birinchidan, inson umumiy madaniyatining bir qismidir, zotan madaniyatsiz odamda
nutq madaniyati ham bo’lmaydi;
ikkinchidan, u notiqning o’zidagi ilm va bilimni
boshqalarga yetkazish usulidir;
uchinchidan, obyekt va subyekt, notiq va tinglovchi o’rtasidagi munosabatni muayyan
qoida va tartiblar doirasida kechishi jarayonidir;
to’rtinchidan, obyektning subyektga, notiqning tinglovchiga yetkazadigan axborotlarni,
ma’lumotlarni shunchaki to’kib yoki qalashtirib tashlash emas, ularni dildan chiqarib, mo’tadil
marom, sevinch, hayajon, kuyunish, achinish, afsuslanish kabi xilma-xil holatlarda
tinglovchilarga yetkazish jarayonidir.