MChJ nomi. Birinchi navbatda tashkil etishni rejalashtirgan MChJ nomini yagonaligini aniqlashingiz va uni zaxiralashingiz, ya’ni band qilishingiz zarur. Buning uchun Statistika Qo’mitasi saytiga kirib, uning “Firma nomi (Фирменное наименование)” varag’ida MChJ uchun tanlangan nomlarni o’zingizning paslort rekvizitlaringiz hamda joylashgan hududni ko’rsatgan holda kiritasiz. Javob 4 (to’rt) soatda ma’lum qilinadi. Taklif qilingan nomlardan biri yagonaligi tasdiqlansa nom 60 kun muddatga zaxiraga olinib, Sizga bu haqda 4 soatda ma’lum qilinadi. Xabarni Siz nomni zaxiralashga bergan arizangiz qabul qilinganda berilgan yagona login va parolni kiritgan holda aniqlaysiz. Agar Siz belgilangan muddatda MChJ ni ro’yxatdan o’tkazmasangiz, MChJ nomi boshqa shaxslarga berilishi mumkin. Agar rad javobini olsangiz, Siz bir kunda bir marta nom zaxiralash imkoniyatiga egasiz.
Quyida Davlat Statistika qo’mitasining rasmiy saytida mavjud firmalar nomlarini rasmiylashtirish bilan bog’liq jarayon bilan tanishib chiqamiz (4.1.1.-4.1.2.-rasmlar
Firma nomini onlayn ro’yxatga olish tartibi.
“Firma nomlari” darchasi tanlangandan keyin quyida so’ralgan ma’lumotlarni to’ldiriladi.
Firma nomini onlayn ro’yxatga olish tartibi. Umuman olganda, bir xil nomga ega jismoniy shaxslarga nisbatan “adash” atamasining qo’llanilishi barchamizga yaxshi tanish. Biroq yuridik shaxslar “adash” bo’lishiga qonunda ruxsat berilmagan. Shu sababli ularga berilajak nom markazlashtirilgan bazada tekshiriladi. Agar biz tanlagan nom bizdan oldin mavjud bo’lmasa, o’sha nom ostida faoliyatni boshlashga ruxsut beriladi.
Bugungi kunda firmalar nomlarini tanlashda ham e’tibor qaratish mumkin bo’lgan jihatlar talaygina. Misol uchun, firma nomi uning asosiy faoliyat turi bilan bog’liq bo’lishi, tanlangan nomning qisqa va jarangdor bo’lishi maqsadga muvofiq.
Asosiy faoliyat turi.MChJ ning asosiy faoliyatini aniqlagach uning Xalq xo’jaligi tarmoqlarining umumiy tasniflagichi (XXTUT-OKONX) dagi kodini aniqlash kerak. Chunki keyinga bosqichlarda firmaning asosiy faoliyat turiga qarab uning nizom jamg’armasi (ustav fond) shakllantiriladi.
MChJ ustav fondi miqdori.Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq MChJ tashkil etish uchun eng kam ustav fondi miqdori eng kam oylik ish haqining 40 baravarini tashkil etadi. Buni Siz juda oddiy formula, ya’ni eng kam ish haqi miqdori x 40 = ustav fondi miqdori orqali aniqlashingiz mumkin. 2012 yil 01 avgustdan boshlab korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazishda oldindan ustav fondining bir qismini shakllantirish talabi bekor qilindi. Biroq bu Sizni korxona ustav fondini bir yil muddatda shakllantirsh majburiyatidan ozod qilmaydi.
Shu bilan birga xalq xo’jaligining ayrim faoliyat turlari uchun qonun hujjatlari bilan ustav fondining eng kam miqdorining birmuncha yuqori stavkalari va shakllantirish shartlari mavjudligini bilishingiz lozim. Chunki turizm faoliyati uchun eng kam ish haqining 400 baravari, ulgurji savdo faoliyati 3500 baravari va shundan 1200 baravari lul mablag’lari bilan shakllanishi zarurligi to’g’risida talablar mavjud. Ag’ar MChJ ni chet el investitsiyasi ishtirokida va adliya organlarida ro’yxatdan o’tishini istasang’iz ustav fondi miqdori kamida 150 000 AQSh dollari bo’lishi kerak. Shu sababli Siz amalga oshirmoqchi bo’lgan faoliyatingiz turi litsenziya, yoki boshqa ruxsat talab qilishini oldindan o’rgangan holda MChJ tashkil etishingiz zarurligini talab qiladi. Bu Sizni vaqtingizni hamda qo’shimcha xarajatlaringizni tejaydi.
Pochta manzili.MChJ ning uning asosiy rekvizitlaridan biri hisoblanib, u qaysi hududda joylashishini belgilaydi. Amaldagi qonun hujjatlarida yuridik shaxs manzili noturar binoda bo’lishi zarurligi belgilangan. Biroqta’sischi bo’lgan jismoniy shaxs o’zining ro’yxatdan o’tgan yashash manzilini MChJ yuridik manzili sifatida ko’rsatishi mumkin. Yuridik manzil uchun shaxsiy, ijara va foydalanishga olingan noturar joylar ko’rsatilishi mumkin.
Ijro organi. MChJ ni ochishingiz bilan ish faoliyatini boshlashi uchun ijro organini tayinlashingiz zarur. Ijro organi yakka yoki kollegial bo’lishi mumkin. Bu Sizning tanlovingiz. Shunga ko’ra ijro organi turi va uning vakolatlarini belgilashingiz lozim.
Takdim etiladigan hujjatlar.Yuqorida qayd etilgan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishning xabardor qilish tartibi to’g’risida”gi nizomga muvofiq ro’yxatga olish organiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
Belgilangan shakldagi ariza-xabarnoma;
Davlat tilidagi ta’sis hujjatlari: ustav (yakka ishtirokchi) yoki ta’sis shartnomasi va ustav (ikki va undan ortiq ishtirokchi) 2 asl nusxada. Agar korxona bir dona shaxs tomonidan ochilsa, ta’sis shartnomasi taqdim etilmaydi. Ro’yxatga olishda ushbu hujjatlarning notarial taqdiqlash shart emasligi uchun, inslektsiya tomonidan hujjatlarni ilda tikish va varaqlar sonini yozish so’ralmoqda. Agar MChJ ishtirokchilari tarkibida chet el jismoniy yoki yuridik shaxsi bo’lsa ta’sis hujjatlari notarial tasdiqlanishi zarur;
Eng kam oylik ish haqining 1 barobari miqdorida davlat boji to’langanligi haqidagi bank to’lov hujjati (kvitantsiyasi). Agar MChJ ni adliya organlari orqali ro’yxatdan o’tkazish kerak bo’lsa davlat boji miqdori eng kam ish haqining 5 baravari va 500 AQSh dollari miqdorida;
MChJ nomini statistika organlari tomonidan tashkil etilgan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida zaxiralanganligini tasdiqlovchi yagona login va parol;
Muhr va shtamp eskizlari uch nusxada. Shu o’rinda 2012 yil 01 avgustdan e’tiboran yangi korxonalarga muhr va shtamp olish uchun ruxsat berish talabi bekor qilinganligini, hamda muhr va shtampni yasatish uchun korxonani davlat ro’yxatidan o’tganligini tasdiqlovchi guvohnoma va ta’sis hujjatlarini muhr yasovchiga yetarli ekanligini ma’lum qilamiz;
Ro’yxatdan o’tkazish.Barcha hujjatlar to’liq va to’g’ri topshirilgach MChJ 2 kun muddatda inspeksiya tomonidan ro’yxatga olinadi va tadbirkorga quyidagi hujjatlar beriladi:
Ro’yxatga olinganlikni tasdiqlovchi Guvohnoma asl nusxasi;
Ro’yxat oluvchi muhri bilan «ro’yxatdan o’tkazilgan» belgisi qo’yilgan ta’sis hujjatlari bir asl nusxadan;
Muxr va shtamp eskizi.
Ro’yxatga olishni rad uchun asos mavjud bo’lsa, inspeksiya tomonidan 3 ish soat ichida ariza beruvchiga ma’lum qilinadi.
Muhr va shtamp tayyorlash.Muhr va shtamp tayyorlashga korxona guvohnomasi va ta’sis hujjatlarini ko’rsatgan holda eng arzon yoki o’zingizga eng ma’qul muhr va shtaml tayyorlovchi korxonaga buyurtma berish yo’li bilan topshirishingiz kerak. Odatda muhr va shtaml 2 yoki 4 soatda tayyorlab beriladi;