To`plam birliklari – statistik to`plamni bunyod etuvchi unsurlardir



Yüklə 22,89 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü22,89 Kb.
#168387
1   2   3   4   5   6
Bosh va tanlanma to\'plamlar

Saflangan qatorlar.

Variatsion qatorlarning eng sodda shakli saflangan (bo`ysiralangan, ranjirlangan) qatorlardir.


Ayrim miqdoriy belgilar asosida statistik Diskret qatorlar – to`plam birliklarini uzuqli o`zgaruvchi belgi asosida guruhlash natijasidir. to`plam belgilarini bo`ysiralash yo`li bilan ko`payuvchi yoki kamayuvchi shaklda tuzilgan qatorlar saflangan qatorlar deb ataladi.
Diskret qatorlar. Agarda saflangan qator tayanchi bo`lib tadrijan, darajama-daraja, uzuq-uzuq o`zgaruvchi belgi xizmat qilsa va uning ayrim miqdoriy qiymatlari tez-tez takrorlanib tursa, ularni sanab, muayyan variantaning variantlar sonini, sig`im, haj mini,vaznini aniqlash mumkin. Natijada saflangan qatorga qaraganada variantalarning umumiy soni qisqaradi va har biri bir qancha birliklarni qamrab oluvchi guruh maqomini oladi. Bunday ikki unsurdan tashkil topgan
taqsimotlar diskret variatsion qatorlar deb ataladi.

Oraliqli variatsion qatorlar.
Cheksiz o`zgaruvchan belgiga tayangan qator unsurlarini kattaroq miqdoriy o`lchamlarda
ifodalash uchun to`plam birliklarini muayyan belgiga qarab teng kattalikdagi oraliqlarga
bo`lish joizdir. Natijada oraliqli variatsion qator hosil bo`ladi. Demak, bunday qator ikki unsurdan varianta oraliqlar va har bir oraliqqa tegishli bunday birliklar sonidan tarkib topadi. Birinchi element varianta ikkinchisi birliklar yoki variantlar soni deb yuritiladi.


Oraliq soni va kengligini aniqlash.
Oraliqli variatsion qatorlar tuzish jarayonida bir qator muammolar paydo bo`ladi. Eng asosiy muammo oraliqlar (tasnifiy guruhlar) soni va chegarasini aniqlashdir.
Bu masalani yechish tekshirishda ko`zlangan maqsad va to`plangan materiallarning xususiyatlariga bog`liq. Tekshirish quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi:
· boshlang`ich ma`lumotlarda bevosita ko`z ilg`amay yashirinib yotgan, tabiatan ommaviy jarayonga xos bo`lib uning o`zgaruvchanligi (tebranuvchanligi) da yuzaga chiquvchi qonuniyat va xususiyatlarni taqsimot qatorlari yordamida oydinlashtirish, yaqqol va jozibali qilib
tasvirlash;
· taqsimot qatorlarini qayta ishlash yo`li bilan turli umumlashtiruvchi ko`rsatkichlar olish va ulardan foydalanib o`rganilayotgan jarayonlarni har taraflama chuqur tahlil qilish.
Buning uchun:
-oraliqlar kengligi o`zgarmas va optimal me`yorda bo`lishi;
-birinchi boshlang`ich oraliq eng kichik belgini, oxirgi oraliq esa eng katta
belgini o`z ichiga olishi;
-qator oraliqlari o`rganilayotgan to`plam tuzilishini obyektiv tasvirlovchi taqsimotni shakllantirishi, me`yoriy mutanosiblik nafaqat guruhlar orasida,
ularning ichida ham bo`lishini ta`minlashi;
-markaziy oraliqlar mumkin qadar g`ujjak variantalardan, ya`ni to`liq va
zich joylashgan birliklardan iborat bo`lishi lozim.
Maxsus adabiyotda variatsion qator oraliqlarining maksimal yoki minimal sonini aniqlash uchun turli mezonlar taklif etilgan, ularning ko`pchiligi yetarli darajada aniqlik bilan o`rtacha ko`rsatkichlarni hisoblash va shu bilan birga ko`rimli variatsion qatorlar tuzish imkonini
beradi. Amerika statistigi Sterjess (Sturgess,.1926) quyidagi mezonni taklif etgan:
K £ 1+3.32 lg = 1+1.441 lnN
Bu yerda K - taqsimot oraliqlarining l minimal soni; N - to`plam hajmi (birliklar soni); g - o`nli logarifm; ln - natural logarifm. K. Bruks va N. Karuzes tomonidan taklif etilgan quyidagi formula
Sterjess mezoniga yaqin natija beradi: K £ 5 lg N



Yüklə 22,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin