hj = h0 / (aj / a0). bu yerda: h0 - standart oraliq variantlar soni uchun masshtab; hj - boshqa oraliqlar uchun masshtab; aj - tegishli oraliq kengligi; a0- standart oraliq kengligi.
6.2-jadval ma`lumotlari asosida 1989 yilda jazoga hukm
qilinganlarning yoshi bo`yicha taqsimoti quyida tasvirlangan.
Variatsion qatorning taqsimot parametrlari Taqsimot qatorlari o`rganilayotgan statistik to`plam haqida to`la tasavvur beradi. Ammo bu tasavvur odatda haddan tashqari mufassallashgan bo`lib, ko`pdan-ko`p ikir-chikirlarga, mayda-chuyda tavsilotlarga ega bo`ladi. Natijada to`plamning asosiy xossalarini ilg`ab
olish mushkullashadi. Shu munosabat bilan ularni bir nechagina
miqdorlar bilan ifodalash masalasi tug`iladi. Bu esa taqsimot qatorlarini qisqartirib, umumiy holda ta`riflash imkoniyatini beradi. Bunday miqdorlar statistik to`plamning tasviriy parametrlari yoki taqsimot qatorlarining umumlashtiruvchi ko`rsatkichlari deb ataladi. Parametr grekcha so`z («parametrom») bo`lib, o`lchab beruvchi degan lug`aviy ma`noga ega. Statistikada har xil to`plamlarni ta`riflovchi parametrlarni aniqlash deganda taqsimot qatorlarining shunday me`yoriy
o`lchovlari, ko`rsatkichlari nazarda tutiladiki, ularni solishtirish bu statistik to`plamlarni taqqoslash yo`li bilan birday oqibatga olib keladi. Statistik to`plamlarni taqqoslash ularning birliklarini tekislab, orasidagi farqlarni yo`qotib, to`plamlarni umumlashtirib ta`riflaydigan parametrlardan foydalanishni talab etadi. Shunday qilib, turli statistik to`plamlarni taqqoslash ularning o`rtacha ko`rsatkichlarini hisoblash va qo`llashni taqozo etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Ефимова Н.В. Практикум по общей теории статистики. 2-изд. – М.: Финансы и статистика, 2006.
2. Хартли Алик. Статистика. Первая книга: пер. С англ.; Под ред. О.Э.Башиной. – М.: Финансы и статистика, 2004.
3. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003.
4. И.Г.Венецкий. Вариационные ряды и их характеристики – М.: Статистика, 1970.
http://fayllar.org