3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri


Ikkiyuzlamachi  yoki  “Yolg’onchi  g’amxo’r”



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/48
tarix30.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56727
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
3-topic (1)

Ikkiyuzlamachi  yoki  “Yolg’onchi  g’amxo’r”  –  o’zini  sizga  yaxshilik  qilayotgan  kabi 

ko’rsatadi, biroq qalbida boshqalarga nisbatan adovat, ko’rolmaslik mavjud bo’lgan odam. 



“Surunkali  ayblovchi”  –  doimiy  ravishda  o’zgalarning  aybini  qidiradigan  (tirnoq 

orasidan  kir  qidiradigan),  o’zini  doimo  haq  deb  hisoblaydigan  shaxs.  Hayotda  uchraydigan  bu 

kabi odamlarning toifalari talaygina. 

Shu  munosabat  bilan  ziddiyatli  holatlarda  yoki  tarbiyasi  qiyin  odamlar  bilan  muomala 

qilganingizda siz nafaqat do’stlik degan tushunchaning ma’nosini anglaysiz, balki muomalaning 

yuksak sifatlarini ham o’zlashtirib borasiz. Dialektikaning ahamiyati aynan mana shu jarayonda 

namoyon  bo’ladi.  Ko’rinib  turibdiki,  ziddiyatlar  insonlararo  muomala  madaniyatida  tez-tez 

hissiyotli  holatlarni  yuzaga  keltiradi  va  ayni  paytda  munosabatlarni  chigallashtirishga  hamda 

murakkablashtirishga olib keladi. Ziddiyatli holatlarni yuzaga kelganda uning oldini olish uchun 

quyidagilarni tavsiya yetish mumkin: 

1.  Ziddiyatli  holatlarda  insonning  hatti-harakatini  aql  emas,  balki  hissiyotlar 

boshqarishini  unutmang.  Zero,  aql  yon  bergan  paytda  inson  o’zining  so’zi  va 

hatti-harakatiga javob bera olmaydi. 

2.  Muomalaning  ko’plab  muqobil  usullaridan  foydalaning,  suhbatdoshingizni  “jerkib” 

tashlamang, o’zingizga “Men ham yanglishishim mumkinku!?” degan savolni bering. 

3. Ziddiyatning mohiyatini to’laqonli tushunishga harakat qiling va “Mabodo ziddiyat hal 

etilmasachi?” degan xavotirdan yiroq bo’ling. 

4.  Agar  suhbatdoshingiz  qattiq  hayajonda  yoki  g’azablanayotgan  bo’lsa,  uni 

«sovutishga”  intiling,  zinxor  undan  baland  kelishga  urinmang:  o’zingiz  jim  bo’lingda,  undan 

buni talab qilmang.  

5. Suhbatdoshingizga o’zini sizning o’rningizga quyib ko’rishini so’rang, ya’ni “Agar siz 

mening  o’rnimda  bo’lganingizda  qanday  yo’l  tutgan  bo’lar  edingiz?”  degan  savolni  berib 

ko’ring. 

6. Qilgan xizmatingizni haddan ziyod maqtayvermang va minnat qilmang. 

7. 

Ziddiyatni 



yuzaga 

kelishiga 

sababchi 

bo’lgan 


hamkoringizni 

ha 


deb 

ayblayvermang.  

8. Har qanday holatda ham o’zaro munosabatni saqlab qolishga harakat qiling. O’ylaymizki, 

ushbu maslahatlar sizning kelgusi faoliyatingiz uchun zarur bo’ladi. 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin