Soch turmagi. Insonning eng go’zal va eng tabiiy ziynati bu – sochlardir. Sochimizning
chiroyi hamda salomatligi doimo berib qo’yilmaganligini yoddan chiqarmasligimiz zarurdir.
Sochlarni chiroyli va e’tiborga tortarlik ko’rinishga ega bo’lishi uchun biz ularni har kuni
parvarish qilishimiz lozim. Ayol kishi o’ta zamonaviy kiyingan, qimmatbaho taqinchoqlarga
burkangan, yuz
qo’llari go’zal ko’rinishga ega bo’lishi mumkin, ammo sochlarining ko’rinishi
aytarli darajada yaxshi bo’lmasa – oxir-oqibat u istalgandek baribir hech bashanglik kasb
etmaydi.
Zamonaviy kosmetik ashyolar sochni sog’lom ravishda parvarishlashga ulkan va boy
imkoniyatlar yaratdi. Masalan, kalta sochlar uzunga nisbatan ko’proq e’tiborni talab qiladi.
Bo’yalgan sochlar ham xuddi shunga o’xshash talabga ega. Sochlarini to’liq bo’yaydigan (och
rangni to’q tusga va to’q rangni och tusga) ayollar, sochlarning holatiga diqqatli bo’lish
kerakligini unutmasliklari lozim, chunki tez o’sadigan sochlarning tubi ko’rinib xunuk ko’rinish
kasb qiladi.
Dostları ilə paylaş: |