M U N D A R I J A KIRISH I.Dеlphidа grаfik tаsvirlаr yarаtish rеjimi. 1.1. Dеlphidа grаfik tаsvirlаr hоsil qilish qurоllаri. II. Grаfik оb’еktlаrgа mаtn kiritish rеjimi. 2.1. Elеmеntаr grаfik оb’еktlаr hоsil qilish
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish Hozirgi vaqtda kompyuter texnologiyalari rivojlanib borayotgan vaqtda asosiy e`tibor foydalanuvchilarga emas, dasturchilarga qaratilmokda. Shuni hisobga olib, talabalarda dasturlar tuzish ko’nikmalarini hosil qilish va ularda kerakli amaliy dasturlarni yarata olish imkoniyati shakllantirishga katta e`tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturida ham yosh avlodni yangi kompyuter texnologiyalarini egallashi, ularning bilimlarini chet el talabalari saviyasiga etkazish dolzarb masala qilib ko’yilgan. “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasida “Ob`ektga yo’naltirilgan dasturlash” fani kiritildi. Delphi amaliy dasturlar yaratishning kuchli muhiti hisoblanib, hozirgi vaqtda dunyodagi dasturchilarning 35%idan ko’prog’i shu dasturlash tilidan foydalanadi.
Ushbu ma`ruzalar matnida yuqori saviyali dasturlash tillaridan biri hisoblangan Delphi da amaliy dasturlarni yaratish usullari keltirilgan. Insoniyatning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bizni o‘rab turuvchi moddiy olamning asosiy tashkil etuvchilari bo‘lgan, modda va energiyaning inson hayotida muhim rol o‘ynaganligiga va keskin burilishlarga sabab bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Haqiqatan ham, modda va energiya inson va jamiyat rivojlanishida keskin burilish yasagan jahonshumul kashfiyotlardir. Ular o‘z zamonasining ilg‘or texnologayasi sifatida, hattoki jamiyatning muhim rivojlanish bosqichlarini xarakterlovchi davr nomlarida ham o‘z aksini topgan.
Shu o‘rinda «tosh asri», «bronza asri», «elektrlashtirish asri», «atom-yadro
energiyasi asri» kabi jamiyat rivojida beqiyos o‘rin tutgan davrlarni eslash
mumkin. Hozirgi davr esa, shak-shubhasiz, «Informatsiya» bilan va uni avtomatik
ravishda qayta ishlash imkonini beruvchi informatsion va kompyuter texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishida xarakterlanadi. Bu davrni bejiz informatsion shov-shuvlar asri deb atashmayapti. Bu fikrning tasdig‘i sifatida Internetni yodga olishning o‘zi kifoya bo‘lsa kerak.
Adabiyotlarda «Modda», «Energiya» va «Informatsiya» moddiy olamning asosiy tashkil etuvchisi deb e’tirof etilmoqda. Sivilizatsiyaning hozirgi kundagi rivoji, insoniyatning industrial jamiyatdan Informatsion jamiyat sari intilmoqda deyishga asos bo‘la oladi.
Elektron hisoblash mashinasining yaratilishi ham insoniyatning rivojlanish tarixidaerishilgan eng yuksak kashfiyotlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunga kelib kompyuter va global tarmoq, butun dunyo bo‘yicha yig‘ilgan misli ko‘rilmagan katta hajmdagi informatsiyalarni insoniyat tomonidan foydalanilishiga imkon beradigan va uning intellektual imkoniyatlarini yuqori darajalarga ko‘taruvchi juda ham kuchli vositaga aylandi.
Dastur mahsulotlarining va texnika vositalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, kompyuterni apparat va dastur ta’minotining tez ma’naviy eskirishga olib kelmoqda. Hali foydalanuvchi yangi dastur imkoniyatlarini to‘liq o‘zlashtirmasdan turib, sotuvga bu dasturning yanada mukammal variantlari taklif etilmoqda. Lekin shunga qaramasdan, kompyuterlar yaratishning va dasturlash texnologiyalarining asosiy tamoyil va g‘oyalari o‘z kuchida qolmoqda. Mukammal dastur yaratish esa o’z navbatida dasturlash tillarini o’rganishga ehtiyoj tug’dirmoqda.
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari – dasturiy ta’minotning inqiroziga javob sifatida yuzaga kelgan dasturlash texnologiyalari hisoblanadi. Bu inqirozning sababi shunda ediki, strukturali dasturlash metodlari murakkablik darajasi borgan sari ortib borayotgan masalalar uchun dasturiy ta’minot yaratish imkonini bera olmay qoldi. Buning natijasida turli loyihalarni bajarish rejalari
buzildi, qilinayotgan harajatlar belgilangan byudjetdan ortib ketdi, dasturiy ta’minotning funksionalligi buzildi, hatoliklari ortdi.
Dasturiy ta’minotning eng muhim tomonlaridan biri – uning murakkablik darajasidir. Biror dasturchi sistemaning barcha hususiyatlarini to‘liq hisobga ola
olmaydi. SHuning uchun uni ishlab chiqishda dasturchi va boshqa mutaxassislarning yirik jamoasi qatnashadi. Demak, qo‘yilgan masalaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan murakkabliklarga ana shu jamoaning ishini bir maqsadga qaratilgan boshqarish ham qo‘shiladi. An’naviy dasturlash tillarida bunday murakkabliklarni hal qilishda “ajrat va boshqar” prinsipidan foydalanilgan. Ya’ni,masala kichik-kichik masalalarga ajratib, keyin har bir masala uchun alohida dastur ishlab chiqilgan va birlashtirilgan. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari esa masalaga boshqacha usulda yondoshadi. Unda masalalarning yechish uchun kerak bo‘ladigan elementlarni muammoli sohaning turli abstraksiyalariga taaluqli ekanligi asosiy o‘rinda turadi.
Bu abstraksiyalarni dasturchilar ishlab chiqishgan. Dasturchilar tomonidan ma’lumbir soha o‘rganilib, uning alohida ob’ektlari ajratib olingan. Bu ob’ektlar uchun masalalarni yechishda qo‘llash mumkin bo‘lgan xususiyatlar aniqlangan. Ehtiyojga qarab har bir xususiyat ustida bajarish mumkin bo‘lgan amallar aniqlangan.So‘ngra o‘rganilayotgan sohaning har bir real ob’ektiga mos dasturiy ob’ekt ishlab
chiqilgan.