3-mavzu: dunyo aholisi geografiyasi



Yüklə 232,16 Kb.
səhifə5/7
tarix10.06.2023
ölçüsü232,16 Kb.
#128047
1   2   3   4   5   6   7
DUNYO AHOLISINING DINIY TARKIBI

Diniy tizim


Odamzod paydo bo’libdiki, turli ilohlarga sig`inib keladi. Natijada turli qabila, elat, millatga tegishli dinlar paydo bo’ldi. Vaqt o’tishi bilan mayda millat va elatlar nomi hamda ularning so’zlashadigan tili yo’qolib yirik millat va xalqlarga singib ketgani (assimilyatsiya) singari dunyo dinlarida ham shunday jarayon kuzatildi. Ayniqsa ilohiy kitoblar (tavrot, zabur, injil, qur’on)ning tushirilishi bilan dunyo xalqlari e’tiqot qiladigan dinlarning soni hamda unga e’tiqod qiluvchi aholining salmog`i keskin o’zgarib ketdi.
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, endilikda turli dinlarga mansub aholi sonida tug`ilish ko’rsatkichi turlicha ekanligi, dunyo miqyosida tashqi migratsiyani kuchayishi hamda aholining ma’lum qismida diniy e’tiqodning o’zgarishi hisobiga ayrim dinlarning salmog`i oshib, ayrimlariniki kamayib bormoqda.

Tahlillarga ko’ra bugungi kundagi zamonaviy demografik trendlar davom etsa:


XXI asr o’rtalariga borib musulmonlar soni xristianlar soniga yetib olishi bashorat qilinmoqda. Tahmin qilinishicha, dunyo aholisining soni 2010-yildan 2050-yilga qadar 35 foizga oshishi kutilmoqda, ya’ni aholi soni 9,3 mlrd.ni tashkil etishi mumkin. Shu davrda yoshlar soni va nisbatan tug`ilish yuqori bo’lgan musulmonlar 73 foizga oshishi kutilmoqda. Xristianlar soni ham ko’payadi, lekin ancha past ko’rsatkichlarda. Tahminan 2050-yilda ularning soni atigi 35 foizga oshadi xolos. Shunday qilib, 2050-yilda musulmonlar soni 2,8 mlrd.ni, ya’ni dunyo aholisi sonining 30%ni, xristianlar esa 2,9 mlrd.ni, ya’ni 31% ni tashkil etadi.
2070-yilga kelib esa xristian va musulmonlar soni tenglashadi, ikkala din vakillari dunyo aholisining umumiy sonining 32 foizidan tashkil etadi. Keyinroq esa ya’ni 2100-yilga kelib dunyoda musulmonlar jami aholi sonining 35 foizini, xristianlar esa – 34 foizini tashkil etadigan bo’ladi. Ikkala din ham asosan Afrika mamlakatlari hisobidan ko’payadi.
Shu bilan birga hech qanday diniy qarashga va e’tiqodga ega bo’lmaganlar, ateist va agnostiklar soni kamayadi, ya’ni 2050-yilga kelib ular soni 16 foizdan 13 foizga tushishi kutilmoqda.
Biror bir dinga e’tiqod qiluvchilar sonining o’sishining asosiy determinantlaridan biri bu e’tiqodchilarning zamonaviy geografikkonsentratsiyasidir. Din, tug`ilishi ko’p bo’lib, chaqaloqlar o’limi darajasi ancha past bo’lgan mamlakatlarda tezkor sur’atlarda rivojlanadi. Masalan, xristianlar va musulmonlar soni asosan Afrika hisobidan ko’payishi kutilmoqda. Ateist va dinsizlar asosan tug`ilishi deyarli bo’lmagan va millati qarib kelayotgan Yevropa, Shimoliy Amerika, Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlarda jam bo’lishadi.
Dinning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadigan yana bir muhim faktor bu migratsiyadir. Migratsion oqimlarni bashorat qilish juda murakkab jarayon hisoblanadi, chunki ushbu jarayon asosan oldindan aytib bo’lmaydigan iqtisodiy va siyosiy faktorlarga asoslanadi.
Tahlillarga ko’ra, yevropadagi musulmonlar soni 2050-yilga kelib 5,9 foizdan 10,2 foizga oshadi. Mazkur bashorat joriy demografik tendensiyalar saqlanib qolishini ko’rsatib turibdi. Biroq, yil sayin kutilmagan urush, ocharchilik, epidemiya, texnologik innovatsiya, siyosiy to’ntarilishlar sababli u yoki bu din e’tiqodchilari soni ko’payishi yoki kamayishiga olib keladi. Shuning uchun ham bu mavzuda uzoq muddatli bashorat qilish hech qanday ma’noga ega emas.
Dinlarning dunyo bo’yicha tarqalishi ham o’ziga xos xarakterga ega. Xristian dini asosan Afrikada mamlakatlari hisobidan ko’payib kelmoqda, lekin Afrika qit’asi tarixdan xristian diniga aloqador hudud bo’lmagan. Islom dini esa o’zi tashkil topgan hududlarda rivojlanib kelmoqda. 1900-yilda Misrda tahminan 9 million musulmon bo’lgan, bugun ular soni 80 millionga yetdi. Eronda musulmonlar soni 10 mln.dan 77 mln.gacha oshdi. Indoneziyada 1900-yilda Muhammad payg`ambar izdoshlarining soni 34 millionni tashkil etgan, bugunda esa ular soni 220 milliondan oshdi. Bu tendensiya Yevropa mamlakatlaridagi oxirgi yuzyillikda demografik "qish” effekti bilan tushuntiriladi.
Amerikaning Vashington ilmiy-tekshirish markazining ma’lumotlariga ko’ra, hozirda Islom dunyoning 120 dan ortiq davlatida (boshqacha aytganda dunyo mamlakatlarining yarmidan ortig`ida) tarqalgan bo’lib, 28 ta davlatning davlat dini hisoblanadi.

Yüklə 232,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin