To`plam birliklari – statistik to`plamni bunyod etuvchi unsurlardir



Yüklə 22,89 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü22,89 Kb.
#168387
  1   2   3   4   5   6
Bosh va tanlanma to\'plamlar



To`plam birliklari –
statistik to`plamni bunyod
etuvchi unsurlardir.
Statistika o`rganadigan to`plamni

bunyod etuvchi unsurlar uning birliklari deb ataladi. To`plam tuzish, demak, uni


tarkibiga kiruvchi birliklarni aniqlashdir. Bu jarayonda ikkita masala yechiladi: birinchidan, birlik ta`riflanadi, ya`ni ularni bir-biridan va boshqa birliklardan ajratuvchi chegaralar belgilanadi;
ikkinchidan mazkur statistik to`plam tarkibiga kiradigan va kirmaydigan
birliklar aniqlanadi. To`plam birligi turli belgilarga ega. Ularning asosiy turlari

Belgi – to`plam birligining alomatlari, xislati va h.k.
quyidagilardan iborat . Har qanday to`plam birligi o`ziga xos alomatlar, xislatlar, xossalar majmui bilan xarakterlanadi va ular uning belgilari deb ataladi. Statistik to`plamlar muhim belgilar asosida tuziladi. Ular ayrim birliklarda turli shakllarda namoyon bo`ladi, natijada birliklar birbiridan farq qiladi.

Variatsion belgi – birlikdan-birlikka farqlanuvchi belgidir. Atributiv belgi –
mazmunan bir - biridan farqlanuvchi belgi, miq doriy belgi esa
– qiymatga ega bo`luvchi, son bilan ifodalanuvchi belgi.

Bunday belgilar variatsion belgilar deb ataladi. Belgilar so`z bilan yoki son bilan ifodalanishi mumkin. Birinchi holda atributiv (sifat) belgilar, ikkinchisida -


miqdoriy belgilar deb yuritiladi. Atributiv belgilar to`plam tarkibiga kiruvchi birliklarni
aniqlashga bevosita aloqadordir. Bunday belgilarning o`zgaruvchanligi birliklarni
muqobil holatda talqin etganda ko`zga tashlanadi. Miqdoriy belgilar hamma to`plam birliklari uchun teng bo`lishi, bir son bilan ifodalanishi mumkin. Masalan, barcha avtomashinalar to`rtta g`ildirakka ega, bir xil markali mashinalar motori odatda teng quvvatga ega. Odamlarning sezish, ko`rish, hid bilish, ishlash va harakat qilish organlari son jihatdan teng va h.k. Bunday miqdoriy belgilar statistic to`plam tuzish uchun asos bo`la olmaydi. Aksariyat, miqdoriy belgilar
to`plam birliklarida turlicha ifodalanadi, bir-biridan farqlanadi, variatsiyaga (o`zgaruvchanlikka) ega. Avtomashinalar bosib o`tgan yo`l, bajargan ish (tashigan yuk hajmi), korxonalar ishlab chiqargan mahsulot hajmi, ularda ishlayotgan ishchilar soni va h.k. bunday miqdoriy belgilarga misol bo`la oladi. Aynan shunday birlikdan birlikka o`zgaruvchanlikka ega
bo`ladigan belgilar asosida statistik to`plam tuziladi. Ular statistikaning o`rganish predmeti hisoblanadi. Miqdoriy belgilar uzluksiz o`zgaruvchanlikka yoki tadrijiy (darajama-daraja) o`zgaruvchanlikka ega bo`lishi mumkin. Bu hol jarayonning tabiatidan kelib chiqadi.


Yüklə 22,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin