Maqolaning sarlavhasi – bu maqola mazmunini mukammal darajada
tavsiflaydigan eng oz soʻzlar birikmasidir. Sarlavha – bu maqolaning oʻqilishi
haqida aytishimiz mumkin boʻlgan yagona qism. Shubhasiz, sarlavhani eng koʻp kitobxonlar oʻqiydilar. Ehtimol, minglab odamlar maqolaning sarlavhasini
koʻrishadi va faqatgina bir necha kishi maqolani toʻliq oʻqiydilar.
Sarlavhaning vazifasi – maqolani toʻliq oʻqishga qiziqishni hosil
etishdir. Maqolaga qiziqishi mavjud boʻlganlarning eʼtiborini jalb qilish
uchun sarlavha maqola mazmuniga imkon qadar aniq va toʻliq mos kelishi kerak.
Shuning uchun sarlavha uchun soʻzlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak,
ayniqsa ularning mazmuniga, ahamiyatiga va mosligiga eʼtibor berish kerak.
Agar sarlavha maqola mazmunini toʻgʻri yetkazmasa, ushbu maqola mutaxassislar
tomonidan hech qachon oʻqilmasligi mumkin.
Maqola nomi juda uzun yoki juda qisqa boʻlmasligi kerak va 3-15 soʻzdan
iborat boʻlishi kerak (artikl, old-qoʻshimchalar, predloglardan tashqari).
Baʼzida maqolalar sarlavhalari keraksiz soʻzlar (waste words) mavjudligi
sababli juda uzun boʻladi, va u soʻzlar hech qanday maʼlumot bermaydigan
soʻzlardir. Koʻpincha, bunday soʻzlar sarlavhaning boshida keladi.
Yaxshi maqola sarlavhasining asosiy xususiyatlari:
1) Kamida 3 ta va 15 tadan koʻp boʻlmagan soʻzlardan iborat.
2) Maqolaning oʻziga mos.
3) Keraksiz (waste words) soʻzlarini oʻz ichiga olmaydi.
Maqolaning abstract yani annotatsiya qismi: Maqolaning keyingi boʻlimi – maqolaning qisqacha mazmunini aks ettiradi. Rus tilida bu koʻpincha “Referet”, “Annotatsiya” va ingliz tilida “Abstract”, “Resume”, “Summary”, deb nomlanadi. Oʻqilishi darajasi boʻyicha
Annotatsiya maqola sarlavhasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi. Uning
vazifasi – potensial oʻquvchilarni maqolaning mazmuniga yoʻnaltirish va
qiziqtirish, maqolani toʻliq oʻqish uchun istagini uygʻotishdir.
Annotatsiyada maqolaning barcha boʻlimlar boʻlishi kerak, ammo juda
qisqartirilgan shaklda. Agar annotatsiya yaxshi yozilgan boʻlsa, unda maqolaning
mazmuni sizning ishingiz bilan qanday bogʻliqligini tez va aniq bilib
olishingiz mumkin. Bu esa maqolani toʻliq oʻqish zarurligi toʻgʻrisida qaror
qabul qilishga yordam beradi. Odatda annotatsiya hajmi 250 soʻzdan ortiq
boʻlmasligi kerak. Annotatsiya bitta abzas koʻrinishida yoziladi va quyidagilarni
oʻz ichiga oladi:
1.Tadqiqot maqsadi
2. Tadqiqot metodlari
3. Natijalar
4. Asosiy xulosalar
Agar ruxsat etilgan soʻzlarning maksimal soni 250 tani tashkil etsa va siz
atigi 100 soʻzdan foydalansangiz, demak, annotatsiya maqolaning mazmunini toʻliq aks ettirmagan bo‘ladi. Bundan tashqari, annotatsiyaning mazmuni kelitirilgan 4 boʻlimni yetarli darajada koʻrsatish kerak. Maqolada keltirilgan tadqiqot maqsadini tavsiflash uchun 200 ta soʻz, maqolaning qolgan barcha (3 ta) boʻlimlarining mazmunini yetkazish uchun 50 ta soʻzni ishlatish mumkin emas. Maqola matnida mavjud boʻlmagan maʼlumotlarni Annotatsiyada keltirilmaydi.
Kalit soʻzlar (Keywords) Kalit soʻzlar maqolani bazalarda qidirish uchun kerak. Mazmuni va
maʼnosi nuqtai nazaridan, kalit soʻzlar annotatsiya va maqolaning mazmuniga
yaqin boʻlishi lozim. Kalit soʻzlar
bosh kelishikdagi so‘zlar orqali ifodalanadi. Kalit soʻzlar soni odatda 10 dona atrofida boʻlishi tavsiya etiladi va odatda jurnal talablari tomonidan belgilanadi.
Kirish Kirish boʻlimida tadqiqotning zarurligi va dolzarbligi uchun asoslar
keltirilishi kerak. Odatda, kirish boʻlimi toʻrt qismga boʻlinadi:
1) Ilmiy kontekstni yaratish (establishing a context)
2) Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish ( reviewing the literature)
3) Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammolar, oʻrganilmagan
muammolar va oʻrganilmagan boʻshliqlar tavsifi (establishing a research gap)
4) Aniqlangan muammolar va boʻshliqlar asosida tadqiqot maqsadini va
vazifalarini aniqlash (stating a purpose).
Ilmiy kontekstni yaratish: Ushbu boʻlimda maqolada keltirilgan
tadqiqotni katta muammoning qanday bir qismligini koʻrsatish kerak.
Mavzuingizga doir iloji boricha koʻproq maqolalarni oʻqing. Boshqa maqolalarda
mualliflar ilmiy kontekstni qanday tasvirlayotganiga katta eʼtibor bering.
Ushbu ilmiy kontekstning aniqligi yoki aniq koʻrsatilmaganligi, sizning
tadqiqotingizni dolzarbligini aniqlaydi. Agar siz muammoni aniq bayon qila
olmasangiz, unda oʻquvchida maqolani oʻqishga qiziqish uygʻonmasligi mumkin.
Agar muammoni tushunmagan oʻquvchilar maqolani oxirigacha oʻqishga harakat
qilsalar ham, siz aʼlo darajada hal qilgan muammo ularda hech qanday taassurot
qoldira olmaydi. Bu jihatdan ilmiy maqola yozishni oddiy jurnal yoki gazeta
uchun maqola yozish bilan taqqoslash mumkin. Jurnal oʻquvchilari maqolani
oxirigacha oʻqishlari uchun dastlab diqqatni jalb qilish kerak.