3-mavzu. Jahon tajribasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyaTI



Yüklə 33,11 Kb.
səhifə5/5
tarix21.05.2022
ölçüsü33,11 Kb.
#58899
1   2   3   4   5
3-МАВЗУ-22

ta’kidlab o‘tmoqdalar .
Xitoyda mavjud bo‘lgan barcha shahar va mikrorayonlarni jamoat tashkilotlari sayi harakatlari bilan rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham bu tashkilotlarning demokratik o‘z-o‘zini boshqarish asoslarining yaratishdagi o‘rni beqiyos hisoblanadi. Oxirigi o‘n yilliklarda Xitoy siyosiy boshqaruvida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Xususiy sektor va nodavlat tashkilotlarning xitoyliklar hayotida tobora ahamiyati oshib borayotganligi sababli davlat siyosiy boshqaruv sohasida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Xususan, partiya va hukumat rahbarlarining demokratik asosda saylanishi tartibi XXR hududlarida samarali davlat boshqaruvini amalga oshirishga ko‘maklashmoqda. O‘z navbatida Xitoy davlati boshqaruvida qayta aloqa tamoyilini amalga oshirishga harakat qilinmoqda. Bunda alohida e’tibor har nima bo‘lgan ham davlatning umumiy siyosiy barqarorligiga erishishga qaratilmoqda2.
Uzoq Sharqda konfutsichilik ana’analarini saqlab qolgan va milliy qadariyatlar tizimiga qat’iy amal qiladigan davlat Janubiy Koreya hisoblanadi. Bu davlatda fuqarolik jamiyati jamoaviylik tamoyiliga asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy-siyosiy barqaorlikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan bir qatorda davlat va jamiyat munosabatlarini modernizatsiya qilishda muhim o‘rinni egallaydi.
Janubiy Koreyada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida liberal demokratik tamoyillarni ana’naviy jamiyat boshqaruvi me’yorlari bilan uyg‘un holda tadbiq qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuning bilan bir qatorda bu mamlakatda rivojlanayotgan fuqarolik jamiyati instutlari ―xukumat-fuqaro-huquq modelidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi.
Insoniyat tarixida katta hududlarni egallagan rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda kichik davlatlar ham mavjud. Singapur aynan shunday shahar-davlat hisoblanadi. Singapur qishloq xo‘jaligi yoki biror tabiiy resurslariga ega emas, ammo suvni ham import qilishga majbur bo‘lgan Singapur o‘z mahsulotlarini Rossiyadan uch barobar ko‘p miqdorda eksport qiladi. Siyosatshunos N. Gardele bu haqida shunday yozadi: «Ehtimol butun yer yuzida Singapurchalik tartiblilik, yuqori texnologiyalar, boy o‘rtacha sinf, madaniyat va tolerantlik bilan XXI asrga qadam qo‘yishga tayyor shahar-davlat bo‘lmasa kerak.
Hali 1965 yilda ham Singapur iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan Chili, Argentina va Meksika bilan bir darajada turgan edi, endilikda esa bu mamlakatda ishlab chiqarishi aholi jon boshiga yuqoridagi mamlakatlardan 5 barobar ko‘p. Ichki yalpi mahsuloti — 136 milyard dolllarni tashkil etadi. Daromadi bo‘yicha aholi jon boshiga 45 ming dollardan ziyodni tashkil qilayotgan bu mamlakat jahonda yetakchilik qilmoqda.
Xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida Singapurda korruptsiya va jinoyatchilik ko‘rsatkichi jahonda eng quyi darajada ekanligi aniqlangan. Singapur respublikasi – qirq yillik milliy suverenitetidan keyin rivojlanayotgan emas, ―rivojlangan mamlakat maqomini olgan Janubiy Sharqiy Osiyodagi yagona mamlakatlardan biri hisoblanadi .
Hozirgi davrda Singapur – yuqori farovonlikdagi hayot tarziga ega yirik ishlab chiqarish markazidir. Bu yerda siyosiy jarayon uch ketma-ket bosqich bo‘yicha rivojlanib borgan. Birinchi bosqichda avtoritar rejim joriy etilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa iqtisodiy rivojlanishga urg‘u berilgan, shuningdek jiddiy siyosiy masalalar ayni shu bosqichda hal etilgan. Uchinchi bosqichda 14 – ishlab chiqarish modernizatsiyasi amalga oshirilgan va siyosiy tizim yanada takomillashtirilgan.
Siyosiy jarayoning asosiy ishtirokchisi sifatida davlat, fuqarolik jamiyati, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligi bu davlatda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Singapur davlatida ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat ustidan nazorat o‘rnatgan. Chunki aynan davlat vazirliklar orqali muhim strategik qarorlarni qabul qilish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalar ustidan nazoratni amalga oshirish va monopoliya huquqlaridan foydalanadi.
Hukumat va jamiyat bilan vositachi sifatida aynan siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi.
Singapurda Yevropa namunasi asosida ko‘p partiyaviylik va xalq harakati ustunlik qiladi.
Singapurda barcha partiyalar konstitutsion-huquqiy rasmiylashtirilgan va qonuniy maqomga ega bo‘lib siyosiy jarayon va demokratiyaning ajralmas atributi hisoblanadi .
Singapur davlatining keyingi rivoji jamiyatni demokratlashtirish bilan bog‘liq. Oxirgi yillarda bu yerda demokratiyani takomillashtirish davlat strategiyasi aniqlab olindi. Bular quyidagi islohotlarni amalga oshirishda o‘ziga xos o‘rinni egallaydi:
- jamiyatning ijtimoiy yaxlitligini mustahkamlash;
- yagona singapur millatini shakllantirish;
- iqtisodiy taraqqiyot, ta’lim tizimini modernizatsiyalash; - korruptsiya bilan kurash.
Mazkur yo‘nalishlar demokratik jamiyat qurishning asosiy sharti hisoblanadi. Davlat bilan birga siyosiy tuzilma tashqarisida shakllanuvchi fuqarolik jamiyati bu davlatda katta o‘rin tutadi. Singapur hukumati demokratik, biroq o‘ta markazlashgan va qat’iy boshqariluvchi davlat doirasida xalq mandatini saylovlar orqali qo‘lga kiritib borgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot esa demokratik qadriyatlarning shakllanishiga asos bo‘lgan, hukumat tepasiga yangi siyosiy yetakchilar avlodining kelishi bu davlatda o‘ziga xos fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga sharoit yaratib berishi mumkin .
Singapurda samarador davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda quyidagi islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan:
Birinchidan, hukmron partiya hanuz yirik siyosiy partiyaligicha qolmoqda. Chunki u turli sohalarda davlat boshqaruvidagi noyob tajribasiga ega.
Ikkinchidan, iqtisodida bozor tamoyillar amal qiladi, biroq davlat asosiy xalq xo‘jaligi tarmoqlarini boshqaradi va nazorat qiladi.
Uchinchidan, boshqaruv organlarining, davlat muassasalariga eng munosib kadrlarni to‘g‘ri tanlashi va taqsimlashi samarali natijalarni bermoqda.
To‘rtinchidan, puxta o‘ylangan ta’lim tizimi ijtimoiy mobillikning muhim omili sifatida xizmat qilib qabul qilinan qarorlarning yuqori professionallik darajasini ta’minlangan.
Beshinchidan, milliylik masalasining hal etilgan va etnik diskriminatsiya yo‘q, etnik teng huquqlilik jamiyat barqarorligining muhim sharti sifatida qaror topgan. Oltinchidan, ma’naviy-axloqiy asos sifatida, mamlakat siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi – insoniy munosabat, muomala, tartib-intizom va o‘zarokelishuvga katta e’tibor qaratilgan. Yettinchidan, Singapurning iqtisodiy rivoji va boshqa ijtimoiy muammolarning hal etilishi omma siyosiy hayotini faolashtirgan va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish, zamonaviy parlamentarizmni rivojlanishiga asos bo‘lgan. Siyosiy barqarorlik o‘z navbatida samarali iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan .
Davlat iqtisodiyot sohalarini keng miqyosda qamrab olgan bo‘lsada bu mamlakat jahon hamjamiyatidan uzib qo‘yilmagan. U boshqa mamlakatlar va umuman xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu mamlakat mana bir necha o‘n yillardan beri o‘z yo‘lidan borish va bu yo‘ldan qaytmaslik tamoyiliga qattiq amal qiladi. Bu yo‘lning mazmunmohiyati – jamiyatning konkret-tarixiy sharoitini, milliy, diniy, madaniy xususiyatlarini hisobga olish; iqtisodiy taraqqiyotga an’anaviy axloqiy va madaniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda erishishdan iborat.
Singapur ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, yaqin orada uning ijtimoiy-siyosiy hayotida biror bir jiddiy o‘zgarish yuz berishi amri mahol. Chunki hukumat tuzilmalaridagi o‘zgarishlar asta-sekin, shakllanib bo‘lgan va bunday o‘zgarishlar siyosiy tizimga dahl qilmagan holda amalga oshirilgan. Hukumat rahbarlarining hukumat tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni ko‘pchilik aholining hurmat va e’tirofiga sazovor bo‘lgan an’anaviy siyosiy institularni saqlab qolish bilan birgalikda amalga oshirishi, mavjud hukumat faoliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlanishiga sabab bo‘lmoqda.

Nazorat savollari


1. G‘arb mamlakatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining paydo bo‘lishidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillar
2. AQShda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘ziga xos faoliyati
3. Germaniyada davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro munosabati
4. Frantsiya, AQSh va qator boshqa rivojlangan mamlakatlarda davlat organlarining OAV bilan o‘zaro hamkorligi
5. Xitoyda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘zaro xamkorlik siyosati
Test savollari
1. AQShda fuqarolik jamiyatining dastlabki rasmiy institutlari sifatida qaysi muassasalar faoliyat yuritgan?
A. Gildiyalar va korporativ birlashmalar.
B. yangi va eski tipdagi uyushmalar va korporativ birlashmalar
C. Hunarmand va savdogarlarning o‘z-o‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarish institutlari
D. Diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar
2. Germaniyada fuqarolik jamiyati institutlarining dastlabki faoliyati qanday shaklda amalga oshgan?
A. Davlat bilan o‘zaro aloqadorlikda faoliyat yurituvchi tizim sifatida
B. Jamiyat bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatuvchi tizim sifatida
C. Diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar sifatida
D. Gildiyada o‘z aksini topgan hunarmand va savdogarlarning o‘zo‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga o‘z ta’sirini o‘tkazishning dastlabki shakli sifatida
3. Rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi. Bu jarayondagi asosiy printsip nomini ko‘rsatib o‘ting?
A. Jamiyat manfaatlarini ustuvorligi
B. Inson manfaatlarining muhimligi
C. Demokratik qadriyatlarning ustunligi
D. Shaxs erkinligi oliy qadriyat ekanligi
4. AQSh, Buyukbritaniya, Avstraliyada qaysi printsip sabab davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. A. Jamiyat manfaatlarini ustuvorligi
B. Inson manfaatlarining muhimligi
C. Demokratik qadriyatlarning ustunligi
D. Shaxs erkinligi oliy qadriyat ekanligi
5. Germaniya ijtimoiy-siyosiy hayotida davlatning roli qanday baholanadi?
A. Milliy birdamlik g‘oyasini mustahkamlashga xizmat qiladi
B. Shaxsiy erkinlik davlat qudratiga bog‘lab talqin etiladi
C. Davlat kuchli bo‘lsagina, shaxs qiziqishlari va erkinligini himoya qila oladi
D. Davlatning jamiyat hayotini barqarorlashtirishdagi ahamiyati kuchli hisoblanadi.
6. Germaniyada davlat tuzilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Bunda qaysi g‘oya ustuvor ahamiyat kasb etadi?
A. Shaxs erkinligi
B. Inson mafaatlari ustuvorligi
C. Demokratik qadriyatlarning ustunligi
D. Milliy birdamlik g‘oyasi
7. Davlat tartibi g‘oyasi, milliy birdamlik shaxs erkinligidan ustun qo‘yiladigan mamlakatlar to‘g‘ri keltirilgan qatorni toping?.
A. Angliya, Frantsiya va Germaniya
B. AQSh, Frantsiya va Yaponiya
C. Frantsiya, Italiya va Norvegiya
D. Germaniya, Frantsiya va Yaponiya
8. Nomi quyida keltirilgan qaysi mamlakatda fuqarolarning davlat organlari faoliyati to‘g‘risida erkin axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish ko‘p qirrali va murakkab jarayon sifatida baholanadi? A. Angliya
B. AQSh
C. Frantsiya
D. Germaniya
9. Yevropada davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga qaysi huquqiy-me’yoriy xujjatlar kiradi?
A. BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi rezolyutsiyasi, Yevropada davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha oq kitob, Yevropada nohukumat tashkilotlar mavqeining asosiy
printsiplari va boshqa shu kabi halqaro xujjatlar
B. NNTlarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarish haqidagi me’yoriy-huquqiy xujjatlar
C. Bunday xujjatlar yagona tizimga keltirilmagan
D. Xorvatiya hamkorlik dasturi, Estoniya fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi Vengriyaning fuqarolik jamiyatiga nisbatan davlat strategiyasi 10. Xitoylik sotsiologlarning fikricha, fuqarolik jamiyati bu?
A. Fuqarolik jamiyati nodavlat va davlatdan tashqari tashkilotlar
B. Ijtimoiy tarmoqlar, fuqarolar va nodavlat tashkilotlari
C. Fuqaroviy-ijtimoiy tashkilotlar
D. Fuqarolik jamiyati bu asta-sekin qudratli davlatning bozor va ijtimoiy munosabatlar sohasidan chetlashtirilishi, fuqarolik jamiyatining muhim komponentlaridan biri fuqaroviyijtimoiy tashkilotlarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi tizim.
Yüklə 33,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin