3-mavzu biznes sub’ektlarining manfaatli tomonlari. Reja (2)
4.Birinchi va ikkinchi darajadagi manfaatdor tomonlar. Muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar tadbirkorni shakllantirishda juda muhim. Muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan uch asosiy qobiliyat mavjud. Ular quyidagicha ta’riflanishi mumkin:
shaxsiyxususiyatlarto‘plamiga ega bo‘lish. Ularni tartib bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.
Bilimlar— kerakli paytda chaqirib olinishi mumkin bo‘lgan, to‘plangan axborot yig‘imlari yoki hajmidan iborat, deb ta’riflangan edi. Biznes kontekstida, bilimlar quyidagi kabi jihatlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish (yoki tanishish)da namoyon bo‘lishi mumkin:
Ammo inson faoliyatining biznes yoki tadbirkorlik kabi sohasini bilishning o‘zi, hali o‘z korxonasini tashkil etish va uni boshqarishda muvaffaqiyatga erishish uchun yetarli emas, xuddi shunday, masalan, samolyotni boshqarish, mashinani haydash yoki suzish haqida o‘qish yoki ma’lumotlarni o‘rganishning o‘zi, siz samolyotni, mashinani boshqarishingiz yoki basseynda suzishingiz uchun yetarli bo‘lmaydi.
Ko‘nikmalar— bilimlarni ishlata bilish qobiliyati, deb ta’riflangan edi; ular amaliy faoliyat orqali egallanishi yoki rivojlanishi mumkin, masalan, samolyotni boshqarish, mashinani haydash yoki suzishni amalda bajarish yo‘li bilan. Biznes kontekstida texnikva boshqaruvmazmunidagi ko‘nikmalar o‘rtasida farqni ko‘rish mumkin. Ba’zi misollar quyida keltirilgan:
Bilim va ko‘nikmalarni ancha oson o‘rganish yoki ularni o‘zida rivojlantirish mumkin. Aksincha, ma’lum shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirish bir qancha vaqt talab qiladi; ular osonlikcha o‘zgarmaydi yoki ularga tez erishilmaydi.
Shaxsiy sifatlar (xususiyatlar) — ruhshunoslar tomonidan shaxsning o‘ziga xosligini tashkil etuvchi shaxsiy xususiyatlar jamlanmasi, deb belgilangan. Tadbirkorning bu 14 shaxsiy sifati quyida keltirilgan:
Muvaffaqiyatlitadbirkor:
tashabbuskor;
imkoniyatlarni ko‘radi va ularni ro‘yobga chiqaradi;
boshqalarni o‘z ta’siriga bo‘ysundirish strategiyalaridan foydalanadi.
Quyida bu sifatlar qisqacha bayon etilgan. Ushbu qobiliyatlar-ning uchalasiga ham (bilimlar, ko‘nikmalar, shaxsiy sifatlar) ega bo‘lmagan odam, biznesiga nisbatan qo‘llaganda, o‘z korxonasini muvaffaqiyatli boshqarish yo‘lida, shu qobiliyatlarga ega bo‘lgan odamdan ko‘ra, qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli ancha ko‘proq.
Agar odam quyidagiga ega bo‘lsa, nima bo‘lishi mumkin?