Shunday ekan, o‘z jigaringizni tushunish va u haqda qayg‘urish lozim. Jigar kasalliklari sabablari turlicha, irsiy yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin: XUSUSAN
• Nosog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish
• A, V va S yuqumli gepatit kasalliklari
• Katta miqdorda alkogol ichish va xolesterini yuqori taomni ko‘p tanovul qilish
• Ikkinchi turdagi qandli diabet bilan bog‘liq vaznning haddan ortiq og‘irligi
• Semizlik
Jigar kasalliklari va saratoni alomatlari esa quyidagilardir:
• Ko‘ngil aynishi va qayt qilish
•
Kutilmaganda vazn yo‘qotish
• Ishtaha yo‘qolishi yoki ozgina taomdan so‘ng to‘yish hissi paydo bo‘lishi
• Umumiy zaiflik va charchoq alomatlari
• Qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida og‘riq (o‘ng tomoni yoki o‘ng kurak ostida)
• Jigarning kattalashishi (gepatomegaliya)
• Qorataloqning kattalashishi
• Qorinda suyuqlik to‘planishi (astsit)
Shunday ekan, jigarim sog‘lom bo‘lsin desangiz, quyidagi profilaktika choralari va maslahatlarga amal qiling:
• Sog‘lom turmush kechiring va muvozanatli parhezga rioya qiling.
• Taomingizda barcha mahsulotlar: yormalar, oqsillar, sutli mahsulotlar, sabzavotlar, mevalar va yog‘lar bo‘lsin. Bargli sabzavotlar, brokkoli, rangli karam, sabzi, oddiy karam, olma va yong‘oqlarni ham unutmang.
• Yangi mevalar va sabzavotlar, kam yanchilgan bug‘doy noni, guruch va boshqa yormali mahsulotlarni ko‘proq tanovul qiling.
• Qon quyishga to‘g‘ri kelsa, A, V yoki S gepatitidan zararlanib qolishdan ehtiyot bo‘ling.
• Shaxsiy tozalikka rioya qiling, hojatdan so‘ng, qo‘lingizni albatta yuving.
• Safarga chiqqaningizda to‘g‘ri kelgan suvni ichmang.
• Alkogol, tamaki v giyohvandlardan voz keching.
• Doimiy ravishda jismoniy mashqlar qiling