1-RESPUBLIKA ABU ALI IBN SINO NOMLI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI
101-GURUH O’QUVCHILARI
PREZENTATSIYA
Mavzu: ________________________
Bajardi: _____________
Tekshirdi: ___________________
ME'DA OSTI BEZI
REJA:
Me'da osti bezi tuzilishi joylashishi
Qorin pardasi tuzilishi joylashishi
Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi joylashishi .
Jigar va oshqozon osti bezining funktsiyalari tuzilishi joylashishi
ME'DA OSTI BEZI
Me'da osti bezi. Bu bez me'daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro‘parasida joylashgan bo‘lib, uzunligi 16-20 sm, massasi 70-80 g. Me'da osti bezi aralash bez bo‘lib, to‘qimasining 98-99 % i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Bez to‘qimasining 1-2 % i, ya'ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksyasini bajaradi. Bezning Langergans orolchasida glyukagon, insulin, gastrin gormonlari ishlab chiqariladi. Glyukagon gormoni jigar va muskullarda zaxira holda to‘plangan glikogen moddasini parchalab, glyukozaga aylantiradi va u qonga o‘tib miya, yurak hamda boshqa a'zolarning hujayralariga oziq modda sifatida o‘zlashtiriladi. Insulin gormoni qondagi qand moddasining ortiqcha qismi jigar va muskul to‘qimalarida glikogen moddasi sifatida zahira holda to‘planishini ta'minlaydi. Gastrin g‘ormoni qon orqali me'daning‘ ferment ajratish funksiyasini boshqarishda ishtirok etadi. Me'da osti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasi buzilishi aholi o‘rtasida ko‘p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu surunkali kasallik bo‘lib uzoq yillar, aksariyat hollarda umr bo‘yi davom etadi. Bu kasallikda me'da osti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi buzilishi tufayli, organizmga kerakli bo‘lgan insulin gormoni bezdan qonga o‘tmay qoladi. Buning oqibatida organizmda uglevodlar almashinuvi buziladi, ya'ni ovqat bilan iste'mol qilingan uglevodlarniig parchalanishida hosil bo‘lgan qand (glyukoza) insulin ta'sirida glikogenga aylanmay, uning qondagi miqdori ortib ketadi. Sog‘lom odam qonida qandning normal miqdori 80-120 mg % bo‘ladi, qandli diabet kasalligada esa uning miqdori 150-250 mg % ga ko‘tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin. Qondagi qandning miqdori normal bo‘lganda, u buyrak orqali siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya'ni sog‘lom odamning siydigida qand mutlaqo bo‘lmaydi. Qonda qandning miqdori 140-150 mg % dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila boshlaydi. Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko‘p suv iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va to‘qimalarda o‘zlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli bemor tez och qoladi va tez - tez ovqat iste'mol qilishga majbur bo‘ladi. Aks holda teri ostidagi zahira yog‘ moddalari parchalanib, glyukozaga aylanadi, hatto hujayra va to‘qimalar tarkibidagi oqsil, yog‘ moddalari ham glyukozaga aylanib, qonga o‘tadi va undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi, kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi. 1921-1922 yillarda kanadalik olimlar Banting va Best sigir va cho‘chqa me'da osti bezining Langergans orolchasi qsmidagi hujayralardan maxsus preparat tayyorlab, uni insulin deb atadilar. Insulin hozirgi paytda qandli diabet kasalligiga uchragan kishilarni davolashda keng qo‘llanilmoqda.
Tashqi, ichki va aralash sekretsiya bezlari haqida umumiy tushuncha.
Odam organizmida uch xil bez bo‘ladi:
1. Tashqi sekretsiya bezlariga teridagi ter, yog‘, sut, so‘lak (quloq oldi, til osti va jag‘ osti), ko‘z yosh hamda me'da va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi. Bularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizm bo‘shliqlariga yoki tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uchun bu bezlar tashqi sekretsiya bezlari deb ataladi. Jigar ham eng katta tashqi sekretsiya bez hisoblanadi, ya'ni unda ishlab chiqariladigan o‘t suyuqligi o‘n ikki barmoq ichakka quyiladi va najas bilan tashqariga chiqariladi.
2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga o‘tadi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari deb ataladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi.
3. Aralash bezlar. Bularning to‘qimasi ikki qismdan iborat bo‘lib, bir qismida ishlab chinariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlaridagiga o‘xshab tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga o‘tadi. Bularga me'da osti va jinsiy bezlar kiradi.
Qorin pardasi
Odam va hayvonlar qorin boʻshligʻi devorlarini ichki tomondan qoplab, uning ichidagi aʼzolarni oʻrab turadigan yupqa seroz parda. Qorin pardasining tashqi qavati mezoteliydan hosil boʻlib, birikti-ruvchi tolali toʻqima esa uning asosini tashkil etadi. Qorin pardasi ichki aʼzolarni oʻrab turuvchi visseral varaq va qorin devorini oʻrab turuvchi pariye-tal varaqdan iborat. Normal holatda varaklar oʻrtasidagi boʻshliqda seroz suyuqlik boʻladi. Qorin pardasi shu suyuqlik bilan namlanib turgani uchun qorin boʻshli-gʻidagi aʼzolar birbiri bilan ishqalanmaydi. Qorin pardasining tashqi boʻshligʻida yogʻ toʻqimalari, buyrak, buyrak usti bezi va siydik yoʻli joylashgan. Qorin pardasi bu aʼzolarni faqat oldingi yuzasinigina qoplab turadi. Ichki aʼzolar Qorin pardasi bilan har tomonlama (intra-peritoneal), uchala tomondan (mezo-peritoneal) yoki bir tomonlama (ekstraperitoneal) oʻralishi mumkin. Qorin pardasi ichaklar uchun tutqichlar hosil qiladi; ular oraligʻida yogʻ toʻqimalari, limfa tugunlari va qon tomirlar joylashgan. Qorin pardasi qorin boʻshligʻidagi aʼzolar oldida yogʻ qatlami — charvint hosil qiladi. Qorin pardasi hujayralari himoya xususiyatiga ega boʻlib, ular baʼzi kasalliklar (appenditsit, meʼda yarasining yorilib ketishi va boshqalar) da hamda operatsiyalarda qorin boʻshligʻiga tushgan mikroblarni nobud qiladi. shikastlanishlarda, ayrim operatsiyalar (mas, appenditsit) kechiktirilganda Qorin pardasining yalligʻlanishi — peritonit kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |