3-Mavzu. Bezli epiteliy



Yüklə 156,56 Kb.
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü156,56 Kb.
#182626
  1   2   3   4   5   6
3-maruza Bezli epiteliy


3-Mavzu . Bezli epiteliy.
Reja.
1.Bezlarning klasssifikatsiyasi.
Tashqi sekratsiya bezlarining chiqarish kanalchalari.
Ichki sekratsiya bezlari. Sekratsiya tiplari.


Epiteliy to'qimasining yana bir asosiy vazifasi sekret ishlab chiqarishdir. Sekret ishlaydigan hujayralar yig'ilib, bezlami (glandulae) hosil qiladi. Bezlarning ko'pchiligi epiteliy hosilasidir. Faqatgina epifiz, gipofizning orqa bo'lagi va buyrak usti bezining mag'iz qismigina nerv to'qimasidan rivojlanadi.
Agar bezlar o'z mahsulotini tashqi muhitga chiqarsa, bunday
bezlar ekzokrin bezlar deyiladi. Bunga misol qilib teri bezlari yoki
hazm sistemasining o'z mahsulotini me’da-ichakka chiqaruvchi bezlarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruh bezlar o'z mahsulotini organizm ichki muhitiga (qon yoki limfaga) chiqaradi. Shuning uchun bu bezlarni endo krin bezla r deyiladi. Endokrin bezlarga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, me’da osti bezining
endokrin qismi, buyrak usti bezi, epifiz, jinsiy bezlar kiradi.
Bezlar ko‘p hujayrali va bir hujayrali boiishi mumkin. Bezlaming
asosiy ko‘pchiligi ko‘p hujayrali bezlardir. Bir hujayrali ekzokrin
bezlarga qadahsimon hujayralar kiradi. Bir hujayrali endokrin bezlar
esa turli a’zolarda joylashgan. Me’da-ichak sistemasidagi endokrin
hujayralar juda ko‘p uchraydi. Bir hujayrali bezlar turli shaklda bo'lishi
mumkin. Ular epitelial tasma ichida joylashsa, endoepitelial bezlar
deb yuritiladi. Agar ular epiteliydan tashqarida, ya’ni. biriktiruvchi
to‘qimada joylashsa, ularni ekzoepitelial bezlar deyiladi.
Ko‘p hujayrali bezlar, bezlaming asosiy qismini tashkil qilib,
ular biriktiruvchi to‘qimada joylashadi. Ko‘p hujayrali ekzokrin
bezlarda ikki qism: 1) sekretor yoki oxirgi bo‘lim; 2) chiqaruv naylari
farq qilinadi.
Sekretor bo'limda shu bez uchun xarakterli bo'lgan sekretor
mahsulot ishlanadi. Oxirgi bo‘lim hujayralari ko'pincha bazal
membranada bir qavat bo'lib joylashadi. Faqatgina yog' bezlari oxirgi
bo'limlarida bir necha qavat bo'lib joylashgan hujayralarni ko'rish
mumkin. Ba’zi bir bezlaming oxirgi bo'limida. sekretor hujayralardan
tashqari qisqarish funksiyasini bajaruvchi mioepitelial hujayralar ham
joylashadi.
Oxirgi bo'limda ishlangan mahsulotlar chiqaruv yo'llari orqali
tashqi muhitga chiqariladi. Chiqaruv yo'llari hujayralari sekret
mahsulotni suv va turli mineral tuzlar, oqsil moddalar bilan boyitishi
yoki chiqaruv yo'li orqali o'tayotgan mahsulot suvini va ba’zi
moddalami so'rishi mumkin. Ko'p hujayrali bezlaming chiqaruv
yo'llari tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan bo'ladi. Tarmoqlanmagan
chiqaruv yo'llarini tutuvchi bezlar o d d iy bezlar, tarmoqlangan
chiqaruv yo'llarini tutuvchi bezlar m u ra k k a b bezlar deb yuritiladi.
Oxirgi bo'limlar ham tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan bo'lishi
mumkin. Agar chiqaruv nayi hamda oxirgi bo'lim tarmoqlanmay,
har qaysi chiqaruv nayi birgina oxirgi bo'lim bilan tugasa, bunday
bezlarni oddiy tarmoqlanmagan bezlar deyiladi. Agarda bir chiqaruv
yo'liga bir necha oxirgi bo'lim o'z sekretini quysa, bunday bezlar
oddiy tarmoqlangan bezlar deyiladi. Agar chiqaruv yo'llar tarmoqlangan va har bir chiqaruv yo'li bir necha oxirgi bo'lim bilan tugasa,
bunday bezlarni murakkab tarmoqlangan bezlar deb ataladi. Oxirgi
bo'lim shakliga qarab naysimon, alveolyar, naysimon-alveolyar bezlar
farq qilinadi (56- rasm).



Sekretni hujayradan tashqariga chiqarish turiga qarab bezlar
M e r o k r i n , a p o k r i n v a g o l o k r i n bezlarga bo'linadi. Merokrin
bezlarda hujayra ichida hosil bo'lgan mahsulot sekretor hujayra tanasining (qobig'i bilan) butunligi saqlanib qolgan diflfuz holda hujayradan
chiqariladi. Merokrin bezlarga ter va so'lak bezlari misol bo'la oladi.
Apokrin bezlar sekretor hujayralarining apikal qismi sekret chiqarish
davrida buzilishi bilan xarakterlanadi va hujayralarning apikal qismi
bez mahsuloti bilan qo'shilib ketadi.
Apokrin bezlarga sut va apokrin yo'l bilan sekretsiya qiluvchi
ba’zi ter bezlar kiradi. Golokrin bezlarda sekret ishlash vaqtida
sekretor hujayralar butunlay parchalanadi. Nobud bo'lgan hujayralar
bez mahsulotini tashkil qiladi. Odamda bu bezlarga faqatgina yog'
bezlari misol bo'la oladi. Nobud bo'lgan hujayralar o'rnini bezning
periferik qismida joylashgan kam differensiallashgan hujayralar
to'ldirib turadi (56- rasmga q.)
Ekzokrin bezlarda ishlanayotgan sekret shilliq, oqsil, aralash
shilliq-oqsil yoki moy tabiatli bo'lishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda
donador endoplazmatik to'r kuchli rivojlangan bo’ladi va u hujayrani bazal va markaziy o‘rta qismlarini toMdirib turishi mumkin. Sekret ishlovchi hujayralar
orasida hujayra oraliq kanalchalarini ko‘rish mumkin. Bunga misol qilib, so'lak bezi oxirgi bo'limidagi hujayralararo kanalchalami keltirish mumkin.
Ba’zan sekretor hujayralarda hujayra ichi kanalchalari ham farq qilinadi. Bunday kanalchalar m e’da fundal bezlarida joylashgan pariyetal hujayralarda bo'ladi.
Bez hujayralarida hosil bo'lgan sekret vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi, shuning uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma’lum
davrlarida o'ziga xos tuzilishga ega bo'ladi. Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog'liq bo'lgan o'zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo'lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak bo'lgan modda-laming to'planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning sintezlanishi; 3) secretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to'planishi; 5) sekretor moddaning ajralib chiqishi.
Birinchi fazada qon va limfadan hujayraning bazal plazmatik
qobig'i orqali sekret ishlash uchun kerakli bo'lgan turli noorganik
tuzlar, suv, aminokislotalar, monosaxaridlar, yog' kislotalari va boshqa
moddalar uning sitoplazmasiga kiradi. So'ngra ulardan bez hujayralarining endoplazmatik to'rida organik birikmalar hosil bo'lib, ular
Golji kompleks sohasida yetiladi va shakllanadi. Golji kompleksining sekret donachalar saqlovchi qismlari ajralib, apikal qismi sohasida
to'planadi va bez oxirgi bo'limlari bo'shlig'iga ajraladi (57- rasm).
Turli bez hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining davom etish
davri har xil bo'ladi.

Yüklə 156,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin