olami kelib chiqquniga qadar g’oyalar bosqichma-bosqich (moddiylashuv
sari) tushib (cho’qib) boradi
Arxetiplarning har ikki dunyoni o’zaro bog’lovchi mexanizm sifatidagi roli esa
nomoddiy mohiyatdan moddiy narsalarni keltirib chiqaruvchi (shakllantiruvchi)
faoliyatida ko’rinadi.
Endi mazkur g’oyalarni Platonning "tana bilan ruhning uzviyligi hamda ontologik
jihatdan g’oyaning (ruhiyatning) birlamchiligi" haqidagi ontologik g’oyalari bilan
bog’lab tushunadigan bulsak, kishi uz nafsini tiyishi orqali erishiladigan ruxiy
musaffolik va poklangan insonlarning duolari xasta insonlarni soFlomlashuvining
mexanizmi qanday ekanini tasavvur etish imkoniga ega bulamiz. Buning uchun bu
dunyodagi soflanish orqali kashf etiladigan ruhiyat va u dunyodagi musaffo birlik
aslida bir butun, yagona, eng nomoddiy, sof, soFlom kuch-kuvvatning manbai
ekanini bilish maksadga muvofikdir. Ayni shu kuchga tayanish chin tabobatning
xam dasturulamali bula oladi. Bizning uluF bobokalonlarimiz, buyuk avliyo
ajdodlarimiz bu sirni yaxshi bilganlar.
Ongning «diskretligi - uzluksizligi» fundamental muammosini urganish uchun
yaxlit yondashuv talab etiladi. Bunday yaxlit yondashuvni K.Yungning «chukur
(teran, taxliliy) psixologiyasi»da kuzatish mumkin. Uning fikricha, «uta shaxsiy»
ongsizlik mavjudligi haqidagi faraz fakat nazariy tafakkur maxsuli emas. Unga
klinik amaliyot xam asos bo’lgan. Xususan, u mazkur amaliyot jarayonida
patsientlar uz tushlarida real xayotda uzlari xech kachon duch kelmagan, kup
jixatdan inson madaniyati tadkikotchilariga ma’lum bo’lgan mifologik syujetlarni
eslatadigan manzaralar va obrazlarni kurishlarini aniklagan. Yer kurrasining turli
burchaklaridagi turli xalqlarda patsientlar shifokorlarga yordam surab murojaat
etar ekanlar, bir-biri bilan kup jixatdan mos keluvchi tushlarni tavsiflashlari ayon
bo’lgan. Masalan, savodsiz, binobarin, Yevropa madaniyati bilan tanish bo’lmagan
xabashning tushiga yunon mifologiyasi obrazlari kirishi, SHark mistiklarining
FOyalari bilan tanish bo’lmagan yevropalikning tushlarida esa kadimgi xind va
kadimgi xitoy traktatlarida bayon etilgan manzaralar yoki obrazlar paydo bo’lishi
aniklangan.
Yung kadimgi Garb va Sharq madaniyatlari sohasida keng bilimlarga ega edi. SHu
tufayli xam u turli patsientlarning tushlaridagi manzaralar va kadimgi san’at
yodgorliklari o’rtasidagi aloqalarni osongina aniklagan. SHunga o’xshash
boFlanishni u tushlardagina emas, balki ruxiy kasallarning fantaziyalari va
gallyutsinatsiyalarida xam kashf kilgan. SHu tarika u jonning jamoaviy ongsizlik
obrazlari jamlangan «orqa plani» yoki «tungi yarmi» haqidagi koidani ta’riflagan.
«Jonning «tungi yarmi»dan xabarlar bizga
axyon-axyondagina keladi, zero ikki dunyoni bo’lovchi ko’priklar buzib
tashlangan».
Jamoa ongsizligining bunday arxetiplari dunyo evolyutsiyasi tajribasini o’zida tula
mujassamlashtiradi. Inson ruhiyati rang-barang «arxetiplar»ni uz ichiga oladi,
biroq ularning barchasi, Karl Yung fikriga kura, arxaik xususiyat kasb etadi va
fakat intuitsiya yordamida idrok etish mumkin bo’lgan, inson fantaziyasining
ongsiz faoliyati natijasida turli ruyolar va diniy tasavvurlar kurinishida yuzaga
chiqadigan obrazlarning kantcha «noumenlari» xisoblanadi .
«Arxetiplar» haqidagi bu koida xozirgi zamon odamining ongiga kiruvchi va uning
ruhiyatida inkilobga zamin yaratuvchi mistitsizm fenomenologiyasini tushunish
uchun uziga xos «kalit» bo’lib xizmat qiladi. Yungning uzi tushlarni ularning
prognostik faoliyati nuqtai nazaridan baxolaydi. Uning nazariyasida tushlar
kelajakni bashorat qilish vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Yung talkinida tushlar
rivoyat, nasixat, yo’l-yurik axamiyatini kasb etadi. Pirovard natijada tush telepatik
xossalar kasb etadi. Mazkur talyinga ko’ra, inson ikkita ruxga ega bo’ladi - ulardan
biri individning hozirgi holatini aks ettiradi, ikkinchisi esa insonning million yillar
mukaddam sodir bo’lgan o’tmishini ifodalaydi.
Yung ilmiy merosining inson borl^i bilan boFlik bo’lgan yana bir muhim
qarashlari - psixologik tiplar, ya’ni introvert va ekstrovert odamlar talkinida aks
etgan. Bu ikki psixologik tip bir-biriga shu kadar zidki, xatto maxsus ma’lumotga
ega bo’lmagan odamlar xam ular orasidagi farkni kurishi mumkin: xayotda
kamgap, odamovi va uyatchan insonlar bilan sertakalluf, suzamol va shinavanda
insonlar doimiy uchrab turadi. Kupchilik bu holatni individual xususiyat bilan
boFlaydi. Biroq inson tabiatining asosi borasida bilimga ega bo’lgan shaxs bu holat
individual emas, balki kengrok kamrovga ega ekanligini aniklay oladi. Yung bu
farklarning, ya’ni introversiya va ekstroversiyaning xar biri fundamental asosga
ega ekanligini ta’kidlaydi. X,ar ikki turdagi odamlar nafakat ilmiy saloxiyatga ega
bo’lgan insonlar ichida, balki oddiy odamlar orasida xam kuzatilishi mumkin.
Bunda jins, ya’ni ayol yoki erkaklik deya qanday rolь uynamaydi. Biroq, shu
holatda Yung tiplar qarama-karshiligini biologik asosga ega bo’lgan ziddiyat deb
xisoblaydi. Biologik asosga ega deyish - bu kuprok inson zoxiriy olamini tashqi
olamga moslashuvi munosabati tushunailadi, zero, sub’ekt va ob’ekt o’rtasidagi
xar qanday munosabat uzaro ta’sir orqali ikkalasini xam shaklan uzgarishiga olib
keladi. Bu tarzdagi uzgarishlar asosini moslashuv (adaptatsiya) tashqi l qiladi.
Tabiatda tirik
organizmning uzluksiz mavjudligini ta’minlab turuvchi ikki xil usul bor. Ularning
biri - nisbatan kam ximoyalanganligi bilan yuksak unumdorlikka ega, shu tufayli
xar bir mavjudotning xayotiy davomiyligining alohidaligini ta’minlaydi, ikkinchisi
esa, unumdorlik jixatidan sust bulsa-da, uning uz-uzini ximoyalash uchun turli xil
usullar bilan kurollanishi bilan boFlik. Yung tabiatdagi ana shu tirik jonzotlarning
yashovchanligini ana shu ikki xil ruxiy moslashuvchanlik tiplariga uxshatadi.
Insonlar o’rtasidagi munosabatlar, muxitga moslashuv tabiatga monandlik
xususiyatlariga ega. Xuddi shunday, ekstravert uzini uzi xamma yorda "isrof"
qilish bilan shuFullanayotgan bir paytda. Introvert zoxiriy talablardan kochgan
xolda, uz kuvvatini ob’ektdan berkitib tejash evaziga shaxsiy holatini
mustaxkamlashga muvaffak bo’ladi. Biologik mavjudlikning bu ikki moslashuvi
turli yo’llar bilan bulsa-da, rivojlanishga olib keladi. Bir tip munosabatlarining
serkirraligi orqali (ya’ni imkoniyatlarini namoyon qilish bilan), boshqasi esa, ularni
jamlash xisobiga maksadiga erishadi. Biri xayotiy tajriba asosida muayyan holatda
boshqa yo’l yo’qligini tan olib, shart-sharoitlarga buysunishga harakat qiladi.
Boshqasi aksincha, muayyan hodisa ming marotaba sodir bo’lgan va bir xil
koibatlarga olib kelishini bilsa-da, ming birinchi marta u bilan bunday holat ruy
bermasligiga ishonib, uz bilganidan kolmaydi. Yana xam anikrok aytadigan
bulsak, biri tashqi olamdan kelayotgan holatlarga qarab ish tutsa, ikkinchisi uz
ichki dunyosiga, qalbiga qaraydi, uzi va tashqi olam o’rtasiga chegara kuyib
kuyadi.
Bir suz bilan aytganda, insonning fikri, xissiyoti, faoliyati va deyarli butun
kechirayotgan umri bevosita ob’ektiv shart-sharoitlarga tuFridan-tuFri boFlik
bulsa, u ekstravert shaxsdir. Ekstravert odam narsa-hodisalarni shaxsiy
pozitsiyasidan turib emas, balki, jamiyat nuqtai-nazaridan baxolaydi, tanlaydi.
Albatta, unda sub’ektiv qarashlar xam mavjud, biroq ular tashqi talabga nisbatan
ancha zaif bo’ladi. SHu sababli, u uzining botiniy uzligi bilan tuknash kelmaydi,
fakat tashqi olam bilan mashFul bo’ladi. Ekstravert faoliyatning ijtimoiy-axlokiy
konun-koidalari jamiyatdagi muayyan talablarga va shunga muvofik umume’tirof
etilgan axlokiy qarashlarga mos keladi. Jamiyat va umumaxlokiy dunyoqarash
xamda konun-koidalar uzgarganda, ekstravert shaxs xam uz yo’nalishini shunga
moslab uzgartiradi. Biroq, butunlay ob’ektiv shart-sharoitlarga '^ark" bo’lgan
ekstravert shaxs zamon va shart-sharoit uzgarganda, vaziyatga qarab moslashishga
ulgirmay kolishi xam mumkin. Natijada, zamon va jamiyat uni taxkirlashga
harakat qiladi. CHunki, u shu darajada ob’ekt bilan aynanlashib, uYFunlashib
ketgan bo’ladiki, uning uchun ob’ekt deyarli mutlok
xakikat bo’lib koladi va u ob’ekt kuliga aylanadi. Masalan, sobik sovet davri
mafkurasi va siyosatini kullab-kuvvatlab, uning tashqi ob’ektiv holatlariga tulik
moslashib, kommunizm va sotsializm FOyalarini mutlak xakikat deb yashagan
odamni (ya’ni bundan boshqacha yashash mumkin emasdek) ob’ekt bilan
aynanlashib ketgan ekstravert deyish mumkin. Bu tipdagi odamlar keyingi
uzgarishlarni kabul qilishga ulgirmay kolishi mumkin.
Ekstravert shaxs biror-bir mashFulotni tanlar ekan, kaysi biriga makon va zamon
yaxshi imkoniyatlar yaratib bersa, ushanisiga mayl bildiradi yoki shunday narsa
taklif etadiki, u jamiyat talabiga javob beradi, jamiyat undan kutayotgan yangilik
bo’lishi bilan birga, jamiyatga tuFri kelmaydigan holatlarni istisno etadi. U kuprok
uzining emas, balki boshqalarning fikri bilan xisoblashadi. Bu albatta, uning uchun
yaxshi, lekin ayni paytda ekstravert odam uz menini nazarga ilmgani okibatida rad
etilgan men onglanmaganlik doirasiga utib koladi (freydcha ong ostiga utib
koladi). Ekstravert kishi ruxida odamlar nazdida xar tomonlama barkamol
bo’lishga kuchli intilish paydo bo’ladi. U qanday bo’lmasin, jamiyat xurmatini
kozonishga harakat qiladi va uz obruiga putur yetkazuvchi xar qanday harakatdan
kochadi.
Introvert shaxs, ekstrovertdan farkli ob’ektiv emas, balki sub’ektiv omillarga
tayanadi. Ob’ekt uningcha, kerakli darajada e’tiborga loyik emas. Ammo, ob’ekt
shunday hodisaki, uning ta’siridan chetga kochish mushkul. Inson kanchalik undan
kochib, erkinlik tomon harakat kilmasin, baribir ob’ekt uzining kuchli ta’siri bilan
individning ongiga kirib borishga urinadi. Ob’ekt shu darajada uz ishiga ustaki, u
sub’ektning nozik nuqtalarini topa oladi va doimo individning meniga tegib, uni
sindirishga harakat qiladi. Instrovert shaxs esa, bunday zarbalarga e’tibor
bermaslikka, ob’ektga buysunmaslikka harakat qiladi. Ekstravertdan farkli
introvert yolFizlikka intiladi, tanxo qolganda uzini yaxshi xis qiladi. U xech
kachon odamlarga yokishga, ularning kunglini olishga harakat kilmaydi, agar
shunday vaziyat bo’lib, u bunga harakat kilgan takdirda xam, bu harakat beuxshov
chiqadi va aks ta’sir qiladi. Odamlar orasida u xudbin va uta maFrur shaxs sifatida
taassurot koldiradi. CHunki, u agar tankidga kirishsa, ayovsiz tankid qiladi, agar
tankidga uchrasa, uz aybini tan olmaydi va ob’ektga nisbatan kupol muomalada
bo’ladi. Biroq unga yakinlashib, ichki dunyosini tanib borganingiz sari unga
bo’lgan munosabatingiz uzgaradi. Introvert shaxsini yakindan bilganlar uni yukori
baxolaydi. Masalan, falsafa ukituvchisi uz fanini juda chukur bilishi, fanning ichki
mohiyatini butun vujudi, xayoti-faoliyati bilan xis qilib yashashi va ishlashi
mumkin. Biroq, institutda ta’lim berishning
zamonaviy rasmiy talablari uning ichki erkinligini namoyon qilishga tuskinlik
qilish mumkin. Masalan, "Borlik va rivojlanish" fanidan dars beruvchi ukituvchi
"Tabiat borliFi" mavzusini talabalarga yaxshi tushunarli bo’lishi uchun Botanika
boFida tabiat kuynida erkin ruxda utdi, deylik. Biroq, u tashqi rasmiy talablar
borligiga e’tibor bermadi (mashFulotni utish uchun fakulьtet dekanidan rasman
ruxsatnoma olmadi). Tabiat kuynida utgan ma’ruza talabalarning butun umr yodida
koladigan darajada mazmunli utdi. Ukituvchining asosiy maksadi xam shu edi.
Biroq ertasi kuni fakulьtet dekanati ukituvchini xayfsan bilan jazoladi. Bunday
vaziyatda introvertlikning xam, ekstravertlikning xam nisbati oshib ketganini
kuramiz. Okibatda mexnatiga, ezgu niyatiga qaramasdan ukituvchining harakati
taxkir kilinganini, dekanatning (shu bilan birga ta’lim tizimining) yana bir marta
ukituvchining ixlosini kaytarganini kurishimiz mumkin. Xullas, ekstravert shaxs
tashqi olam bilan band bulsa, introvert shaxs xaddan tashkari botiniy olamiga
e’tibor qaratadi.
Yung «taxliliy ruhiyati»ning yana bir katta kismini «komplekslar» nazariyasi
tashqi l qiladi, ya’ni muayyan tizim shaklida vujudga kelgan shaxsning ongsiz
ruxiy kuchlaridir. Bu kuchlar inson xayot faoliyatiga doimiy ravishda ta’sir qilib
turadi. Ongsizlik tubida, Yungning fikriga kura, xar doim «komplekslar» tayyor
bo’lib, ular o’tmishning shaxsiy xotiralaridir. Ularga «oilaviy komplekslar»,
«xukmronlik komplekslari», «tulik va yaxlit bo’lmaganlik kompleksi» va
xokazolar kiradi. «Komplekslar» - bu uziga xos «ruxiy devlardir», ongsiz
harakatlarning kutilmagan paytda junbishga kelishidir, ular bir tekisda ketayotgan
ruxiy jarayonlar buzFunchisidir. Boshqaruvga tobe bo’lmagan bu kuchlar
ongsizlikning inson ongli ruhiyati ustidan xukmronlik qilishidan dalolat beradi.
«Komplekslar» ta’limoti asosida Karl Yung va uning safdoshlari ongsizlikning
hayotiylik tuzilmalarini, ongli va ongsiz ruxiy jarayonlarning murakkab uzaro
munosabatlarini, ongsiz intilishlarning inson xarakterining shakllanishidagi
axamiyatini ochib berishga harakat kildilar. «Kompleks» tushunchasi Farb
ruhiyatshunosligi va tibbiyotida keng tarkalgan iboraga aylandi. Bu ibora
yordamida inson yurish-turishining ongsiz omillari va turtkilarini timsoliy
ifodalashga urinish bo’lib, natijada bu ibora uz asl mohiyatini yo’qota boshladi.
Z.Freydning kontseptsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o’rtasida
hech qanday tafovut yo’qdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq
motivalari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotib, motivatsiyaning manbai
instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni
muallif individning energetik potentsiyasi sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala
shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbai
sifatida «u» tushunchasiga qanday ma’no yuklamoqchi? Uningcha, «u»
tushunchasining mazmuni tug’ma va o’zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq
qonunlari va aql darajalari, ko’rsatkichlari unga hech qanday ahamiyat kasb
etmaydi Z.Freyd affektiv, impulьsiv shakldagi mutlaqlashgan qo’zg’ovchilarni
nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Ushbu qo’zg’atuvchilar (turtkilar) ning
impulьsivlik, taxminiylikning affektiv mohiyati, notanqiydiylik, ongli va irodaviy
nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini
mutlaqlashtirish bo’lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi
qo’zg’atuvchilar yotadi. Z.Freyd ta’kidlab o’tgan dinamik xususiyatlar va xossalari
mohiyatida
motivatsiyaning
chuqur
asosiy
manbasini
ko’radi. Uning
kontseptsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning
transformatsiyasi ustuvor o’rin egallaydi.
Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida neofreydistlar
hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilarning nazariyalarini tahlil qilishga o’tamiz.
A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati
maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo’llari hukumatga va qudratga erkdir.
Xorni, Fromm va boshqalarning asarlarida o’z ifodasini topgan ma’lumotlar
mohiyati
Freyd
tomonidan
kiritilgan
psixika
tushunchasi
va
uning
harakatlantiruvchi nazariyasini almashtirishga intilish yaqqol ko’zga tashlanadi.
Xorning nuqtai nazaricha, inson qanchalardir tug’ma kuchlarga ega bo’lib, uning
negizi bolalarcha yordamga muhtojlikka qurilgandir, bu holatlar birlamchi
bezovtalanish tuyg’usida va tug’ma qo’rqinch hissida o’z ifodasini topadi. Xorning
ta’kidlashicha, inson xulqining motivatsiyasi boshqa motivlar yordami bilan
aniqlanishi mumkin, jumladan, birlamchi bezovtalanish (bolalarcha yordamga
muhtojlik keltiruvchi) atrof-muhitga nisbatan dushmanlik hissini tug’diradi,
xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash va o’z-o’zini
baholashga nisbatan ichki intilishni vujudga keltiradi. Fromm ham o’z qarashlarida
libido masalasiga katta e’tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson
xulqi jabhalarda ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta’sir o’tkazish
jarayonidir. Insonni individualizatsiyalash unda tanholik hissini vujudga keltirishga
olib keladi, shuningdek, o’z qadr-qiymatini anglash sari yetaklaydi. Tanholik
hissiyotidan forig’ bo’lishga intilish tuyg’usi inson motivatsiyasini va uning xulq
shakllarini aniqlaydi. Neofreydistlarning ilmiy asarlarida inson xulqiga ta’sir
qiluvchi intim omillariga va uning motivatsiyasiga muayyan darajada ahamiyat
berilgan bo’lsa-da, lekin oqibat natijada xulqning harakatlantiruvchisi sifatida
anglashilmagan tug’ma kuchlar asosiy o’rinda turadi.
Dostları ilə paylaş: |