qiladi. Biz, Yung jamoaviy ongsizlik tushunchasini talqin etishda ham mutlaqo
yangilik yaratdi, deb ayta olmaymiz, chunki uning fikrlari mazmunan Platonning
"tug’ma g’oyalar" haqidagi ta’limoti bilan deyarli bir xil . Aristotel ontologiyasida
esa, bu uning "borlikni kauzal tahlili"dagi "shakl" kategoriyasi mazmuniga mos
keladi. Buni biz yunon metafizikasidagi arxetiplar tushunchasi talkinidan, ya’ni
borlikning narsalardan oldin mavjud bo’lgan va shu narsalarning shakllanishida
"loyixa" vazifasini utaydigan g’oyalar mavjudligi va ular muayyan ierarxiya
tashqil etishi haqidagi qarashlar misolida ko’rishimiz mumkin. Bu qarashlar
ayniqsa emanatsiya ta’limotida keng aks etgan. Bu ta’limotga ko’ra, moddiyat
Dostları ilə paylaş: