuritma turiga ko‘ra hamda chiquvchi organning xarakatlanish tezligiga ko‘ra. Foydalanilgan energiya turiga ko‘ra IM lar elektrik, pnevmatik, gidravlik turlariga ajratiladi (7.1-rasm). Chiquvchi organ xarakat xarakteriga qarab IM lar aylanuvchan va to‘g‘ri xarakatlanuvchan guruxlarga ajratiladi. Aylanuvchan IM lar bir marta aylanuvchan va ko‘p marta aylanuvchan bo‘lishi mumkin. Foydalanilgan elektr yuritma ko‘rinishiga qarab IM lar elektr yuritmali, elektromagnitli, porshenli va membranali bo‘lishi mumkin. Chiquvchi organning xarakatlanish tezligiga ko‘ra IM lar doimiy tezlikka ega bo‘lgan hamda chiquvchi organning surilish tezligi chiquvchi signalga proporsional bo‘lgan IM larga ajratiladi. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida elektrik IM lar keng tarqalgan. Ularni 2 ta asosiy guruxga ajratish mumkin: elektr dvigatelli va elektromagnitli (7.2-rasm). Birinchi guruxga elektr yuritmali IM lar kiradi. Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo‘lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o‘zida yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to‘xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni xarakatga keltiradi. Signal yo‘qolganda yuritma ishdan to‘xtaydi, tormoz mexanizmni to‘xtatadi. Ikkinchi guruxga solenoidli IM larni kiritish mumkin. Ular turli xil rostlovchi klapanlar, vintellar, zolotniklar va boshqa elementlarni boshqarish uchun qo‘llanilishi mumkin. Bu guruxga elektromagnitli muftalarni kiritish mumkin. Solenoidli mexanizmlar odatda faqat ikki pozitsiyali rostlash tizimlarida qo‘llaniladi. Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo‘lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o‘zida yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to‘xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni xarakatga keltiradi. Signal yo‘qolganda yuritma ishdan to‘xtaydi, tormoz mexanizmni to‘xtatadi.


Тakomillashtirilgan elektrik ijro mexnizmlari Тakomillashtioilgan elektrik ijro mexnizmlari ko‘p aylanishli quvurli armaturani distansion boshqaruvi uchun qo‘llanadi. Bu ijro mexanizmlari M,A,B,V,G,D rusumli elektr yuritmalari nomini olgan bo‘lib, ular gidromelirrativ tizimlarining avtomatlashtirilgan nasos stansiyalarida qo‘llaniladi. Ular birbiridan maksimal aylanish momenti, reduktorining tuzilishi, gabarit ulanish o‘lchamlari va ba‘zi konstruktiv elementlari bilan farqlanadi. Elektr yuritmalarining barcha konstruktiv elementlari maksimal darajada unifiksiyalangan, yuritma validagi ruxsat etilgan momentni chegaralovchi maxsus qurilmalari va boshqaruv sxemalariga ega elektr yuritmalarini ekspluatatsiya sharoitlariga ko‘ra normal holatda ishlashi uchun 7 1-jadvalda ularni tiplariga ko‘ra texnik ma‘lumotlar keltirilgan. Elektr yuritmalarining normal holatidagi joylashtirilishi vertikal holat hisoblanadi (yuritma vali vertikal joylashtiriladi).

B,V,G,D tipli elektr yuritmalarining ish prinsipi va tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Elektr yuritmaning knematik sxemasi 7.3 - rasmda keltirilgan. Elektr yuritma quyidagi asosiy elementlar va qismlardan tashkil topgan: korpus chervyakli silindrik reduktor, qo‘l dubleri qismi elektr motori yo‘l va moment o‘chirgichlari qutilari. Yo‘l va moment o‘chirgichlari qutilari korpusga mahkamlanadi. Korpusga podshipniklardagi 46-chervyakli 45 shlikli val montaj qilingan. Shirikli valda aylantiruvchi momentni chegaralovchi mufta joylashgan. 6-maxovikli qo‘l dublerlari sharikli valni oxiriga ulangan. Shu yerda bo‘sh qilib kulachokli 4-silindirik g‘ildirak joylashtirilgan. Korpusga xuddi shunday ravishda yo‘l va moment o‘tkazgichlari qutisiga aylanishni uzatuvchi 43-chervyakli g‘ildirakka ega bo‘lgan va 40, 41-silindrik shestrnyalari bilan plita ulangan. Quti quyidagi asosiy elementlarda tashkil topgan. 34-chervyakli yo‘l o‘chirgichlari qismi, 33- chervyakli g‘ildirak, 27,30-kulochoklar,25,26- moment o‘tkazgichlari: 24 va 36-richaglari, purjinalar 22, 35-blokirovka kulochoklari 23,31- mikroutkazgichlar 21,32 shestrnali ko‘rsatkich qismi 19,20: strelka 18, 17-shestrnyali distansion ko‘rsatkichlar qismi, 16-potensioner.

Rasm-Тakomillashtirilgan elektrik ijro mexnizmlari (elektr yuritmalar surgichlar)iing knematik sxemasi
Elektr motori ishga tushirilganda elektr yuritma quyidagicha ishlaydi. Aylanma xarakat elektr motoridan 2,3,4-silndirik g‘ildirak va 5-kulachokli mufta orqali 45 sharikli valga uzatiladi. 46 chervyak g‘ildirak orqali aylantiruvchi moment ishchi organning (surg‘ich) yuritma valiga uzatiladi. Bundan tashqari, 47 chervyak 43 chervyali g‘ildirak, 41 va 40- silindirik shestrnalar orqali xarakat 39- vilka, 33 va 34 chevyak jufti 0,19 shestrnya 18 ko‘rsatkich strelkasi va 17 shesterna orqali 16-potensiometr valikiga uzatiladi. Elektr motorini ishida aylanishi momentini maxovikka uzatish mumkin emas, chunki maxovikni 7- kulochokli vtulkasi ajratilgan holatda bo‘ladi. Bu vaqtda 5 muftoning kulokchalari 5- silindirli g‘ildirak kulokchalari bilan bog‘lanib qoladi va ular orqali harakat 45 shlitsli valga uzatiladi. Elektr motori qo‘shilganda 6-mufta kulachoklari bilan 4 g‘ildirak kulachoklari birlashadi, bu holda 5-mufta 9 shtok orqali 7 vtulkani 45 shpitsli val kulachoklaridan bo‘shatadi. Bunday mexanik blokirovka 45 shlitsli valni birvaqtning o‘zida elektr motori va qo‘l boshqaruvida ishlashini oldiini oladi. Elektr yuritmalar aylanish momentini 3 tomonlama chegaralovchi mufta bilan ishlab chiqariladi. Ularning ish prinsipi quyidagicha: maxkamlovchi armatura ishchi organi uning «Ochiq» va «Yopiq» holatlarining qandaydir. Oraliq holatlarida aylanish momenti maksimal qiymatida bo‘lgan 44 yuritma vali to‘xtaydi. Bu vaqtda 46 chervyak, 42 chervyakli g‘ildirak o‘qiga uraladi va buni natijasida xarakatlanayotgan 1 elektr motori orqali shtitslar bo‘ylab o‘qning yo‘nalishida xarakatlana boshlaydi. 46 – chervyakning oldinga xarakati 10 richag, 11, uk, 12 – tishli sektor, 14 va 39 vilkalar, 13, 15, 37, 38 – silindrli g‘ildiraklar yordamida 25 va 26 moment kulachoklarining aylanma xarakatiga o‘zgartirib beradi. Ular aylanganda 24 va 36 richaglar 21 va 32 mikroalmashlab ulagichlarni quyib yuboradi va elektr motor zanjiri uziladi. M va A tiplaridagi elektr motorlari tuzilishi jixatidan B,V,G va D tipidagi elektr motorlaridan farq qiladi. Ularda chervyakli reduktor o‘rniga silindrli reduktor qo‘llaniladi. Yana bir qancha kinematik bo‘g‘inlarda ma‘lumot o‘zgarishlar bor, lekin motorlarining barcha turlarining ish prinsipi bir xil. Maksimal tok relesiga ega bo‘lgan elektr yuritmalar. Elektr motorlarni yuklamalardan ximoyalash va maxkamlovchi armaturani maxkamlab yopish maqsadida ish tipdagi elektr yuritmalar statorining fazalaridan biriga tok relesi bilan ta‘minlanadi. Elektr motori validagi qarshilik momenti ortishi bilan ishchi tok taxminan aylanish momenti kavadratiga proporsional ravishda ortadi. Shuni hisobga olib, aylanish momentini chegaralovchi mufta o‘rniga tok relesini qo‘llash mumkin. Shu maqsadda elektr motorini ta‘minlovchi kuch tarmog‘ining fazalaridan biriga oniy xarakatli maksimal tok relesi ulanadi. Uning ajratuvchi kontakti esa reversiv magnit ishga tushirgich g‘altagi zanjiriga ulanadi. Maksimal tok relesini qo‘llash elektr yuritma konstruksiyasini soddalashtirish, uning massasi va gabarit o‘lchamlarini kamaytirish imkoniyatini beradi, lekin bu holda boshqaruv sxemasi bir muncha murakkablashadi. Maksimal tok relesi bo‘lgan elektr motorlari faqat so‘rg‘ichlarda o‘rnatiladi. Shpindel armaturasidagi aylanish momenti siljiganda elektr motori rele yordamida yo‘l o‘chirgichi bilan xarakatga keladi. 7.4. Elektromagnitli ijro mexanizmlari Avtomatik rostlash va boshqarish tizimlarida elektr energiyasini ishchi organning tekis xarakatiga aylantirib beruvchi elektromagnitli uzatmalar IM lar sifatida qo‘llanishi mumkin. Bu elementlar yana solenoidli mexanizmlar deb ham yuritiladi. Elektromagnitli IM lar tipi, tuzilishiga ko‘ra chiqish koordinatasi ko‘rinishlarga ajratilishi mumkin:nto‘g‘ri xarakatlanuvchan rostlovchi organga ega bo‘lgan IM lar uchun: siljish, tezlik ta‘sir qiluvchi kuch; aylanuvchan xarakatga ega bo‘lgan rostlovchi organli IM lar uchun: aylanish burchagi, aylanish chastotasi, aylanish momenti. Elektromagnitlar o‘zgaruvchan (bir fazali va uch fazali), o‘zgarmas tokli bo‘lishi mumkin. Ularning asosiy tavsifnomasi: yakorning surilishi; yakorning surilishi va tortish kuchi orasidagi bog‘lanish; yakorning surilishi va elektroenergiya sarfi, ishga tushish vaqti orasidagi bog‘lanish. Yakorning maksimal surilishiga qarab qisqa yurishli va uzun yurishli elektromagnitlar ajratiladi. Elektromagnitlar qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Тanlanayotgan konstruksiya siljish uzunligi, tortish kuchi va berilgan tortish tavsifnomasiga mos kelishi kerak; 2. Тez xarakatlanuvchan tizimlar uchun shixtalangan magnitli o‘tkazgichga ega bo‘lgan elektromagnitlar, sekin xarakatlanuvchan tizimlar uchun shixtalanmagan magnit o‘tkazgichga ega bo‘lgan hamda massivli mis gilzali elektromagnitlar qo‘llanilishi mumkin. 3. Ishga tushish sikllari soni yo‘l qo‘yilgandan kam bo‘lishi kerak. 4. Bir xil mexanik ishlar uchun o‘zgaruvchan tok elektromagnitlari o‘zgarmas tokda ishlovchi elektromagnitlarga nisbatan ko‘proq elektroenergiya talab qiladi. 5. Elektromagnitlar ishlatish uchun qulay va oddiy bo‘lishi kerak. Elektromagnitlarni kuchlanish, tok va quvvat kattaliklari orqali tanlash mumkin. Elektromagnit tanlangandan so‘ng uning cho‘lg‘amlari qizishga nisbatan xisoblanadi. Bu holda ruxsat etilgan qizish harorati 85...900 S xisobida olinadi. Elektromagnitli IM ning uzatish funksiyasi : U(r) Km W(p) = ------- = ----------------------------- (7.1) U(p) (Тer+1) (Т 2 1 r+Т2r+1) bu yerda U — yakorning siljishi; Тe=L0/R0 — elektromagnitning vaqt doimiysi; L0 va R0 — induktivlik va elektromagnit galtagining aktiv qarshiligi; Т1= m/cn; m — qo‘zg‘aluvchan qismlarning massasi; Sn — prujina qattiqligi; Т2=Kd/Sn ; Kd — koeffitsiyent (dempfirlash). 2K0/K Km= ---------- — elektromagnit tortish kuchi va g‘altakdagi Ik toki- SnK0 SnR0 ning orasidagi proporsionallik koeffitsiyenti. Agar boshqaruv obektining vaqt doimiysidan (Тe , Т1, Т2) katta bo‘lsa, uzatish funksiyasi inersiyasiz zveno ko‘rinishida berilishi mumkin: W(p)= Km
Yüklə 19,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin