Kuchni rivojlantirishda qarshiligi oshirilgan kuch mashqlaridan foydalaniladi. Bu kuch mashqlari ikki guruhga bo’linadi.
1.Tashqi qarshilik bilan boshqariladi (mashq).
A) buyumning og’irligi;
B) sherigining qarshi harakati;
V) qiyin egiladigan buyumlarning qarshiligi;
G) tashqi muhitning qarshiligi.
2.O’zining tana og’irligi teng bo’lgan og’irliklar bilan mashqlar bajarish.
Og’irliklar bilan ishlash o’zining universalligi bilan qulay hisoblanadi. Ular yordamida hohlagan mushak guruhlariga ta’sir etish mumkin. Bundan tashqari ular yengilgina og’irlik darajasini o’zgartirishi mumkin.
Bu mashqlarda o’ziga xos kamchiliklar ham bor. Masalan, dastlabki holatda statik holat saqlanadi. Mashq bajarib bo’linganidan so’ng uni yerga qo’yish zarur, bunda albatta qo’shimcha kuch zo’riqish sarf etiladi.
+iyin egiladigan buyumlar bilan mashq bajarishda harakatning oxirida zo’riqish kuchayishi bilan ajralib turadi. Butun harakat davomida kuch ishlatish bir xil bo’lishi uchun rezina yoki uzun espander bilan mashq bajarish tavsiya etiladi. U holda yengil cho’ziladigan kalta rezinani ishlatish zarur.
Adabiyotlarda jismoniy tayyorgarlikning bu sohasida ancha, yetarli miqdorda yoritilgan. Masalan, A.Orlovda (1968) shunday deyilgan:. . . ma’lumki, juda oddiy harakat bajarish paytida juda ko’p mushaklar ishtirok etadi, birlari qisqaradi, keyingilari cho’ziladi. SHuning uchun gimnastikada hamma harakatlar 3 turdagi mushaklar ishiga bo’linadi:
1.tezkor kuch bilan;
2.shaxsiy kuch bilan;
3.statik kuch bilan muntazam ravishda umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan shug’ullanish, ularni to’g’ri tanlab bajarish yaxshi natijalarni beradi.
Har qanday harakat bajarishda turli xil shakllar mushak kuchlari namoyon bo’ladi. Bu hollarda statik holatlar mushaklar faqat zo’riqish xoliga keladi.
1.Kuchni rivojlanishini ta’minlaydigan statik zo’riqish mashqlari shaxsiy kuch bajariladigan mashqlar yuk og’irligini oshirish bilan olib boriladi.
2.Tezkor kuch bilan bu mushaklarni tez ishlashi natijasida kuch rivojlanishi tezlashadi.
Harakatlar katta amplituda bilan to’xtamasdan o’rtacha oradagi holatlarda bajariladigan dinamik xususiyatli mashqlar ko’proq samarali hisoblanadi. SHuni ham esda tutish kerakki, dinamik kuchlanishni bir mushaklar bajargan ish quyidagi mashqlarda ham namoyon bo’ladi: tortilgan holatda, yotgan holatda, oyoqlarni ko’tarishda, hattoki oyoqlarni tushirayotganda, o’tirib turishda, gavdani oldinga engashtirganda ko’rinadi. Mushaklarni muttasil zo’riqishi tashqi og’irlik kattaligiga ya’ni, tezlik va qaytarilish soniga bog’liq bo’ladi. Mashg’ulotda qo’llaniladigan og’irlik kattaligi o’ta katta va juda kichik ham bo’lishi kerak emas.
+aytarilish miqdoriga kelsak, u charchash xissi payqalguncha bo’lishi kerak. Lekin boshqa qarashlar ham mavjud. Ular ham jismoniy tayyorgarlikning mashqlari sifatida kuchni rivojlantiradi. M.L.Ukran, N.K.Popovlar asosan ko’proq kuchni rivojlantirishning turli shakllariga suyanadilar. Kuch mashqlari o’ta har xil, ammo hammasi ham turli shakldagi og’irliklarni ishlatish bilan belgilanmaydi deb hisoblaydilar. Og’irlik bo’lib shtanga, to’ldirma to’plar, rezina amortizatorlar, turli xil o’yinlar yana shaxsiy tana og’irligi ham xizmat qiladi.
Bu og’irliklarni qarshilik ko’rsatib sekin va tez maromda ko’tarib yengish kuchning rivojlanishiga ta’sir etadi. Mushak og’irligi bilan tana og’irligini solishtirganda shuni ko’rish mumkinki, kuch ko’payishi bilan foiz bilan olganda mushak og’irligi tana og’irligidan oshib ketar ekan. Mushak kuchining o’sishi butun bir o’zgarishlar yig’indisiga bog’liq. Bu o’zgarishlarda nafaqat mushaklar, balki nerv markazining mushak ishlarini uyg’unlashtiradigan xossalari ham kiradi.
Mushak kuchi oshishi uchun mushak og’irligini oshirish kerak. Agarodam o’z og’irligini oxirigacha qo’llamasa unda kuch 20% gacha tushib ketadi.
Kuchni rivojlantirishda qarshilik kattaligini tanlash uslubiyatining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masala faqat mushaklarga har xil zo’riqishlar berish bilan bajariladigan harakatlarning fiziologik xususiyatini bilgandagina yechish mumkin. Mushakka yetarli darajada oxirigacha zo’r berishni faqat bir vaqtning o’zida ishga maksimal miqdorda harakat birliklari qo’shilgandagina amalga oshirish mumkin: ikkinchi sharti bo’lib effektor impulьslarining maksimal darajada bo’lishi va uchinchidan harakat birliklarining faolligi bir maromda sinxron ritmlarda bo’lishi kerak.
Maksimal kuch bilan zo’riqishni hosil qilish uchun 3 usul mavjud:
1. juda og’ir bo’lmagan og’irlikni charchash xissi paydo bo’lguncha qayta ko’tarish;
2. o’ta og’ir ko’tarish mumkin bo’lgan og’irlikni ko’tarish;
3. juda og’ir bo’lmagan og’irlikni maksimal tezlikda ko’tarish.
SHundan kuchni rivojlantirishning 4 usulini ajratiladi;
1. kuch bilan qayta ko’tarish.
2. maksimal kuch ishlatib ko’tarish.
3. dinamik kuchbilan ishlash.
4. statik kuch bilan ishlash.
Kuchni rivojlantirishda og’irliklar, o’zgarishlar, graduslar.
-bir marta ko’tarish mumkin bo’lgan og’irlik-1marta
-o’ta og’irlik (old og’irlik)-2-3 marta
-katta og’irlik-4-7 marta
-uncha katta bo’lmagan og’irlik-8-12 marta
-o’rtacha og’irlik-13-18 marta
-kichik og’irlik-19-25 marta
-juda kichik og’irlik-25 marta