3-Mavzu. Faol galaktikalarning boshqa turlari Blazarlar. Ularni yana lasertidalar deb atashadi. Bu obyektlar - markazlarida o’ta massasiv qora o’ralari mavjud bo’lgan ayrim galaktikalarning yadrolarida quvvatli elektromagnit nurlanish manbalaridir. Blazarlar nomi BL Kaltakesak (inglizcha BL Lacertae) nomli o’zgaruvchan manbadan olingan. Avvali u o’zgaruvchan yulduz deb hisoblangan. Ammo keyinchalik elliptik galaktikannig yadrosi deb topilgan. Ularning kuzatuv ko’rsatgichlari kvazarlarnikiga o’xshaydi va bu nomida ham aks etilgan.
Elektromagnit nurlanishning barcha diapazonlarida (gamma, rentgen, ulьtrabinafsha, infraqizil, radio) bir tekis spektri bilan boshqa turdagi faol galaktikalardan farqlanadi. Bundan tashqari bu obyektlarga spektrning barcha diapazonlarida bir necha kun xattoki soatlar davomida tez va katta amplitudali ravshanlik o’zgarishlari hosdir. Bu ularning asosiy hususiyati. O’zgarishlarning amplitudasi optik diapazonda 4-5m etishi mumkin, ya’ni bunda yorqinlik 100 martagacha oshadi. Nurlanish katta qutblangan (30-40 foizgacha %), spektri darajali ko’rinishga ega, bu esa sinxrotron nurlanish haqida dalolat beradi. Kvazarlardan farqli, blazarlarning spektrlarida yorqin nurlanish chiziqlari mavjud emas, shu bilan birga kuchli radionurlanishi bor.
N-galaktikalar, kompakt galaktikalar, Markaryan galaktikalari. Radiogalaktikalarning orasida maxsus turi ochilgan: ularda juda yorkin, aniq chegaralangan yadro va uning atrofida kichik o’lchamli tumansimon qobiq mavjud. YAdroning yorqinligi butun galaktikaning aksariyat ulushini egallaydi. Bu hususiyat bir tomondan seyfert galaktikalarga ham to’g’ri kelishi mumkin, ammo ulardan farqli N-galaktikalar kuchli radiomanbalarga mos keladi.
Kompakt galaktikalar turi Svikki tomonidan kiritilgan edi. Bu obyektlar boshqalardan sirtining yuqori ravshanligi, ammo tashqi ko’rinishidan yulduzlarni eslatadi. Bu obyektlargacha masofalar turli bo’lgani hamda shu bilan bog’liq bo’lgan kuzatuv selektsiyasi efekti tufayli aniq sinfi hali ajratilmagan, chunki kompakt galaktikalar qatoriga ba’zan galaktikalar aro NII (ionlashgan vodorod) bulutlari ham uchraydi.
1972-yilda Markaryan galatikalar degan faol yadroli galaktikalarning yangi turi ochildi. Ular kuchli uzliksiz ulьtrabinafsha spektriga ega. Markaryan obyektlari tarkibida ikkita turdagi galaktikalar uchraydi:
1. Diffuz ko’rinishidagi galaktikalar. Ularda ulьtrabinasha nurlanish va emission chiziqlardagi nurlanish obyektning butun hajmidan chiqadi
2. Ulьtrabinafsha nurlanish odatda spiral galaktikalarning faqat yorqin yadro qismidan chiqadi.
Markaryan galaktikalar tarkibida ko’p hollarda Seyfert galaktikalar uchraydi.
M82 galaktikaning tuzilma (chap tomonda) va rentgen (o’ng tomonda) tasvirlari