3-mavzu. Jahon tajribasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyaTI



Yüklə 33,11 Kb.
səhifə2/5
tarix21.05.2022
ölçüsü33,11 Kb.
#58899
1   2   3   4   5
3-МАВЗУ-22

Germaniyada ―uchinchi sektor fuqarolik jamiyati, faol fuqarolik va birdamlik hissi – yaqin yaqingacha faqat siyosatshunoslarni qiziqtirgan tushunchalar endilikda barcha ijtimoiy-gumanitar soha vakillari tomonidan muhokama qilinmoqda. Buning siri nimada? Nima sababdan bugun uning ahamiyati bunchalik oshgan? Birinchidan ―uchinchi sektor – fuqarolik jamiyatining tashkiliy infratuzilmasi – uzoq yillar davomida rivojlanuvchi iqtisodning muhim tarmog‘iga aylandi. Masalan, birgina Germaniyaning o‘zida 1990 yildan 1995 yilgacha u 30% o‘sdi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, uchinchi sektor mehnat bozori uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 90 yil o‘rtalariga kelib Germaniya aholisining tahminan 2,1 mln. (ish bilan banlarning 5%) notijorat sektorda bo‘lgan. Boshqa mamlakatlarga nisbatan Germaniyaning ―uchinchi sektori o‘zining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra ― o‘rtacha hisoblanadi. Unchalik katta bo‘lmagan boshqa G‘arb mamlakatlari - Niderlandiya, Irlandiya, Belgiya – bu jihat bo‘yicha 10% gacha chiqqan xolos. Sababi davlat va ―uchinchi sektor o‘rtasida bevosita va uzluksiz hamkorlik bu mamlakatlarda Germaniya darajasida rivojlantirilmagan. Germaniyada davlat va ― uchinchi sektor o‘rtasidagi subsidarlik tamoyilining qo‘llanilishi beg‘araz yordam bilan chegaralanadi.
Iqtisodiy jihatdan Germaniyada ―uchinchi sektor davlat moliyaviy resurslariga bog‘liq. Beg‘araz fondlar va ularning davlat tomonidan moliyalashtirilishi ―uchinchi sektorning davlatga bog‘liqligini oshiradi. Va bu jihat ayniqsa boshqa davlatlar bilan solishtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Katta moliyaviy yordam olishda ifodalanuvchi siyosiy partiyalar va davlatga yaqinlik ―uchinchi sektor elementlarini fuqarolik jamiyatidan tashqarida bo‘lishiga va kvazidavlat sektoriga kirishiga olib keladi. Biroq ― uchinchi sektor ― ezgu ishlar homiyligidan iborat emas. Tashkilotlarda o‘tgan vaqt uchun to‘lanmaydigan pul miqdori to‘liq bandlikdagi millionlab odamlarga to‘lanadigan pulga teng bo‘lgan. Jamoatchilik asosidagi faoliyatning manbai bo‘lgan birdamlik hissi fuqarolik jamiyati mavjudligining muhim asosi hisoblanadi. Oxirgi tadqiqotlar ko‘rsatishicha, Germaniyada 14 yoshdan katta bo‘lganlarning 34% jamoatchilik asosida (―uchinchi sektor tashkilotlarida - 80%) faoliyat olib borib, bunga haftasiga o‘rtacha 5 soat vaqtini sarflaydi.
Oxirgi uch o‘n yillikda Germaniyada fondlar soni tobora oshib bormoqda. Ularning faoliyati qonuniy asos bilan mustahkamlanadi. Ular orasida yangi turdagi fuqarolik yoki shahar fondlari bo‘lib, bunda tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar hamkorlik asosida mahalliy miqyosda u yoki bu muammoni bartaraf qilish yo‘lida birlashadi. Germaniyaning yangi yerlarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 1990 y. Sharqiy Germaniyada haqiqiy ― portlash bo‘lgan, bunda 80.000 to 100.000 gacha jamiyatlar tashkil topgan. Germaniyada tuzilgan tashkilotlar o‘ziga xos jihati ijtimoiy-siyosiy jihatdan markaziy sohalar – atrof-muhitni saqlash va xalqaro faoliyat jabhasidagi dinamikasi bilan bog‘liq. ―Uchinsi sektor tashkilotlari a’zolarining tobora oshib borishi uning odamlar hayotiga kirib borganligidan dalolat beradi. Qolaversa, ―uchinchi sektor ko‘p jihatdan jamiyatning o‘z-o‘zini tashkillashtirish va innovatsiyalarga nisbiy layoqatidan dalolat beradi. Ya’ni bu faoliyatdagi yangilik asosan hukumat faollik ko‘rsatmagan sohalarda yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan bu hodisani ijobiy baholash mumkin. AQShda kuzatilayotgan "Bowling alone" – ijtimoiy faollik halokati fenomeni Germaniya jamiyatiga xos emas.
Qiziqishlarni ifodalash funktsiyasi bunda qanday amal qiladi? degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Eng yangi jarayonlar shuni ko‘rsatadiki, ―mavzu advokatlari deb nomlanuvchi atrof-muhitni saqlash va xalqaro faoliyat tashkilotlariga pulni sarflash va ularda jamoatchilik asosida ishtirok etish modaga aylanyapti. ―Mavzu advokatlariga o‘xshashlarning mavjudligini, ―uchinchi sektorning davlat funktsiyalariga ta’sir qilishi yoki davlatning amal qilish chegarasini ko‘rsatishga qodirmi? Germaniya misolida biz buning qarama-qarshi, ammo umuman olganda ijobiy natijalarini ko‘ramiz. Aynan yangi va o‘ziga mustahkam ishonchi bo‘lgan, davlat otalig‘idan tashqarida vujudga kelgan tashkilotlar o‘ziga xos fuqarolik jamiyatidan dalolat beradi. ―Uchinchi sektor va siyosatning boshqa sohalarini oladigan bo‘lsak, fuqarolik jamiyati ustuvorliklari, pruss-protestant etatizm va katolik paternalizmni o‘zida mujassam etgan Germaniya an’anasiga ziddir. Mazkur etatistik-paternalistik an’ana subsidarlik kontseptsiyasida o‘z ifodasini topadi. Subsidar hisoblangan va shu bilan birga markaziy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga munosib bo‘lgan tashkilotlar avvalo huquqiy chegaralar bilan belgilanadi, bu o‘z navbatida unchalik katta bo‘lmagan tashkilotlar imkoniyatlarini chegaralaydi. Bunda fuqarolik jamiyatining emas balki davlat va kommunalar qiziqishlari himoya qilinadi.


Yüklə 33,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin